10- mavzu: Birikmalarning turlari. O`zDSt 311-97. Rezbalarni chizmada tasvirlash va belgilash. Reja


Download 1.91 Mb.
bet10/10
Sana14.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1459053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-Maruza

Shlitsali birikmalar.
Shlitsali birikmalar stanoksozlikda, avtotraktorsozlikda va mashinasozlikning boshqa tarmoqlarida keng ishlatiladi. Shlitsali birikma hosil qilish uchun valda tish qirqiladi,m gildirak vtulkasida esa ariqchalar o`yiladi (2.71-shakl) Bu yerda tishlar soni ko`p bo`lganligi nisbatajn katta kuchga ega bo`lgan aylanma harakatlarni uzatish mumkin.
Bundan tashqari shlitsali birikmalar mustahkam bo`ladi, yaxshi markazlanadi va yok bo`ylab osongina siljiydi. Tishlar soni asosan, birikmaga yuklangan kuchlanish va ularning ish sharoitiga qarab aniqlanadi. Tishlarning tayanch yuzalari to`g’ri yonli yoki evolventa bo`yicha ishlangan egri chiziq chizmasida bo`lishi mumkin.
To`g`ri yonli profilga ega bo`lgan shlitsali birikmalar o`lchamlari (2.71shakl)dagiga mos kelishi lozim. Bunday shlitsalarning aksonometrik tasviri (2.71shakl)da ko`rsatilgan. Vtulka kesimining to`g`ri yonli profilga ega bo`lgan shlitsali birikmalar yengil, o`rta va og`ir seriyali birikmalrga bo`linadi. (2.71-shakl, a) da to`g`ri yonli tishlari bor bolgan shlitsali birikmalarning ko`ndalang kesimi, shuningdek val (16.16-chizma, b va v lar) vtulka kesimining chizmasi (2.71-shakl, g ) ko`rsatilgan. 2.72-shaklda esa to`g`ri yonli tishli birikmalarni shartli tasvirlash va unga o`lchamlar qo`yiish misoli keltirilgan.


2.71-shakl

2.72-shakl
Tishlarning profili evolventasimon bo’lgan shlitsali birikmalar to`g`ri yonli profilga ega bo`lgan shlitsali birikmalarga nisbatan mustahkam va ishlanish jihatidan oddiy. Bunday profillar yasashda 12 dan 400 mm gacha bo’lgan diametrlarga ishlanadi va ular tishlarining evolevnta profili bo’yicha markazlashtiriladi.

Nazorat savollari:


1. Ajraladigan birikmalarga ta‘rif bering?
2. Ajralmaydigan birikmalarga ta‘rif bering?
3. Chizmada payvand birikma choklarini shartli tasviri ?
4. Yig‘ish chizmalarida mahkamlash birikmalari elementlarining o‘lchamlari?
5. Rezbalarning qo‘llanilishnii tushuntiring?
6. Rezbalarning turlarini sanab bering?
7. Ichki rezbaga ta‘rif bering?
8. Tashqi rezbaga ta‘rif bering?
9. To‘g‘ri to‘rtburchakli rezbalar qayerda qo‘llaniladi?
10.Qanday biriktirish detallarini bilasiz?
11.Vintlarning vazifasi nima?
12.Shponkali birikmalar qaerlarda ishlatilishini misollar bilan tushuntiring.
13.Shpilkalarning vazifasi nima?
14.Gaykalarning qanday turlari bor?
15.Shlisali birikmalar qayerlarda ishlatiladi?
Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling