1. Zamonaviy huquq tizimdagi ma'muriy adolat


O'zbekiston Respublikasida ma'muriy sudlovning elementlari, O'zbekiston Respublikasida ma'muriy odil sudlovni shakllantirish muammolari va istiqbollari


Download 28.61 Kb.
bet3/8
Sana08.01.2022
Hajmi28.61 Kb.
#252753
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9semenar

O'zbekiston Respublikasida ma'muriy sudlovning elementlari, O'zbekiston Respublikasida ma'muriy odil sudlovni shakllantirish muammolari va istiqbollari.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Kodeksida keltirilishicha, mamuriy sudlar fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish hamda hal etish paytida ish olib boradi. Ushbu kodeksga asosan, ma’muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish ma’muris sud amalyotlarida bo’lishidagi asosiy elementlar hisoblanadi. Mamlakatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sud tizimini izchil demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hisoblanadi. O‘tgan yillar davomida sudni hokimiyatning mustaqil va alohida tarmog‘i sifatida tashkil etish, uni o‘tmishdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi hamda ishonchli himoya qiluvchi davlatning chinakam mustaqil institutiga aylantirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish zarur. Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi aniq huquqiy maqomga ega emas, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va cheklangan vakolatlarga ega.




Download 28.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling