10- amaliy mashg‘ulot. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati


Javob: bozor narxi 60 birlik, tarmoq taklifi esa 2 mln 340 ming donani tashkil etadi. 4


Download 41.7 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi41.7 Kb.
#1402692
1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliy mashg-10

Javob: bozor narxi 60 birlik, tarmoq taklifi esa 2 mln 340 ming donani tashkil etadi.
4. Mukammal raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning o‘rtacha xarajatlar funksiyasi AC=16+0.5×(Q-10)2 ko‘rinishida berilgan. Tarmoq mahsulotiga bo‘lgan talab funksiyasi QD=1800-50P ga teng. Uzoq muddatli oraliqda tarmoqda nechta firma harakatlanadi? Yechimi:
Uzoq muddatli oraliqda narx P=minATC bo‘lishi kerak. O‘rtacha xarajatlar minimumini topish uchun uning funksiya sidan hosila olib 0 ga tenglashtiramiz ATC'(Q)=Q-10=0 bundan Q=10 bo‘ladi minATC=AC(10)=16, demak P=16. QS=QD=1800-50P=1800-800=1000 tarmoqning umumiy taklif hajmi har bir firma 10 birlik mahsulot ishlab chiqarsa 1000/10=100 ta firma tarmoqda faoliyat ko‘rsatar ekan.
Javob: 100 ta firma.


Mustaqil ishlash uchun masala va topshiriqlar
1. Fermer xo‘jaligi qizil lavlagi ishlab chiqaradi. Fermer xo‘jaligining umumiy xarajatlar funksiyasi quyidagicha:
TC 900 0.02Q2
Bu erda: Q-lavlagi hajmi, kg.
1 kg. lavlagining bozor narxi 200 so‘m bo‘lsa, maksimal foyda olishi uchun fermer xo‘jaligi qancha mahsulot etishtirishi kerak?
2. Raqobatlashuvchi firma kolbasa ishlab chiqaradi. 1 kg kolbasa narxi 4800 so‘m. O‘rtacha xarajat 1200 24Q ga teng.
Aniqlansin:
a) ishlab chiqarish hajmi qancha bo‘lganda firma zarar bilan ishlaydi?
b) ishlab chiqarish hajmi qancha bo‘lganda firma maksimal foyda oladi?
v) ishlab chiqarish hajmi qancha bo‘lganda firma zararsiz ishlaydi?
3. Firma sigaret ishlab chiqaradi, uning 1 yillik xarajatlari berilgan:
Xom-ashyoga sarfi -400 ming so‘m;
Xonalarni yoritish uchun sarfi-24 ming so‘m;
Transport xarajatlari-120 ming so‘m;
Boshqaruv xodimlari ish haqi -240 ming so‘m;
Ishlab chiqarishdagi ishchilar ish haqi-600 ming so‘m;
Uskunaning qiymati-6 mln.so‘m (xizmat ko‘rsatish muddati-10 yil, Amortizatsiya ajratma proporsional ravishda ajratiladi).
Ishlab chiqarish hajmi 1 yilda 3 mln. donaga teng. Bir pachka sigaret narxi 1000 so‘m bo‘lsa, firmaning o‘rtacha o‘zgarmas, o‘rtacha o‘zgaruvchan va o‘rtacha umumiy xarajatlari hamda firmaning foydasi topilsin.
4. Raqobatlashuvchi bozorda harakat qiluvchi tipik firmaning xarajat funksiyasi berilgan:
Mahsulotning bozor narxi 1600 so‘m bo‘lsa:
a) firma iqtisodiy foyda oladimi yoki zarar ko‘rib ishlaydimi?
b) tovarning bozor narxi qancha bo‘lganda, firma uzoq muddatli oraliqda normal foyda oladi.

Download 41.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling