10 – Mavzu: Estetika nazariyasi Ma’ruza rejasi


Download 84.54 Kb.
bet3/10
Sana15.12.2022
Hajmi84.54 Kb.
#1008273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-мавзу. Эстетика назарияси

Estetik munosabat deb estetik hodisalarni, qadriyatlarni idrok etish, baholash, yaratish jarayonida ob’ekt va sub’ekt o‘rtasida vujudga keladigan hissiy-ma’naviy, beg‘araz-samimiy aloqalariga, ta’sirlarga aytiladi. Estetik munosabat estetik ongning shakllanish asosidir.
Demak estetik munosabatning ob’ektiv tomonini estetik xossa-xususiyatlar, sifatlarga ega bo‘lgan buyum hodisalar, qadriyatlar tashkil etadi. Buyumning estetik xossasi, qimmati esa uning ijtimoiy xossasidir.
Estetik munosabat insoniy, ijtimoiy munosabatlarning maxsus turi bo‘lib, uning tarkibini estetik ob’ekt va estetik sub’ekt tashkil etadi. Estetik ob’ekt inson aloqa va munosabatlar doirasiga jalb etilgan, bevosita idrok etish predmeti sifatida inson va jamiyatning beg‘araz samimiy, ma’naiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan narsa, buyum, hodisalar, ularga xos estetik xususiyatlar, sifatlar va jarayonlardir. Estetik sub’ekt deb muayyan hissiy va aqliy taraqqiyot darajasiga erishgan, estetik qadriyatlarni idrok etish, tushunish, baholash va yaratish qobiliyatiga ega bo‘lgan, konkret ijtimoiy munosabatlar doirasiga tortilgan shaxsga uning ruhiy ma’naviy dunyosiga, individ va jamiyat estetik ongiga, ularga xos sub’ektiv xususiyatlarga aytiladi.
Estetik faoliyat – bu inson va jamiyatning estetik hodisalar, qadriyatlarni bilib olish, baholash va o‘zgartirishga, yaratishga qaratilgan hatti-harakatlar majmuidir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda estetika fanining predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: Estetika fani predmeti – bu insonning voqelikka estetik munosabati, estetik faoliyati, estetik ong va san’atning eng umumiy rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishdir. Estetika fani o‘z maqsad va vazifalarini uyg‘unlik, yaxlitlik, ifodalilik va maqsadga muvofiqlik tamoyillari orqali amalga oshiradi.
Texnogen sivilizatsiya - estetik faoliyat va estetik didni shakllantirishning muhim omilidir. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni insoniylashtirish va go‘zallashtirish estetik muammolardan hisoblanadi. Voqelikka estetik munosabatlar, milliy va umumbashariy ahamiyatga egadir. Estetik qadriyatlar esa – barqarorlikni ta’minlovchi omil hisoblanar ekan,“dunyoni go‘zallik qutqaradi” shiori global ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. “Go‘zal muhitda yashash oliy ne’mat” – estetikaning bosh tamoyilidir. Olamni estetik anglashda axborot va jamiyat axborotlashuvining roli ortib bormoqda. Axborot estetikasining o‘ziga xos xususiyatlari va uning siyosiy, badiiy, ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy jarayonlar bilan bog‘liqligidadar. Reklama estetik ma’lumot olish vositasi bo‘lib bormoqda. Ularning turlari va shakllari hilma-xildir. Reklama estetikasida milliylik va umumbashariylik namoyon bo‘lib boradi.
Ilgari ishlab chiqarishda uchramagan texnika estetikasi, dizayn degan tushunchalar hayotimizga allaqachon kirib kelgan.
Hozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishining estetik tomonini o‘rganadigan estetika fanining tarmog‘i - texnika estetikasi deyiladi. Bu bilan mutaxassis rassomlar shug‘ullanadi, ularning san’ati «dizayn» degan nom bilan yuritiladi. Ko‘rib o‘tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgiga qaraganda olisdan o‘rab turgan biologik muhitning hayotimizni go‘zallashtirishdagi, umuman, estetiklashtirishdagi ahamiyatini tadqiq etsa, uni insonni “tabiiylashtirish” vositasi sifatida olib qarasa, texnika estetikasi, aksincha, bugungi kunda bizga eng yaqin bo‘lgan noosferani – texnikaviy muhitni muntazam “insoniylashtirib” borish muammolarini o‘rganadi.
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan insoniy taraqqiyotning mahsuli, ya’ni tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam deb atasakda, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan, axloqan nisbatan yuksak darajaga ko‘tarilgan, jismonan esa – go‘zallashgan. Texnikani ana shu go‘zallashgan inson yaratgan. Texnika inson ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga qarab o‘zgarib boradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi ikki asr mobaynida, ayniqsa, XX-XXI asrda inson tafakkuri, uning jisman va axloqan taraqqiyotidan ilgarilab ketdi. Ana shu ravnaqning sur’ati biz yaratgan texnika vositalarini tezkorlik bilan o‘zgarib, qulaylashib, go‘zallashib borishini ta’minlab kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat hisoblanmish dizaynning roli katta.

Download 84.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling