10 – mavzu. Ijtimoiy ishchining o’zini tutish standartlari va kasbiy layoqatliligi


Download 66.97 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi66.97 Kb.
#1602206
1   2   3
Bog'liq
10 mavzu

Reabilitatsiya1 (lot.- qayta tiklamoq)-jtimoiy-iqgisodiy, pedagogik, kasbiy va yuridik tadbirlar majmui.
Reabilitatsiya:
Tibbiy, pisoxologik, pedagogik, kasbiy-ijtimoiy va texnik yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan tadbirdir.
Tibbiy tadbirlar davolash choralarini birlashtiradi, sog‘liqni tiklashga yo‘naltiriladi va reabilitatsiyaning barcha bosqichlarida o‘tkaziladi.
Psixologik reabilitatsiya tibbiy reabilitatsiya bilan chambarchas bog‘liq va zarur moslashish, qayta moslashishga kasalni ruxiy jihatdan tayyorlashga ko‘maklashadi, shu bilan birga, uning qayta malakaga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Psixologik tayyorgarlik bilan davolovchi vrach, vrach-psixoterapevt shug‘ullanadi.
Pedagogik reabilitatsiya ko‘proq bolalarga va o‘smirlarga, ularning tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlariga taalluqli. Bolaga reabilitatsiya zarurligi haqidagi qaror maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Kasbiy reabilitatsiya esa nogironni mehnat faoliyatiga tayyorlash masalalarini hal qiladi va tibbiy, psixologik hamda boshqa tadbirlar bi-lan barobar boshlanadi.
Kasbiy-ijtimoiy qayta tiklash sifati reabilitatsiya markazlari, sanoat korxonalari, maktab, litsey, kollej, sex va bo‘limlarning maxsus sharoitlar (qisqartirilgan ish kuni, individual ish me’yori), moddiy texnika vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi, doimiy tibbiy nazorat va kuzatuvga bog‘liq. Nogironni qayta o‘qitish zarurligi haqidagi qaror tibbiy-iqgisodiy ekspertiza byurosi (boshqacha atalishi ham mumkin) tomonidan qabul qilinadi, o‘qishga yuborishni esa ijtimoiy ximoya depar-tamenti amalga oshiradi.
Texnikaviy reabilitatsiyada kasal (nogiron) organizmi funksional to‘laqonliligini tiklash va uni mehnatga qaytarish uchun zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. Buning ahamiyati, ayniqsa ta-yanch harakatlanish a’zolari shikastlanganda muhimdir.
Hozirgi vaqtda butun boshli protezlash tizimi mavjud bo‘lib, u ko‘plab nogironlarni mehnat faoliyatiga qaytarishga imkon beradi.
Reabilitatsiya maqsadi bo‘lib, kasalni sog‘lomlashtirish va unga kasbiy malakalarini, boshdan kechirgan jarohati yoki kasali xususiyatini hisobga olgan holda, tiklash yoki rivojlantirishda yordam qo‘rsatish hisoblanadi. Reabilitatsiya ning asosiy vazifasi bemorni jamiyatdagi turmushga qobil qilish, uning ijtimoiy mexnat jarayoniga jalb bo‘lishi uchun tegishli imkoniyat yaratishdan iborat. Bunda mehnat faoliyati faqat insonning to‘laqonli yashapsh uchungina emas, balki tuzalishi uchun ham zarur ijtimoiy omildir.
Ijtimoiy ish lug‘atiga binoan, rol bu «Muayyan mavqega ega bo‘lgan kishiga tayin etilgan madaniy sharoitlarga bog‘liq hulq-atvor turidir». Ijtimoiy-ishchining xulq-atvori va roli alohida olingan bir ishchi emas, balki ijtimoiy-ishning o‘zi bilan qiyoslanadi. Rolning qanday bajarilishi esa individual jarayon bo‘lib, ijtimoiy-ishchining yordam ko‘rsatish vaziyatida qo‘llaydigan bilim va malakalarining betakror yiindisiga boliq bo‘ladi. Ijtimoiy-ishda har xil rollarni bajarish uchun ko‘plab funksiyalarni bajarishi zarur. Ish funksiyasi eng maqbul tarzda o‘ziga xos kasbiy rol bilan boliq bo‘lgan faoliyat yoki belgilangan majburiyat, vazifa sifatida taoriflanishi mumkin. Ijtimoiy-ishchining samarali ish olib borishi uchun ular tomonidan bajariladigan rollarni tushunish va ulardan kutiladigan faoliyat turlariva funksiyalarini egallash muhim ahamiyatga egadir.
Kasbiy rollarni belgilash – ijtimoiy ish sohasi ijtimoiy-ishchi tomonidan bajarilishi kutiladigan rollarni shakllantiradi. Bu kasb egasi belgilangan rollarni bajarishga tayyor bo‘lmoi kerak. Muhimi, ijtimoiy-ishchi u yoki bu lavozimga xos bo‘lgan majburiyatlarni bajarar ekan, bitta yoki ko‘pincha bir nechta rolni bajarishi mumkinligini tushunish lozim. Har qanday amaliy rolni bajarishda bir qancha farqli funksiyalardan foydalanishga zarurat tutilishi mumkin. Masalan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha brokerlik rolida ham, maslahatchi yoki mijozga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimi roli bajargan taqdirda ham bitta funksiyani–mijozning vaziyatini baholash funksiyasini bajarish mumkin. Odamlarga yordam berishga qaratilgan jismoniy terapiya, tibbiy parvarishlash, maslahat berish kabi ko‘pgina kasblarning rollari ijtimoiy meoyorlar, xizmat turlari, shuningdek, shu toifadagi faoliyat uchun ruxsat beradigan maomuriy qoidalar va qonunlar tomonidan belgilangandir.
Xizmat sohasi brokeriMaqsadi: mijozlarning tegishli ijtimoiy xizmat va boshqa resurslar bilan bolash.
Ta’rifi: boshqa «yordam beruvchi» kasblar orasida ijtimoiy-ish ko‘proq odamlarga o‘zlarining ijtimoiy muhitlari bilan taosirchan, o‘zaro munosabatlar o‘rnatishlariga yordam berishga qaratilgandir. Bu esa ijtimoiy-ishchini shunday holatga qo‘yadiki, u mijozning ehtiyojlari va jamiyat resurslari o‘rtasidagi aloqani taominlab beruvchi birinchi professional xodim bo‘lib qoladi.
Funksiyalari: mijozning vaziyatini baholash, brokerlik rolini bajarishdagi dastlabki qadam mijoz yoki mijozlarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini ochiq va teran anglashdan iboratdir.
Resurslarni baholash: ijtimoiy ishchi mijozlarning talablariga javob berishi mumkin bo‘lgan mavjud resurslarni etarli aniq baholashi kerak. U taklif etilayotgan dasturlar, o‘z agentligidan xodilarning imkoniyatlari, u yoki bu mijozga ko‘rsatiladigan xizmatlarning imkoniyatlarini belgilaydigan ko‘rsatkichlar bilan yaxshi tanish bo‘lmoi kerak.
Malumot berish: baozan brokerlik roli ijtimoiy-ishchidan mijozga yoki mijoz guruhlariga maolumot berishni talab qiladi. Ijtimoiy-ishchi nafaqat o‘z mijozlariga, balki jamoatchilikka taqdim etilayotgan xizmatlar to‘risida hamda mavjud ehtiyojlar va taqdim etilayotganxizmatlar o‘rtasidagi tafovutlar haqida maolumot beradi.
Mijozni himoya qilish: resurslar mijozlarning talablariga etarli javob bera olmagan holatlarda ijtimoiy-ishchi o‘z mijozlarini himoyachisi yoki advakati funksiyasini bajarib, ular bilan birgalikda yoki ularning nomidan ish olib borishi mumkin. U mijozlarning ehtiyojlarini qondirishni taominlash uchun muzokaralardan, vositachilikdan yoki undan-da tajovuzkor usullardan foydalanishi mumkin.
Ijtimoiy va moslashuvchanlik ko‘nikmalari o‘qituvchisi ko‘nikmalari: mijozlarda murakkab hayotiy vaziyatlarni hal etishga yordam beradigan ko‘nikmalarni rivojlantirish va mijozlarning ijtimoiy hayotida ushbu ko‘nikmalardan foydalanishlarini kengaytirish.
Ta’rifi: ijtimoiy-ishning kattagina qismi mijozlarga qanday qilib hayotdagi muammoli vaziyatlarni hal eti shva inqirozlarning vujudga kelishiga to‘sqinlik qilishni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Bunda mijoz bilan ishlash jarayonida ishchi o‘z kasbiy taolimini olish paytida olgan bililarining bir qismini unga etkazadi. Amaliy ijtimoiy-ishning asosiy maqsadi mijozlarga samarasiz va natijasiz xulq-atvorlarini o‘zgartirishlariga yordam berishdan iboratdir.
Funksiyalari: ijtimoiy ko‘nikmalar va kundalik hayotiy ko‘nikmalarni o‘rgatish. Ijtimoiy-ishchilar mijozlarga o‘z hayotlaridagi konkret vazifalarni samaraliroq bajarishga o‘rganishlariga yordam berish zarur bo‘lganda kerak bo‘ladilar. Oila byudjetini tuzish va boshqarish, jamoat transportlaridan foydalanish, turar joy muammolarini hal etish, shxsiy gigiena va o‘z-o‘zini parvarishlash, samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish bularning hammasi ijtimoiy-ishchilar o‘qituvchilik faoliyatidan namunalardir (Tir, SHifor va Gotoe, 1987).
Ijtimoiy-ishchi mijozga samaraliroq shaxslararo xulq-atvorni o‘rgatishda rollarni modellashtirish, qadriyatlarni aniqlashtirish yoki xulq-atvorni o‘zgartirishning turli texnikali kabi faoliyat turlaridan foydalanishi mumkin. Ijtimoiy-ishchilar mijozlarga «davolanishning yoki ayrim kasalliklar, mehnatga yaroqsizlik va muammolarni bartaraf etish» ga yordam berib, ular bilan birga ish olib boradilar.
Keys menejer – Maqsadi: mijozlarning doimiy ravishda tegishli agentliklar va xizmatlar bilan boliq, shuningdek, xizmatlarni muvofiqlashtirish yo‘li bilan sifatli xizmat ko‘rsatishga erishish va uzluksizlikni taominlash.
Ta’rifi: ko‘p qirrali xizmat ko‘rsatishi zarurati paydo bo‘lganda ijtimoiy-ishchi keys menejer sifatida turli tashkilotlar va agentliklar bilan aloqalar o‘rnatish grafigini tuzi shva rejalashtirish yo‘li bilan xizmatlarni muvofiqlashtiruvchi rolini bajaradi. Ijtimoiy ishchi bu maonoda mijoz va ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tarmoi o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi. Keys menejer rolini bajarayotganda ijtimoiy-ishchi ham terapevtik, ham boshqaruv texnikalaridan foydalana olishi lozim. Shu bilan bir paytda ijtimoiy-ishchi umuman butun o‘zaro hamkorlik jarayonini muvofiqlashtirib, menejer sifatidafaoliyat yuritdi.
Funksiyalari: Sotsiolog olim Kristina Rich (5) keys menejerning besh tayanch funksiyasiga ta’rif beradi.

  1. Konkret voqeani baholash. Bu maolumot to‘plash hamda mijoz va uni o‘ra turgan shart-raoitlarni baholashni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.

  2. YOrdamni rejalashtrish. Mijozlar va jarayonning boshqa ishtirokchilari bilan birgalikda ijtimoiy-ishchi mijozning ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyatlarni taominlash mumkin bo‘lgan har xil xizmat turlarini belgilash ko‘zda tutiladi.

  3. Isteomol qilinadigan xizmatlar bilan aloqa qilish. Brokerlik rolidagi kabi keys menejer ham o‘z mijozlarini tegishli resurslar bilan bolashi kerak. Keys menejer mijozning boshqa resurslardan foydalanishini muvofiqlashtirishiga ko‘proq ahamiyat beradi.

  4. Xizmatlarni taqdim etishni nazorat qilish. Mijoz bir guruh agentliklar va alohida ishchilarning xizmatlaridan foydalangan taqdirda keys menejer ushbu ajaryon qatnashchilari bilan aloqada bo‘lib turadi.

  5. Konkret ish bo‘yicha himoyalash va ish olib borilishini taominlash. Zaruriy yordam ko‘rsatilmagan taqdirda keys menejer funksyasi o‘z mijozlarining himoyachisi bo‘lib, ularning nomidan ish olib bori shva turli gumanitar tashkilotlar bilan tegishli choralar ko‘rishdir.

Ishchining majburiyati mijozning qonuniy haq-huquqi bo‘lmish xizmatlardan foydalanishini taominlashdir.
Ish yuklamasi hajmi menejeri – Maqsadi: mijozlarga imkon qadar samarali yordam Bera olish va o‘z ish beruvchilari oldida javobgarlikni his eta olish uchun o‘z yuklamasini hajmini bajarish.
Tarifi: ijtimoiy ishchilar samarali xizmat ko‘rsatish Bilan birga, Ayni paytda o‘zlari ishlab turgan agentlikning talablari, meoyorlari va siyosatiga mos kelishiga intilishi lozim.
Funksiyalari: Xizmatlarni rejalashtirish, bunda o‘z yuklamasining hajmini baholash hamda ishni imkon qadar samarali ravishda amalga oshirish bo‘yicha rejalar tuzishni o‘z ichiga oladi.
Vaqtni boshqarish: agar ishchi har bir mijoz va har bir faoliyat turiga tegishlicha eotibor berishi lozim bo‘lsa, u holda o‘zining vaqtidan hamda u yoki bu shoshilinch topshiriq uchun ajratilgan ish soatlaridan foydalanish bo‘yicha afzalliklarni aniq taqsimlash kerak.
Xizmatlar sifatini nazorat qilish: o‘z ish hajmini boshqarishning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy ishchi muntazam ravishda taqdim etayotgan xizmatlarning samaradorligini baholab beradi. SHuningdek, o‘z hamkasblarning ishlarini baholash jarayonida ishtirok etadilar.
Xodimlar shtatini rivojlantirish tashkilotchisi – Maqsadi: Treninglar, faoliyatni nazorat qilish, maslahat beri shva menejment vositasida agentlik xodimlarining kasbiy rivojlanishini taominlash.
Ta’rifi: Ijtimoiy ishchilar ko‘pincha o‘rta qatlamdagi rahbarlik lavozimlarini egallaydilar. Mazkur funksiyalarida ular o‘z xodimlarining faoliyatlarini kengaytirish uchun kuchq sarflaydilar. Lekin ijtimoiy ishchi asosiy diqqat e’tiborini bevosita mijozlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar bilan ish olib borishga qaratadi. Xodimlarni rivojlantirish o‘quv ehtiyojlarini aniq baholashga asoslanadi. Ta’limning o‘zi individual instruktaj, nazorat, maslahat shakliga ega bo‘lishi hamda o‘quv mashulotlarinio‘tkazish yoki ularda ishtirok etishni o‘z ichiga olishi mumkin.
Funksiyalari: funksiyalariga xodimni yo‘naltirish va o‘qitish, xodimlarni boshqarish ishni nazorat qilish, maslahat berish singari masalalar kiradi.
Ma’muriy boshlig‘i - Maqsadi: gumanitar xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha tashrif siyosati, xizmatlar va dasturni rejalashtirish, ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ta’rif: ma’muriyat boshlig‘i rolida ijtimoiy ishchi ijtimoiy-ish agentliginingsiyosati va dasturini bajarish majburiyatini bo‘yniga oladi. Bu rolni bajarar ekan, ishchi bosh maomuriy lavozim egasi bo‘lishi yoki uning maomuriy funksiyasi oddiy ijtimoi-ishchi sifatidagi majburiyatlarining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin.
Ma’muriy boshlig‘i boshqa kishilar tomonidan yaratilgan siyosat. Dastur va qonunlar ro‘yobga chiqarishi lozim.
Funksiyalari: menejment, ichki va tashqi muvofiqlashtirish, dasturni baholash singrai funksiyalardan iborat.
Ijtimoiy o‘zgarishlar agenti – maqsadi: jamiyatdagi va hayot sifatini yaxshilash, mumkin bo‘lgan sohalardagi muammolarni aniqlashda ishtirok etish, o‘zgarishlar yoki yangi resurslarni rivojlantirish tarafdorlari sifatida harakat qiluvchi umumiy manfaatlarga ega bo‘lgan inson guruhlarini yo‘naltirish.
Ta’rifi: Ijtimoiy ishning ham odamga, ham uni o‘rab turgan muhitiga ikki tomonlama yo‘nalganligi ijtimoiy ishchining ijtimoiy tuzilmalar miqyosida o‘zgarigshlarni taominlashga tayyorligini talab eatid.
Funksiyalari: Ijtimoiy muammo va ijtimoiy siyosatni tahlil etish, jamoatchilik eotiborini yo‘naltirish jamoaviy manfaatlarni himoya qilish, ijtimoiy resurslarni rivojlantirishdan iborat.
Inson huquqlarini muhofaza qilish sohasida turli davlat va tashkilotlarning faoliyatini belgilovchi xalqaro deklaratsiya va konvensiyalar ijtimoiy xodimning ushbu professional hamda etik standarti asosida turadi.
Ijtimoiy ish mohiyatini odamlarning farovonligini ularning ashxsiy imkoniyatlari va ijtimoiy yaqin odamlari imkoniyatlaridan eng yuqori darajada foydalanish hamda ularga imkoniyat berish orqali yaxshilash maqsadidagi amaliy faoliyat sifatida tushunish ijtimoiy ishning etik standartlarini quyidagi xalqaro shartnomalar asosida qurishni ko‘zda tutadi:

    • Inson huquqlarining umumiy deklaratsiyasi, 1948 y.

    • Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi Xalqaro pakt, 1966 y.

    • Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya 1965 y.

    • Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya, 1976 y.

    • Bola huquqlari haqidagi Konvensiya, 1989 y.

    • Nogironlig bo‘lgan odamlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya, 2006 y.

Ushbu standart ijtimoiy ish bo‘yicha Milliy komandaning Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Toshkent davlat madaniyat instituti hamkorligida BMT ning O‘zbekistondagi YUNISEF Bolalar jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda “ijtimoiy ish” kasbini ilgari surish va ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorlash dasturlarini tarqatish” loyihasi doirasida 2008 yilda ishlab chiqildi.


Ushbu Standartda ijtimoiy ishning aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimidagi tashkilotlar va muassasalar xodimlari o‘z professional amaliyotida qo‘llashlari zarur bo‘lgan asosiy bazali standartlari va standartlari bayon etiladi.
Ushbu Standart ijtimoiy soha mutaxassislarini mijoz (mijozlar) ga nisbatan etik amaliyotni u (ular) ning eng yaxshi manfaatlariga amal qilish va u (ular) ning ichki imkoniyatlarini hamda u (ular) ning ehtiyojlarini qondirish va yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda yordam ko‘rsatish uchun atrofdagi kishilar imkoniyatlarini faollashtirish maqsadida yo‘naltiradi.
Ijtimoiy xodimlarning majburiyatlarini bajarishlarida etik standartlar, professionallik, kamsitishga qarshi amaliyot yo‘nalishiga rioya etishni, shuningdek, Standartni professional va shaxsan qabul qilishni ko‘zda tutadi.
Ushbu Standart Ijtimoiy Xodimlar Xalqaro Federatsiyasi (IFSW) ning 2004 yil oktyabrida Adelaida (Avstraliya) da o‘tkazilgan Ijtimoiy Ish bo‘yicha Maktablar Xalqaro Assotsiatsiyasi va Ijtimoiy Xodimlar Xalqaro Federatsiyasining umumiy uchrashuvida tasdiqlangan “Ijtimoiy ish etikasi: standartlar Deklaratsiyasi” hujjatini o‘z ichiga olgan tavsiyalari asosida ishlab chiqildi. Ushbu Standartni tuzishda ijtimoiy xodimlarning Britaniya Assotsiatsiyasi, AQSH ijtimoiy xodimlari Milliy Assotsiatsiyasi standartlari hamda Rossiya ijtimoiy xodimlari va ijtimoiy pedagoglari etikasi Standartlaridan ham foydalanildi.
Standart 3 qismdan, kirish va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Birinchi qismda “ijtimoiy ish” kasbining tavsifi va kasbning ta’rifi, shu jumladan, xalqaro ta’riflar beriladi. Ikkinchi qismning birinchi paragrafi ijtimoiy xodimlarning etik standartlari tayanadigan xalqaro hujjatlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi; ikkinchi paragraf ijtimoiy xodimlar o‘z ishida amal qilishi zarur bo‘lgan etik standartlar va standartlarni bayon etadi. Uchinchi qism o‘zida “Ijtimoiy ish etikasi: standartlar Deklaratsiyasi” xalqaro hujjatidagi parchalarni aks ettiradi va ijtimoiy xodimning professional axloqini ta’riflab beradi.
Ushbu ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy sohadagi tutash fanlarning mutaxassislari ishi uchun umumiy orientir bo‘lib xizmat qiluvchi dastlabki hujjat hisoblanadi. Ijtimoiy xodim axloqining professional standartlarini batafsil ishlab chiqish O‘zbekistonda “ijtimoiy ish” kasbini kelgusida ilgari surish bo‘yicha keyingi vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri alohida ko‘mak va e’tiborga muxtoj odamlarga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘lgan ijtimoiy himoya va aholiga xizmat qilishning prinsipial jihatdan yangi tizimi shakllandi. Bu sharoitda ijtimoiy sohada aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlami bilan ishlashda bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan yuqori malakali xodimlarga ehtiyoj va tegishli tarzda yangi kasbiy faoliyat – “ijtimoiy xodim” ga zaruriyat yuzaga keldi.
O‘zbekistonda ijtimoiy ish instituti 90-yillar oxiriga kelib shakllanishni boshladi. Buning uchun 1998 yilda bilim va ta’lim sohasida davlat uchun yangi bo‘lgan – “ijtimoiy ish” ning oliy ta’lim ixtisosliklari va yo‘nalishlar Umumdavlat klassifikatoriga kiritilishi asos bo‘ldi. O‘zR Kasblar va lavozimlar Milliy klassifikatoriga “ijtimoiy ish” kasbi va “ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassis”lik kiritildi.

“Ijtimoiy ish”ning global standartlar bo‘yicha xalqaro ta’rifi


Ijtimoiy xodimning professional faoliyati ijtimoiy o‘zgarishlarga, insoniy o‘zaro munosabatlar muammolarini hal qilishga ko‘maklashadi; jamiyatda funksional mavjud bo‘lish qobiliyatining mustahkamlanishi va odamlarning farovanlik darajasini oshirish maqsadida ozod qilishga yordam beradi. Inson axloqi va jamoatchilik tizimi nazariyasidan foydalangancha ijtimoiy ish odamlarga ularning atrofidagi kishilar bilan o‘zaro harakatda ko‘maklashadi. Inson huquqlarining standartlari va ijtimoiy haqqoniylik ijtimoiy ish negizi hisoblanadi..



IZOHLAR


Ijtimoiy ish o‘zining turli shakllarida odamlar va ularning atrofidagi kishilar o‘rtasidagi ko‘p sonli, murakkab aloqalar bilan shug‘ullanadi. Ijtimoiy ish faoliyatining maqsadi: barcha odamlarga o‘z imkoniyatlarini to‘la rivojlantirish, o‘z hayotini boyitish va disfunksiyani bartaraf etish imkoniyatini taqdim etadi. Professional ijtimoiy ish muammolarni hal qilish va o‘zgarishlarga erishishga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy xodimlar jamiyatdagi va o‘zlari xizmat qilayotgan individuum, oilalar va hamjamiyat hayotidagi o‘zgarish agentlari hisoblanadilar. Ijtimoiy ish o‘zida standartlar, nazariya va amaliyotning o‘zaro bog‘liq tizimini aks ettiradi.

Standartlar


Ijtimoiy ish o‘z sarchashmasini insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan va demokratik ideallarda oladi, uning standartlari tenglik, har bir shaxsning standarti va har bir odamning qadr­qimmatini hurmat qilishga asoslanadi. Kasbning paydo bo‘lishidan boshlab, deyarli bir yarim asr avval ijtimoiy ish amaliyotining diqqat­e’tibori umuminsoniy ehtiyojlar va inson imkoniyatining rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Inson huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy haqqoniylik ijtimoiy xodimlar faoliyati uchun motivatsiya va sabab bo‘lib xizmat qiladi. “zaif” ijtimoiy qatlamga hamfikrlik tufayli kasb faqirlikni engillatish, himoyaga muxtoj va ruhan ezilgan odamlarni jamiyat a’zosi sifatida faoliyat yuritishlarini faollashtirish uchun ozod qilishga intiladi. Ijtimoiy ish standartlari professional milliy va xalqaro etik standartlarda mujassamdir.



Nazariya


Ijtimoiy ish metodologiyasi muayyan kontekstlar uchun xarakterli bo‘lgan lokal bilimlarni kiritgan holda amaliy faoliyatni baholash va tadqiqot o‘tkazish yo‘li bilan olingan isbotli asoslangan bilimlar tizimiga suyanadi. Ijtimoiy ish nazariyasi odamlar va ularning atrofidagi kishilar orasidagi o‘zaro harakatning murakkabligini inobatga oladi va odamlarning ta’sirga duch kelganiday ularga bio­psixoijtimoiy omilni kiritgan holda ko‘p sonli omillar ta’sirining o‘zgarishini ham tan oladi. Professional ijtimoiy ish inson axloqi va rivojlanishi, majmuaviy vaziyatlari tahlili uchun ijtimoiy tizimlarni ham, individual, tashkiliy, ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarga ko‘maklashish nazariyasini ham o‘zlashtirib oladi.



Amaliyot


Ijtimoiy ish jamiyatda mavjud bo‘lgan to‘siqlar, tengsizlik va noxaqlik bilan kurashga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy ish krizis va kritik holatga, shuningdek, kundalik shaxsiy va ijtimoiy muammolarga reaksiya qiladi. Ijtimoiy ish shaxs va uning atrofidagi kishilarga majmuaviy va yaxlit yondoshuvga moslashtirilgan malakalar, usullar va ta’sirlarning turli­tumanligidan foydalanadi. Ijtimoiy ish harakatining spektri psixoijtimoiy jarayonlarning individual shaxsiy darajadagi mashg‘ulotlardan tortib, ijtimoiy siyosatda ishtirok etishni, shuningdek, ijtimoiy loyihalash va rivojlanishni qabul qilishgacha yoyiladi. Amaliy faoliyat maslahat berish, klinik ijtimoiy ish, guruhlar olib borish, ijtimoiy pedagogik ish, oilaviy terapiya, shuningdek, odamlarga jamiyatda mavjud bo‘lgan xizmat va imkoniyatlarga erishishga yordamlashishga urinishdan iborat. Bundan tashqari, amaliy faoliyat jamoa tashkilotlari, agentliklarini boshqarish va ijtimoiy siyosat hamda iqtisodiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatish maqsadida jamoatchilik va siyosiy faoliyat mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ish amaliyotining ustuvorligi davlatdan davlatga o‘tishi va vaqt davomida madaniy, tarixiy va ijtimoiy­iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib tursa­da, ijtimoiy ishning majmuaviy yaxlit yondoshuvi universaldir.



Download 66.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling