10- amaliy mashg‘ulot. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati


Tarmoqda raqobatlashayotgan firmalarning soni 50 ta ga teng. Har bir firmaning umumiy xarajatlari TC=0.25Q


Download 41.7 Kb.
bet5/5
Sana30.04.2023
Hajmi41.7 Kb.
#1402692
1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliy mashg-10

17. Tarmoqda raqobatlashayotgan firmalarning soni 50 ta ga teng. Har bir firmaning umumiy xarajatlari TC=0.25Q2+4Q+32 ko‘rinishida. Talab esa QD=600-25P ga teng.
a) qisqa muddatli oraliqda bozorning muvozanat parametrlarini toping.
b) har bir firmaning ishlab chiqarish hajmi aniqlansin.
18. Mukammal raqobatlashgan tarmoqda 100 ta firma faoliyat ko‘rsatmoqda. Har bir firmaning umumiy xarajat funksiyasi TC=100+2Q+0.05Q2 ko‘rinishida berilgan. Tarmoq mahsulotlariga bo‘lgan talab QD=1600-200P ga teng. Qisqa muddatli oraliqda bozorning muvozanat parametrlari aniqlansin.
19. Mukammal raqobatlashgan tarmoqda bir xil o‘rtacha xarajatga ega bo‘lgan firmalar harakat qilmoqdalar. Ularning o‘rtacha xarajat funksiyasi AC=160+5(Q-100)2ga teng. Tarmoq mahsulotlariga talab funksiyasi esa QD=18000-500P ko‘rinishida berilgan. Uzoq muddatli oraliqda tarmoqda nechta firma faoliyat yuritadi?
20. Mukammal raqobatlashgan firmaning umumiy xarajatlar funksiyasi quyidagicha berilgan:
TC=Q3-20Q2+X∙Q+800
Qisqa muddatli oraliqda narx 20 so‘m bo‘lganda firma bozorni tark etadi, agar narx 50 so‘m bo‘lsa, foyda ko‘rib bozorda faoliyatini davom ettiradi. X ning qabul qilish mumkin bo‘lgan qiymatlari topilsin.


Testlar

  1. Bozor tarkibiga bog‘liq bo‘lmagan holda firma yopiladi, agar:

  1. tushum hajmi umumiy xarajatlarni emas, balki faqat o‘zgaruvchan xarajatlarni qoplasa;

  2. tushum o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarni qoplaydi, lekin umumiy xarajatlarni qoplamasa;

  3. o‘rtacha tushum o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlardan yuqori, lekin o‘rtacha umumiy xarajatlardan past bo‘lsa;

  4. o‘rtacha tushum o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlardan past bo‘lsa;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Foydasini maksimallashtirayotgan firma mahsulot ishlab chiqarishning shunday hajmini tanlashi kerakki, bunda:

  1. o‘rtacha xarajatlar minimal bo‘lishi kerak;

  2. o‘rtacha tushum o‘rtacha umumiy xarajatalarga teng bo‘lishi kerak;

  3. chekli tushum chekli xarajatga teng bo‘lishi kerak;

  4. umumiy tushum maksimal bo‘lishi kerak;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Ikki tomonlama monipoliyada:

  1. sotuvchi iste’molchiga qaraganda ko‘proq naf ko‘radi;

  2. iste’molchi sotuvchiga qaraganda ko‘proq naf ko‘radi;

  3. narxni doimiy bir xilda aniqlash mumkin emas;

  4. oldi-sotdi hajmini aniqlash mumkin emas;

  5. sotuvchi va oluvchi teng naf ko‘radi.

  1. Mukammal raqobatlashgan bozorda firmaning talab egri chizig‘i:

  1. chekli va o‘rtacha tushum egri chiziqlari bilan mos tushadi;

  2. o‘rtacha va umumiy tushum egri chiziqlari bilan mos tushadi;

  3. chekli va umumiy tushum egri chiziqlari bilan mos tushadi;

  4. umumiy tushum egri chizig‘i bilan mos tushadi;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Foydasini maksimallashtirayotgan firma qanday hollarda ishlab chiqarish hajmini o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin?

  1. MR>MC va TR>TC;

  2. MR=MC va TR>TC;

  3. MR>MC va TR=TC;

  4. MR-MC maksimal holatda;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Qisqa muddatli oraliqda mukammal raqobatlashgan bozorda firmaning taklif egri chizig‘i:

  1. MC egri chizigidan yuqorida yotgan AVC egri chizig‘iga mos keladi;

  2. bozor taklifi egri chizig‘i orqali aniqlanadi;

  3. AVC egri chizig‘idan yuqorida yotgan MC egri chizig‘iga mos tushadi;

  4. firma mahsulotiga talab egri chizig‘i bilan mos keladi;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Uzoq muddatli oraliqda foydasini maksimallashtirayotgan firma uchun:

  1. narx o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlarga teng bo‘ladi;

  2. narx chekli xarajatlardan yuqori bo‘ladi;

  3. narx o‘rtacha umumiy xarajatlarga teng bo‘ladi;

  4. o‘rtacha umumiy xarajatlar minimal bo‘ladi;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Monopolistik raqobatni mukammal raqobatdan ajratib turadigan asosiy belgi:

  1. raqobatlashuvchi firma bir xil mahsulotni emas, balki tabaqalashgan mahsulotni ishlab chiqaradi;

  2. monopolistik raqobat sharoitida firmaning talab egri chizig‘i bozor talabi egri chizig‘i bilan mos tushadi;

  3. uzoq muddatli monopolistik raqobat sharoitida firmalar iqtisodiy foyda oladilar, mukammal raqobat sharoitida esa bunday bo‘lmaydi;

  4. monopolistik raqobat bozoriga kirish uchun jiddiy to‘siqlar mavjud;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Mukammal raqobat sharoitida ishlab chiqarishning doimiy omiliga solinadigan soliq stavkasi ko‘tarilganda, firma ishlab chiqarish hajminini:

  1. ko‘paytiradi;

  2. qisqartiradi;

  3. o‘zgartirmaydi;

  4. aniq qaror qabul qilmaydi.

  1. Raqobatli firmadan farqli ravishda monopolist:

  1. mahsulotga har qanday narxni qo‘yishi mumkin;

  2. MR=MC da foydasini maksimaltiradi;

  3. mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishi va uni xohlagan narxda sotishi mumkin;

  4. ma’lum bir bozor talabida maksimal foyda beradigan narx va ishlab chiqarish hajmi konbinatsiyasini tanlaydi;

  5. mutloq elastik talabga duch keladi;

  6. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Tabiiy monopoliya, bu-

  1. OPEK -xalqaro neft karteli;

  2. IBM -kompaniyasi;

  3. Hamkorbank;

  4. SHahar metrosi;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmaga.

  1. Narx diskerminatsiyasi-bu:

  1. yuqori sifatli tovarga yuqori narx belgilash;

  2. yangi modeldagi tovarga yuqori narx belgilash;

  3. ishchilarning malakasiga qarab ish haqi berish;

  4. bir xil mahsulotni har xil haridorlarga turli narxda sotish;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Raqobatlashuvchi firmadan farqli ravishda monopolist:

  1. foydani maksimallashtirishga intiladi;

  2. narxni yuqori o‘rnatib ko‘proq foyda olishga intiladi;

  3. mahsulotni ko‘proq miqdorda ishlab chiqarib, yuqori narxda sotishga intiladi;

  4. MR=P bo‘lgan holatda mahsulot ishlab chiqarishga intiladi;

  5. kamroq mahsulot ishlab chiqarib yuqoriroq narx qo‘yishga intiladi;

  1. Agar mahsulotning bahosi ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan o‘rtacha umumiy xarajatlarni qoplamaydigan bo‘lsa, u holda firma:

a) ishlab chiqarishni zudlik bilan to‘xtashi kerak;
b) mahsulot ishlab chiqarish hajmini P > AVC bo‘lgani holda P=MC tenglik ta’minlanguncha tanlashi kerak;
v) yangi texnologiyani tanlash kerak;
g) ustama xarajatlarni qisqartirish lozim;
d) to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Foydani makismallashtirishga harakat qilayotgan monopolist o‘z mahsulotining bahosini pasaytiradi, agar:

a) o‘rtacha xarajatlar pasaysa;
b) reklama xarajatlari o‘sib borsa;
v) chekli daromad chekli xarajatlardan yuqori bo‘lsa;
g) chekli daromad o‘zgaruvchan xarajatlarga teng bo‘lsa;
d) to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Qisqa muddatli oraliqda foydani maksimallashtirishga harakat qilayotgan raqobatlashuvchi firma, qanday hollarda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirmaydi?

a) mahsulotning narxi o‘rtacha xarajatlar minimumidan past bo‘lganda;
b) o‘rtacha doimiy xarajatlar mahsulot narxidan yuqori bo‘lganda;
v) mahsulotning narxi o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar minimumidan past bo‘lganda;
g) umumiy daromad umumiy xarajatlarni qoplay olmasa;
d) to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Quyidagi bozorlardan qaysi biri mukammal raqobatlashgan bozorga yaqin turadi.

  1. po‘lat bozori;

  2. sartaroshlik xizmati bozori;

v) qimmatbaho qog‘ozlar bozori;
g) benzin bozori;
d) to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Qanday hollarda o‘rtacha umumiy xarajatlar miqdori minimal qiymatga erishadi?

  1. AVC=FC;

  2. Foyda maksimal bo‘lganda

  3. MC=AVC;

  4. MC=ATC

  1. Maksimal foydani ko‘zlab harakat qilayotgan firma qo‘shimcha ishchilarni yollaydi, agar:

  1. umumiy tushum umumiy xarajatdan past bo‘lsa;

  2. qiymat ko‘rinishidagi chekli mahsulotning miqdori pasayganda;

  3. qiymat ko‘rinishidagi chekli mahsulotning miqdori ko‘tarilganda;

  4. pul ko‘rinishidagi mehnatning chekli mahsuloti ish haqidan yuqori bo‘lsa.

  1. Aytaylik, ikkita ishchi kuniga 46 dollar haq olishadi. Raqobatlashuvchi firma uchunchi ishchini yollaganda umumiy haq miqdori kuniga 60 dollarni tashkil etadi. SHuni qayd etish lozimki:

  1. oldingi har ikki ishchining chekli mahsuloti 23 ga teng;

  2. oldingi har ikki ishchining qiymat ko‘rinishidaga chekli mahsuloti 23 ga teng;

  3. yollangan uchunchi ishchining qiymat ko‘rinishidagi chekli mahsuloti 14 ga tengdir;

  4. firma uchinchi ishchini yollamasligi kerak.

  1. Tarmoqda 1000ta firma faoliyat ko‘rsatadi. Har bir firma oyida 5 birlik mahsulot ishlab chiqarganda, chekli xarajati 2 dollarni tashkil etadi. 6 birlik uchun 3 dollar, 7 birlik mahsulot ishlab chiqarganda 5 dollar to‘g‘ri keladi. Agar mahsulotning bozor narxi 3 dollarni tashkil etsa, u holda, tarmoqning bir oylik ishlab chiqarish hajmi qanchani tashkil etadi?

a) 5000 birlikdan ko‘p emas;
b) 5000 birlikni;
v) 6000 birlikni;
g) 7000 birlikni.
Download 41.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling