1. Yozuv turlarida alohida toʻxtaling
Download 68.5 Kb.
|
3-mavzu. Grafika
Til va yozuvTil va yozuv o`zaro uzviy bog`liq va aloqador hodisadir. Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning bo`lishida muhim omillardan biridir. Tilsiz jamiyat bo`lmaydi. Yozuv jamiyatning madaniy yutuqlaridan biri. U jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida hayotiy zarurat natijasi sifatida yuzaga keldi, yaratildi. YOzuv ham til kabi jamiyat azolarining aloqa-aralashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Ko`p hollarda yozuv tilning o`rnini bosadi. Lekin til va yozuvning o`ziga xos ahamiyatli tomonlari bor. Yozuv fikrni etkazishda masofa jihatidan chegara bilmaydi. Til esa vaqt va makon jihatdan chegaralangan. U yaqin masofada turgan suhbatdoshiga eshitiladi. Yozuv madaniy, marifiy va adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga meros sifatida qoldirish imkoniyatiga ega. Og`zaki nutq esa aytilayotgan paytdagina qabul qilinadi. Biroq yozuv maxsus yozuv qurollari, sharoit, vaqt va shartli belgi, shakllarni talab etadi. U tilni barcha nozikliklari bilan aks ettira olmaydi. Shunga qaramay, jamiyatda yozuvning o`z o`rni bor; yozuv masofa bilan ajralgan odamlar orasida aloqa munosabatini taminlashda, barcha uchun tushunarli bo`lgan adabiy tilning yuzaga kelishida, madaniy-adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga etkazishda katta imkoniyatlarga ega. Xorazmiy yozuvi ham o`zbek xalqi ajdodlari tomonidan qo`llanilgan yozuv bo`lib, bu yozuv II asrning oxiri III asrning boshlarida xorazmshoh chiqargan pullarda uchraydi. V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlar O`rxun-Enasoy nomli yozuvdan foydalanganlar. Bu yozuv yodgorliklari Janubiy Sibirning Enasoy daryosi havzalarida va Mo`g`ilistonning O`rxun vodiysida topilgan. Shunga nisbatan qadimgi turkiy yozuv o`rxun-Enasoy obidalari yozuvi deb ham yuritilgan. Turkiy xalqlarning jahon xalqlari orasida etuk madaniyatga ega bo`lganliklaridan dalolat beradi. VI-VII asrlardan boshlab turkiy xalqlarda uyg`ur alfaviti qo`llangan. XIV-XV asrlarda yaratilgan «Baxtiyornoma», «Merojnoma», «Tazkirai avliyo» kabi asarlar uyg`ur yozuvida ko`chirilgan. VII-VIII asrlarda arablar istilosi bilan bog`liq holda o`rta Osiyoda arab yozuvi tarqala boshladi. Bu yozuvdan 1200 yil davomida to 1929 yilga qadar foydalanildi. Arab yozuvi o`zbek tili xususiyatlariga ko`p jihatdan muvofiq kelmas edi. Arab yozuvi bilan birga uyg`ur yozuvi ham istemolda bo`ldi. Bu asrlarda arab va uyg`ur yozuvi baravar ishlatildi. 1929 yildan lotin alifbosi asosidagi yangi yozuvga o`tildi. Bu yozuvdan qisqa muddat, 11 yil ichidagina, 1940 yilgacha foydalanildi. 1940 yil 7 maydan rus grafikasi asosidagi kirill yozuviga o`tildi. Bu yozuv o`zbek tili tovushlar tizimini to`liq ifodalay olmagani uchun unga qo`shimcha shakllar kiritildi (o`, q, g`, h). 1993 yil 2-3 sentyabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashida lotin alifbosiga o`tish to`g`risida qonun qabul qilindi. Lotin yozuvidan jahon xalqlarining 30 foizi foydalanadi. Bu esa o`zbek xalqining jahon tizimiga kirishini tezlashtiradi. 1996 yildan lotin alifbosi asosidagi o`zbek yozuvi amalga joriy etildi.
Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling