1997 yil 29 avgustda respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirda "Ta'lim to’g’risida" qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.
1997 yil 29 avgustda respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirda "Ta'lim to’g’risida" qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.
Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlang’ich sinflarda o’quv-tarbiya ishlariga e'tibor kuchaytirilib, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. 2000 yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 258 ta o’rta maxsus o’quv yurtlari, shu jumladan, 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talaba bilim olmoqda. Mustaqilligimiz kelajagi yoshlar qo’lida ekan bilimdon, ma'naviyatli, mustaqil fikrlab, mustaqil ish yuritadigan yoshlarni, yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, jamiyatimizning eng katta boyligi, millatimizning intellektual, aql-zakovat boyligi bo’lmish yigit-qizlarimizni tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa etib qo’yilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq belgilab ko’rsatildi:
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq belgilab ko’rsatildi:
-uzluksizlik: ta'lim-fan-ishlab chiqarish;
-mutaxassislarga talab istiqbolini o’rganish;
-o’qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash;
-o’quvchi- yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli, ma'naviyatli va vijdonli etib tarbiyalash;
-korxonalardan maktab-institutlar bazasini mustahqamlashdan foydalanish;
-chet el sarmoyalaridan foydalanish.
Ta'lim to’g’risidagi yangi qonunga ko’ra, uzluksiz ta'lim bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi zarur:
Ta'lim to’g’risidagi yangi qonunga ko’ra, uzluksiz ta'lim bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi zarur:
1. Maktabgacha oila va bog’cha tarbiyasi.
2. Boshlang’ich ta'lim 1-4 sinflar.
3. Umumiy ta'lim majburiy bo’lib, 5-9 sinflarda umumiy bilim asoslari, dunyoqarash shakllanadi.
4. Majburiy-ixtiyoriy tusdagi o’rta maxsus bilim va kasb-hunar o’quv yurtlari: 3 yilga mo’ljallangan akademik litseylar, maxsus kasb-hunar kollejlari.
5. Oliy ta'lim: bakalavr - 4 yil, magistratura - 2 yil o’qish muddati, keyinchalik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun aspirantura - 3 yilga, doktorantura - 2 yil muddatga belgilangan.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |