10 – Mavzu: Estetika nazariyasi Ma’ruza rejasi


Download 84.54 Kb.
bet6/10
Sana15.12.2022
Hajmi84.54 Kb.
#1008273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-мавзу. Эстетика назарияси

Estetika kategoriyalari - voqelikning estetik belgilarini, aloqalarini tomonlarini, o‘ziga xos bo‘lgan estetik xususiyat va sifatlarini aks ettiruvchi umumlashgan ilmiy tushunchalardan iborat. Estetikaning go‘zallik, xunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik. tragiklik, komiklik, estetiklik, badiiylik, dramatiklik, tragikomiklik, qahramonlik kategoriyalari mavjud. Bu kategoriyalarni o‘rganish bilan biz dunyoning estetik taraqqiyoti va bu taraqqiyotning o‘ziga xos tomonlarini bilib boramiz.
Estetika kategoriyalari o‘zaro bir-biri bilan aloqadadir. Ular bir-birini to‘ldiradi va rivojlanishiga ko‘maklashadi. Falsafa kategoriyalari ob’ektiv borliqning eng umumiy tomonlarini o‘rgansa, estetika kategoriyalari esa o‘sha borliqning estetik xususiyatlarini ochib berish uchun xizmat qiladi.
Estetika kategoriyalari ham kishililarning ko‘p asrlar davomida orttirgan tajribasining, ularning mehnat faoliyati va estetik bilish jarayonining natijalari majmuini tashkil etadi. Inson amaliy faoliyat jarayonida dunyoning predmet va hodisalariga duch kelib ularni bila borib, ularning muhim tomonlarini nomuhim tomonidan, go‘zalikni xunuklikdan, ulug‘vorlikni tubanlikdan, tragiklikni komiklikdan ajrata borgan, ajratish natijalarini esa kategoriyalarda ifoda qilganlar.
Shunday qilib estetika kategoriyalari olamni estetik bilish bosqichlari bo‘lib insonni estetik tarbiyalashda vazifasi ulkandir. Bugungi kunda go‘zallik – ulug‘vorlik – fojiaviylik – kulgililik; estetik ideal – estetik did – estetik tuyg‘u; san’at – badiiy obraz – ijodkorlik ko‘rinishdagi tizim estetika fanining kategoriyalar tasnifida kengroq qo‘llanilmoqda.
Go‘zallik - estetikaning markaziy kategoriyasi sifatida. Go‘zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo‘lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g‘oyalar, yaratilgan ta’limotlar o‘zining salmog‘i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy–jismoniy, axloqiy–estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro‘y berayotgan ijtimoiy–ma’naviy, siyosiy–iqtisodiy jarayonlar go‘zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir. Shuning uchun ham odatda, go‘zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go‘zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog‘liq bo‘lmagan xolda yuzaga keladigan go‘zallik. Birinchisida aql, ruh va xissiyot ustuvor bo‘lsa, ikkinchisida makon va zamon salmoqli o‘rinni egallaydi. Go‘zallik – ijtimoiy-ma’naviy hodisa bo‘lib, u voqelikdagi favqulodda ahamiyat kasb etuvchi hamda narsa va hodisalarning shaklan va mazmunan uyg‘unligi asosida namoyon bo‘luvchi, insonda yoqimli tuyg‘u, zavq va kuchli hayratni hosil qiladigan qadriyatdir.
Go‘zallikning namoyon bo‘lishi, shakllanishi va xis etilishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini o‘taydi. Bular - me’yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg‘unlik, hamoxanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, mutanosiblik, tenglik va hokazo. Mazkur tushunchalar narsa–hodisalarda bevosita yoki bilvosita ishtirok etib, undagi go‘zallikni namoyon ettiradi.

Download 84.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling