10- mavzu: avtomobil yo‘llarini qidiruv-loyihalashda muxandislik masalalarni yechish uchun asos bo‘lgan punktlar


Download 0.89 Mb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1537403
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-ma\'ruza YMSH (1)

10.1-shakl. Triangulyasiya
Astronomik kuzatishlar orqali chiqish tomonlarning uchlarida kenglik va uzoqligi aniqlangan punktlarga Laplas punktlari deyiladi. Uchburchaklar qatori yoki to‘rida uchburchaklarning barcha tomonlarining uzunliklari o‘lchangan bo‘lsa, bunday to‘rga trilateratsiya deyiladi. Uchburchaklarning burchaklari kosinuslar teoremasi yoki tangens yarim burchaklar formulalaridan foydalanib hisoblab topiladi. Poligonometriya bu siniq chiziq shaklidagi yo‘l bo‘lib, unda barcha tomon uzunliklari va burchaklar o‘lchanadi. Agar A va V punkt koordinatalari α1 va α2 direksion burchaklari berilgan (aniqlangan) bo‘lsa, qolgan punktlarning koordinatalari hisoblab topiladi (10.2- shakl).

10.2-shakl. Poligonometriya
Triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya punktlari yerda markaz deb ataluvchi qurilma bilan mahkamlanadi (10.2 - shakl) va yer ustida tur, piramida, oddiy va murakkab signallar bilan belgilanadi. Turlar – bu tog‘li yerlarda qoyali, shahar sharoitida kapital (mustahkam) imoratlarning tomiga mahkamlangan marka ustida toshdan, g‘ishtdan, betondan, temir betondan qurilgan bo‘ladi. Qidiruv asbob tur ustidagi markaga o‘rnatiladi. Qoyaga (tomga) mahkamlangan asosiy markaning ustiga ikkinchi (uchinchi) markalar joylashtiriladi (10.3 - shakl). Piramidalar - qo‘shni punktlarga yerdan ko‘rinishi mumkin bo‘lgan ochiq joylarda quriladi (10.2 b - shakl). Ular uch yoki to‘rt qirrali bo‘ladi. Qidiruv asbob shtativ yordamida piramida tagiga yer ostiga mahkamlangan markaz ustiga markazlashtirib o‘rnatiladi (10.3 b -shakl).

10.3-shakl. Belgilar markazlari: a-punkt markazi; b-cho‘yan marka
Oddiy signallar: balandligi 4-10 metrlik piramidadan iborat bo‘ladi. Tashqi piramida qo‘shni punktlardan kuzatish uchun, ichki piramida kuzatish asbobini o‘rnatish uchun quriladi (10.3 b -shakl). Murakkab signallar: balandligi 10 metrdan 45 metrgacha bo‘lib, ichki piramida tashqisiga tayanadi va yagona konstruksiyani tashkil etadi (10.3 g -shakl). Davlat planli to‘rlari (10.4 - shakl) MDH davlatlarida yagona majmuani hosil qiladi va to‘rt klass aniqligida barpo etiladi. 1-klass: triangulyatsiya (trilateratsiya, poligonometriya) to‘rlari astronomik - geodezik to‘r bo‘lib, parallel va meridianlar bo‘ylab barpo etilgan. Uchburchaklar zvenolarining uzunligi 200 ÷ 250 km ni yopiq poligoni 800 ÷ 1000 km ni tashkil etadi.
2-klass: triangulyatsiya (trilateratsiya, poligonometriya) to‘ri 1- klass poligonini uchburchak to‘ri shaklida to‘ldiriladi. 3 va 4 klass punktlar 1 va 2 klass uchburchaklariga tayangan punkt sig‘dirmasi (vstavkasi) yoki punktlar sistemasidan iborat bo‘ladi. 3 va 4 klass poligonometriya yo‘llarining tomonlarini o‘lchashda nisbiy xatolik 1 : 200000 va 1 : 150000 dan oshmasligi kerak.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling