10 – Mavzu: Estetika nazariyasi Ma’ruza rejasi


Download 84.54 Kb.
bet5/10
Sana15.12.2022
Hajmi84.54 Kb.
#1008273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-мавзу. Эстетика назарияси

Mehnat estetikasi texnika estetikasi kabi atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimi bilan bog‘liq. Korxona hovlisidagi yashil olam, favvora, daraxtlar, haykallarning uyg‘unligi ichkaridagi binolar peshtoqlari va devorlarida aks etgan ko‘rgazmali amaliy san’at namunalari, binolar ichining yuksak did bilan bezatilishi – hammasi inson mehnatini go‘zallashtirishga, mehnat jarayonining estetik zavq bilan amalga oshuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shunday qilib, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab chiqarishi bilan chegaralamaydi, dizayndan keng foydalangan holda o‘zini atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimidagi asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va texnika estetikasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi.
Sport estetikasi sport sohasidagi estetik qonuniyatlarni o‘rganadi, sportning estetik mazmunini, uning jamiyat madaniyatidagi o‘rnini, sport bilan san’atning o‘zaro aloqadorligini tadqiq etadi, inson jismoniy kamolotining ma’naviy-estetik jihatlarini tahlildan o‘tkazadi.
Ma’lumki, sport va jismoniy tarbiya deyarli doimo yonma-yon tilga olinsa-da, ular bir-biridan jiddiy farq qiladi. Jismoniy tarbiya asosan inson salomatligini ta’minlashga qaratilgan jamiyatning turli yoshdagi barcha tabaqalari ixtiyoriy tarzda “o‘zi uchun” shug‘ullanadigan, ommaviylik tabiatiga ega mashqlar yoki mashq majmularidan iborat. Sport esa, uning qaysi sohasida bo‘lmasin, mutaxassis ustozlar nazorati ostida maxsus tayyorgarlik ko‘rgan odamlarning, asosan yoshlarning yakkama-yakka yoki jamoaviy tarzda bellashuvini o‘z ichiga oladi. Jismoniy tarbiya qay ko‘rinishda bo‘lmasin, (individualmi, jamoaviymi), bellashuvni rad etadi va insonga turli mashq shakllaridan xohlaganini tanlash imkonini beradi. Sportda esa musobaqa birinchi o‘rinda turadi va unda muayyan mashqlar majburiy tarzda bajariladi. Lekin bu majburiylik sportning ma’lum bir turi doirasida sportchiga erkin harakat qilish imkonini beradi, ya’ni sportda ijodiy yondashuv taqiqlanmaydi, balki qo‘llab-quvvatlanadi. Masalan, badiiy gimnastika musobaqalarida har bir sportchi o‘zi tanlagan mashqni, o‘zi tanlagan kuy jo‘rligida bajaradi, lekin sportning ushbu turiga doir qonun-qoidalardan chetga chiqolmaydi. Shunday qilib, jismoniy tarbiyani sportga qo‘shib yuborish yoki ularni aynanlashtirish mumkin emas. Xullas, sport inson tanasi go‘zalligining namoyishi sifatida diqqatga sazovor. Sportga qadimgi yunonlar, bundan bir necha ming yillar avval ana shunday nuqtai nazardan yondashganlar. Lekin, afsuski, keyinchalik musobaqa omili go‘zallikni chetga surib, uni g‘oliblik va mag‘lublik bilan baholanadigan ehtirosni o‘yinga, qimorning o‘ziga xos turiga aylantirib qo‘ydi (qadimgi Rumodagi gladiatorlar bahsi, keyinchalik ot poygasiga pul tikishlar v.h.).
Hozirgi paytda sport jahon bo‘ylab juda keng yoyilgan madaniy soha sifatida tan olinadi. Ayniqsa, buni O‘zbekiston misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Bizda mustaqillik sharofati bilan sportga milliy madaniyatning uzviy qismi sifatida qarash shakllandi, uning hamma turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish odat tusiga kirdi, o‘zbek kurashi esa umumbashariy sport turi maqomini oldi, maxsus Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi tashkil etildi. Bularning deyarli barchasi respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi va nazorati ostida amalga oshirildi. Shu tufayli bugun O‘zbekiston sport diyoriga, inson jismoniy go‘zalligini jahonga namoyish etayotgan mamlakatlardan biriga aylandi.
San’at bilan sportning o‘xshash tomoni shundaki, har ikkalasi ham biror bir moddiy ehtiyojni qondirmaydi, bevosita maqsad emas, maqsadga muvofiqlik tarzida voqe bo‘ladi, ularning asosiy xususiyati, mavjudligini oqlaydigan narsa, bu – odamlarga estetik zavq berish xususiyati. Ayni paytda san’atda ham sportda ham o‘yin ijtimoiylik kasb etmasligi mumkin emas, sportchi san’atkor kabi g‘oyaviy-mafkuraviy maylparastlik tabiatiga ega. San’atkor vatanparvarlik, millatparvarlik g‘oyalarini bilvosita – badiiy asari orqali ilgari sursa, sportchi o‘z jismoniy xatti-harakatlari bilan musobaqalarda vatan bayrog‘ini ko‘tarishga, “millatni uyaltirib qo‘ymaslikka” intiladi, ya’ni bevosita va tabiiy ravishda mafkuraviylikni amalga oshiradi. Demak, san’at ham, sport ham shunchaki zavq berish va o‘z iste’dodidan zavqlanish bilangina chegaralanib qolmaydigan ijtimoiy-ma’naviy hodisalardir.

3 – savol bayoni: Estetika fani ham boshqa fanlar qatori, kishilarning amaliy faoliyati erishgan yutuqlarini umumlashtirib o‘zining kategoriyalar sistemasini ishlab chiqdi. Kategoriya (yunon. Kategoria - ko‘rsatma, guvohlik, ifodalovchi) estetikada asosiy tushunchalar bo‘lib, bu tushunchalar voqelikning estetik xossalarini, sifatlarini, tomonlarini, munosabatlarini estetik bilish mohiyatini ifodalaydi. Estetika kategoriyalar sistemasi ham estetika fanining nazariy ravnaqiga mos ravishda yangicha tushunchalar bilan doimo boyib boradi.



Download 84.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling