10- mavzu: avtomobil yo‘llarini qidiruv-loyihalashda muxandislik masalalarni yechish uchun asos bo‘lgan punktlar


Download 0.89 Mb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1537403
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10-ma\'ruza YMSH (1)


10- MAVZU:
AVTOMOBIL YO‘LLARINI QIDIRUV-LOYIHALASHDA MUXANDISLIK MASALALARNI YECHISH UCHUN ASOS BO‘LGAN PUNKTLAR
Reja:

  1. Davlat tayanch to‘rlari bo‘yicha umumiy ma’lumotlar va ulardan foydalanish.

  2. Davlat tayanch to‘rlari. Joyda davlat tayanch to‘rlarini barpo etish va ularni usullari.

  3. Planli-balandlik to‘rlari. Tasvir olish to‘rlari.

  4. Davlat to‘rlarni davlat shaxobchalariga bog‘lash.

Yer yuzasida bajarilayotgan barcha qidiruv o‘lchashlardan asosiy maqsad nuqtalarning o‘zaro holatini aniqlash.


Joyda o‘rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus qurilma yoki mustahkam qoziq bilan belgilangan planli koordinatasi yoki absolut balandligi aniqlangan nuqtaga geodezik tayanch punkti (GTP) deyiladi. Bunday nuqtalar yig‘indisi geodezik tayanch to‘rini tashkil etadi. Planli koordinatasi malum bo‘lgan tayanch punktga planli tayanch punkti (PTP), absolut balandligi malum bo‘lgan tayanch punktga balandlik tayanch punkti (BTP) deyiladi, shunga qarab geodezik tayanch to‘rlari planli va balandlik tayanch to‘rlariga bo‘linadi.
Geodezik tayanch to‘rlarini (GTT) barpo etish “umumiylikdan xususiylikka” qarab barpo etiladi. Siyrak joylashgan tayanch nuqtalar yuqori aniqlikda o‘lchanib, bazaviy to‘r hosil qilinib, so‘ngra shu to‘r asosida aniqlik jihatidan bazaviy to‘rdan kichik bo‘lgan to‘rlar hosil qilinadi. Shuni takidlash joizki aniqligi teng yoki undan past bo‘lgan tayanch punktlariga tayanib unga teng yoki undan yuqori aniqlikdagi to‘r hosil qilinmaydi. Tayanch punktlarining zichligi talab etilayotgan ishlarga bog‘liq. Davlat qidiruv to‘ri (DGT) X, Y, N koordinatalari ma’lum bo‘lgan punktlar majmuasidan iborat bo‘lib, punktlar mamlakat hududida bir tekislikda joylashgan bo‘lishi zarur. DGT topografik qidiruv ishlarni bajarishda bazaviy to‘r hisoblanadi.
Planli davlat qidiruv to‘ri astronomik yoki qidiruv o‘lchash yordamida barpo etilishi mumkin. Astronomik usulda har bir punkt koordinatasi astronomik kuzatishlardan foydalanib, bir-biri bilan bog‘lanmagan holda alohida-alohida aniqlanadi. Qidiruv usulida bir nechta boshlang‘ich tayanch punktlarning koordinatalari astronomik kuzatishlar orqali aniqlanadi, qolgan punktlarning koordinatalari joyda bajarilgan o‘lchashlar asosida hisoblab chiqariladi. Balandlik geodezik to‘r geometrik nivelirlash usulida barpo etiladi.
Planli davlat to‘rlari (PDGT) triangulyatsiya, trilateratsiya, poligonometriya va ularning kombinatsiyalari usulida barpo etiladi. Triangulyatsiya (10.1-shakl) uchburchaklar qatori yoki to‘ri shaklida barpo etiladi. Uchburchaklarning barcha burchaklari va uchburchak qatorining boshi va oxiridagi tomon uzunliklari aniqlanadi (10.1 shaklda AV va PQ). Bu tomonlar uzunligi ikki xil usulda aniqlanishi mumkin: bazis to‘ridan yoki bevosita o‘lchash bilan. Bazis to‘ri Aa Bb rumb shaklida bo‘lib uning qisqa dioganali ab bazisi va barcha burchaklari o‘lchanadi. O‘lchash natijalaridan foydalanib AV dioganali hisoblab topiladi, bu tomonga triangulyatsiyaning chiqish tomoni deyiladi. Chiqish tomonidan va o‘lchangan burchaklardan foydalanib (sinuslar teoremasini qo‘llab) qolgan tomonlarning uzunliklari hisoblab topiladi. Astronomik kuzatishlar orqali A punktning geografik koordinatalari AV tomonning azimuti aniqlangan bo‘lsa, qolgan punktlarning koordinatalarini hisoblab topish mumkin.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling