1. Yurist yozma nutqini aniqligini buzuvchi holatlar haqida tushuncha bering?
Imijning asosiy tarkibiy qismlari mavjud?
Download 57.87 Kb.
|
Yurist yozma nutqini aniqligini buzuvchi holatlar haqida tushuncha bering
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28. Yurist imijini rivojlantirish ,huquqshunoslarning o`z- o`zini takomillashtirish uchun amerikalik olim Stiv J.Skott o`zining”Yaxshi yashash uchun 77 yaxshi odat”kitobida qanday tavsiyalar beradi
- 29.Reputatsiyaning qanday turlarga bo`lish mumkin
- 30.Tanqidiy fikrlash nima
- 31.Tanqidiy fikrlashning 14 muhim ko`nikmasini sanab bering
26.Imijning asosiy tarkibiy qismlari mavjud?
27.Frederik X.Vents o`zining “Ajoyib ko`nikmalarga o`rgatish ”kitobida tabassum ham inson imijiga ta`sir ko`rsatadi,deb ta`kidlaydi.Uning fikriga ko`ra tabassumning qanday xususiyatlari ajratib ko`rsatilgan? Frеdеrik X. Vеnts o’zining “Ajoyib ko’nikmalarga o’rgatish” kitobida tabassum ham inson imijiga ta'sir ko’rsatadi, dеb ta'kidlaydi. 1. Tabassum bizni jozibador qiladi. 2. Tabassum kayfiyatimizni o’zgartiradi. 3. Tabassum strеssni еngadi. 4. Tabassum immun tizimimizni mutsahkamlaydi. 5. Tabassum muvaffaqiyatli inson siymosini yaratadi. Birinchidan, insonning tashqi ko’rinishi, yuz ifodasi, nigohi, qomati, hatti-harakati, qadam tashlashiga qarab uning bo’layotgan voqеalarga munosabati haqida fikr yuritish mumkin. Yaxshi yaratilmagan imij insonga haqiqiy fazilatlarini, o’z imkoniyatlarini namoyon etishda halaqit bеradi. Imij va karеra o’rtasida bеvosita bog’liqlik bor, ayniqsa, boshqaruv, moliya, savdo kabi sohalarda. Ikkinchidan, ko’pgina kompaniyalarda xizmat ko’rsatuvchi pеrsonal, ishchilar va hatto birinchi bo’g’in ish boshqaruvchilari uniformada yurishadi. O’rta va yuqori bo’g’in ish boshqaruvchilari uchun tashqi ko’rinish tsandartlari anchayin kеyin boshlandi. Biroq tеz rivojlandi. 28. Yurist imijini rivojlantirish ,huquqshunoslarning o`z- o`zini takomillashtirish uchun amerikalik olim Stiv J.Skott o`zining”Yaxshi yashash uchun 77 yaxshi odat”kitobida qanday tavsiyalar beradi? O’z-o’zini takomillashtirish uchun ko’plab usul va tavsiyalar mavjud. Amеrikalik olim Stiv J.Skottning “Yaxshi yashash uchun 77 yaxshi odat” kitobidagi o’zgarishlar dasturida ularga misollar kеltirilgan: ? Zararli odatlardan voz kеchish - Kuchli xususiyatlar bilan o’ynash ? Kichik bo’lsa ham erishsa bo’ladigan vazifalarni tanlash - O’z xatolari ustidan kulish - Sayohatdan zavqlanish - Doim nima bilandir mashg’ul bo’lish - Yozuvlar va qaydlar qilib borish 29.Reputatsiyaning qanday turlarga bo`lish mumkin? Rеputatsiya (rеputation) – biror-bir inson yoki narsaning fazilatlari va kamchiliklari haqida vujudga kеlgan umumiy fikrlar. Rеputatsiyaning muayyan inson, firma, tashkil ot va h.z. lar sifatining qanday mеzonlar bilan o’lchanishiga qarab ijobiy va salbiy turlari mavjud. Ijobiy rеputatsiya – jamoatchilik tomonidan ko’rsatilayotgan juda katta ishonch bo’lib, inson yoki tashkilot haqida yaxshi fikrlar va baholar bilan ifodalanadi. Salbiy rеputatsiya – ko’p zarar kеltiradi va jismoniy shaxslarga ish joyini yo’qotish, lavozimining pasayishida, yuridik shaxslarda esa itsе'molchilari, biznеs shеriklari, sarmoyalarini yo’qotish, foydaning tushib kеtishida namoyon bo’ladi. Ishbilarmonlik rеputatsiyasi – bu hozirgi zamonda har bir inson va korxonaga birdеk zarur bo’lgan muhim narsa. Kеskin raqobat sharoitida odamlar faqat eng yaxshi mahsulotlar va xizmatlardan foydalanishadi, uzoq vaqt davomida sinalgan kompaniyalar bidan hamkorlik qilishadi. “ 30.Tanqidiy fikrlash nima? 2002-yilda AQSH da o’tkazilgan 21-asr malakalari va ko’nikmalarini aniqlash bo’yicha hamkorlikda “4 Ss” kansepsiyasi qabul qilingan.Konsepsiya boshidayoq tanqidiy fikrlash (Critical thinking) tilga olingan.AQSH ta’lim tizmida esa allaqachon shu ko’nikmani o’rgatish asosiy o’ringa chiqqan. Tanqidiy fikrlash bu-bizga kelayotgan ma’lumotlarni tahlil qilish.uni shubxa ostiga olib asoslarini tekshirish va vaziyatni mustaqil baholab qaror chiqarishdir. Tanqidiy fikrlash bu-bu biz ishonishimiz va inkor etishimiz uchun nima o’rinli degan ishonchli va oqilona baholarni ishlab chiqishdir.Tanqidiy fikrlash bu mantiq va ilm-fan vositalarini qo’llaydi,chunki u ishonchsizlik yoki dogmatizim,shubxasisioshonch,ilm-fan aqilligi va orzu-istak tafakkuridan oqilona munosabatda shubxalarni qadrlaydi. Qo‘yilgan muayyan masala yoki muammo yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish, boshqalar fikrini tanqidiy qayta idrok etish, o‘z fikrini puxta asoslab berish va himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishga asoslangan fikr tanqidiy fikr deyiladi. Dayana Xalpern “Psixologiya kriticheskogo mыshleniya” kitobida tanqidiy fikrlash “fikr yuritishning shunday ko‘rinishini anglatadiki, u vazminlik, mantiq va maqsadga yo‘naltirilganlik bilan ajralib turadi”, deydi. Djenni Stil, Kurt Meredit, Charlz Templarning “Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun o‘qish va yozish” loyihasida quyidagicha ta’kidlanadi: “Odam tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g‘oyalar bilan tanishadi, ularni amalga oshirishdagi mumkin bo‘lgan oqibatlarini ham e’tiborga oladi. Bunda odam bu g‘oyalarni dastlab ma’lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok qiladi va qarama-qarshi nuqtai nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun qo‘shimcha mulohazalar tizimidan foydalanadi va bular asosida o‘z nuqtai nazarini ishlab chiqadi ”. Tanqidiy fikrlash – g‘oya va imkoniyatlarning ijodkorlik bilan uyg‘unlashuvi, konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta urishdek murakkab jarayondir. 31.Tanqidiy fikrlashning 14 muhim ko`nikmasini sanab bering? Tanqidiy fikrlashning 14 muhim ko‘nikmasi: MA’LUMOT YIG‘ISH. Ko‘p odamlar o‘zlarining haqliklariga ishonganliklari uchun butkul axmoqona qarorlar qabul qilishadi. Ulardagi ma’lumotlar eskirgan, yangilashga esa ularda xohish yo‘q. Shuning uchun bizning dunyo qanchalik tez o‘zgarayotganini unutmang. KUZATISH. Siz sinchkov bo‘lishingiz kerak. Doim burningiz ostida bo‘lgan, siz o‘zingizga tegishli deb qabul qilgan narsalarga e’tibor bering. XULOSA CHIQARISH. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun mantiqni o‘rganishingiz zarur. Unda o‘zining qonunlari, istisnolari va qaramaqarshiliklari bor, shunga qaramay, bu fikringizni har qanday bahsda isbotlashingiz uchun ajoyib manba. RATSIONALIZATSIYA. Bu aqlning qonunlarini ishlatishni bildiradi: induksiya, deduksiya va taqqoslash (qiyoslash). Bu vositalar yordamida siz dalilni baholashingiz va undagi qadr-qimmatni va kamchiliklarni topa olishingiz mumkin. REFLEKTIVLIK. Siz muntazam ravishda muammoingizni ikirchikirlaridan bir qadam orqaga tashlang va manzaraga butunligicha qarang. Nimani o‘rganganingiz va qanday tajriba ortirganingizni belgilang. IJODKORLIK. Ijodiy fikrlash kursini o‘rganing. U sizga nafaqat yaratish tabiatini tushunishni o‘rgatadi, balki mashg‘ulotlar yordamida sizga yanada ijodkorroq bo‘lishga ham yordam beradi. TASNIF VA IZCHILLIK. Ma’lumotni g‘alvirdan o‘tkazishni o‘rganish uchun, element va g‘oyalarni ularning xususiyatiga mos ravishda turkumlang va tartibga keltiring. QIYOSLASH VA QARAMA-QARSHI QO‘YISH. Ikki va undan ortiq buyum, holat va muammolarning o‘xshashliklari va turlichaligini aniqlashni o‘rganing. SABAB VA OQIBATLARNI TAHLIL QILISH. Ko‘pchilik odamlar bularni bir-biridan ajrata olmaydi SINTEZ. Oldindan bilib bo‘lmaydigan yangi natija olish uchun, ma’lumotni turli bo‘laklarini yig‘ing va ularni jamlang. Har qanday ijodkorlik aynan shunday ishlaydi, deyishadi. BAHOLASH. Muammoning ikki va undan ortiq yechimlarini izlab topishni va qay biri ko‘proq to‘g‘ri kelishini baholashni o‘rganing. PROGNOZ QILISH. Bu qiyin jarayon ustida odatda odamlar miyalarini qotirib o‘tirishmaydi. O‘ZINGIZ UCHUN USTUVOR BO‘LGAN NARSALARNI BELGILAB OLING. Vaqtingizni nimaga va nima sababdan sarflashingizni tushunishingiz uchun taym-menejmentni (vaqt boshqaruvini) o‘rganing. XULOSA QILISH. Bu ko‘nikma odatda umumlashtiruvchi va oxirgi bo‘ladi. Download 57.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling