88. Buxoro amirligida qozikalon murakkab deb hisoblagan turli diniy- huquqiy masalalar bo’yicha shariatga asoslanib, fatvo chiqaruvchi shaxsni aniqlang?
A) qozikalon B) muhtasib
C) muftiy D) shayxulislom
89. Buxoro amirligida vaqf mulkini kim boshqargan?
A) qozikalon B) shayxulislom
C) sadr D) mutavalli
90. Bir tanob yer maydoni necha sotixni tashkil etadi?
A) 5 B) 7,5 C) 8,33 D) 9
91.1 gektar necha tanob yerni tashkil etadi?
A) 8 B) 10 C) 11 D) 12
92. (a) turkiy, fors, arab va pahlaviy tillarini mukammal bilgan, she’r bitgan (b) o`zbek, arab, fors tillarini bilishgan (c) turk, arab, fors xalqlari tarixini chuqur o`rgangan?
A) a-Ubaydullaxon, b-Shayboniyxon, c-Ismoil Somoniy
B) a-Mas’ud G`aznaviy, b-Alisher Navoiy, c-Husayn Bayqaro
C.) a-Abdullaxon, b-Husayn Bayqaro, c-Mirzo Ulug`bek
D) a-Mahmud G`aznaviy, b-Shayboniylar, c-Amir Temur
93. Ijodiy faoliyati davomida hukmdorlarning harbiy yurishlariga bag`ishlangan asar yozgan tarixchilarni aniqlang.
1. Muhammad Haydar 2. Muhammad Solih 3. An-Nasaviy 4. Arrian 5. Kvint Kursiy Ruf 6. Tatsit 7. Mirzo Ulugbek 8. Ibn al-Asr
A) 1, 3 B) 6, 8 C) 5, 7 D) 2, 4
94. Tarixda hukmdor sifatida nom qozongan Abdullaxon II va Shohrux Mirzolarni qaysi o`xshash jihat bog`lab turadi?
A) Ikkalasi ham otalaridan so`ng davlatga boshchilik qilishgan
B) Ularning hukmronlik davriga kelib mamlakat qismlarga bo`linib ketgan
C) Ikkala hukmdor ham qo`zg`alonlar vaqtida vafot etgan D) Ikkalasi ham o`z kutubxonlariga ega bo`lgan
95. (a) Aholi savdo daromadidan to`laydigan soliqdan ozod etildi, (b) savdogarlardan olinadigan soliqni bekor qildi?
A) a-Abdullaxon II b-Mirzo Ulug`bek
B) a-Shayboniyxon, b-Abu Said
C) a-Ubaydullaxon I, b-Husayn Bayqaro
D) a-Shohmurod, b-Abdulatif
96. Buxoro xonligi hamda amirligida pul islohoti o`tkazgan hukmdorlar faoliyati tegishli bo`lmagan ma’lumotni aniqlang?
A) Buxoro xonligidagi ikkinchi sulola vakili hisoblangan bu shaxs markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harkat qilgan sulolaning so`nggi hukmdori sifatida nom qoldirgan.
B) Amakisi va o`z otasini nomigagina xon sifatida taxtga o`tqazib amalda o`zi hukmronlik qilgan bu shaxs davrida mamlakat mamlakat markaziy nhokimiyatida nisbiy barqarorlik ta’minlandi
C) Sulola asoschisi sanalgan bu shaxs hukmdor bo`lishi bilan bir qatorda shoir sifatida she’riyat bilan ham shug`ullangan
D) Mintqaning diniy hukmdorlari sanalgan sulola vakili bo`lgan mazkur shaxs markaziy hokimiyatga bo`ysunishni istamagan mahalliy hokimlarga qarshi shiddatli kurash olib borgan
Do'stlaringiz bilan baham: |