3. AVESTODAGI REAL, DUNYOVIY QADRIYATLAR.
Bu kitobda juda ko`p g`oya, fikr, tavsiya, o`gitlar bor bo`lgani uchun
biz
faqat real, haqiqiy hayotga dunyoviy munosabatlarga tegishli hozir ham
talabalar uchun o`z ahamiyatini yo`qotmagan masalalar ustida to`xtaymiz.
Avestoning asosiy g`oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik
(yaxshilik) va yomonlikdagi,
ziyo va zulmat, hayot va o`lim o`rtasidagi
kurashga bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni
Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam oliy kuchlar ihtiyoridagi o`yinchoq
emas, u tanlash erkinligiga ega, u o`z g`ayrati bilan bu dunyoda adolat
topishiga ta`sir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, o`zini ilohiy
kuch qo`lidagi qo`g`irchoq hisoblamasa, o`ziga
biror kasbni tanlab olsa,
g`ayratli bo`lsa, adolatsizlikka duch kelsa unga qarshi kurasha oladigan inson
bo`lib yetishishlari shart.
Avestoda u zamonlarda keng tarqalgan ko`chmanchilik qoralanib,
dehqonchilik ezgulik sifatida rag`batlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib,
hozir ham har bir odam hech bo`lmasa bir tup mevali daraxt, gul,
sabzavot
eksin, o`ziga mevasi nasib etmasa farzandlariga, bechoralarga nasib etadi,
savob bo`ladi. El rahmatlar aytadi.
Avestoda to`rt element suv, olov, tuproq, havo g`oyat ulug`langan;
bularni asrash, avaylashga da`vat etilgan. Uning
tarbiyaviy ahamiyati hozir
ham katta. Bunga amal qilib, har bir ongli, aqlli vatanparvar,
xalqparvar,
yoshu-qari tomchi suvni ham isrof qilmasligi, energiya, hayot manbai
olovini,
demak gazni, ko`mirni, neftni, o`tinni asrashi; tuproqni iflos
qilmasligi, erroziyaga ya`ni nurash, sho`rlanishga yo`l qo`ymasligi; havoni
esa pokiza saqlashi, ekologik xalokatga
uchratmasligi ham qarz, ham farz.