Mavzu: O’zbekistonning eng katta boyligi- bu xalqning ulkan intellectual va manaviy salohiyatidir


Download 29.47 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi29.47 Kb.
#1752186
Bog'liq
Reja Yoshlar ozbekistonning enh kattabboyligi bebaho xazinasi-fayllar.org


Reja: Yoshlar ozbekistonning enh kattabboyligi bebaho xazinasi

Mavzu: O’zbekistonning eng katta boyligi- bu xalqning ulkan intellectual va manaviy salohiyatidir.


Reja:
1.Yoshlar ozbekistonning enh kattabboyligi bebaho xazinasi.

2.O'zbekistonning eng yangi tarixi.


3.Yangilanayotgan o'zbekistonda manaviy sohada amalga oshirilayotgan ishlar.
4.Yangi o'zbekiston yoshlari kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori.
Yoshlar – O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish muhim masala hisoblanadi. Chunki aynan yoshlar mamlakat salohiyatini tashkil qiladi. Mehnat bozorida yoshlarga munosib ish o‘rinlarini topib berish mamlakat istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, mazkur jarayonlar yakuniga yetib borayotgan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da yanada salmoqli tus oldi.


Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2021-2022-o‘quv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar o‘rtasida bevosita muloqotini ta’minlash maqsadida “Yoshlar – O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” shiori ostida 60 dan ziyod ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalar hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan “Karyera kuni” uchrashuvning o‘tkazilishi muntazamlik kasb etgan.
Unda akademiyaning Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi), Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi), Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Informatika va axborot texnologiyalari bakalavriat bitiruvchilari; Tarix (Islom sivilizatsiyasi), Hadisshunoslik, Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar, Aqida, kalom ilmi va aqidaviy ta’limotlar, Turizm (ziyorat turizmini tashkil etish va boshqarish kabi magistratura yo‘nalishlarida bitiruvchi talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
– Akademiyada yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Muzaffar Komilov. – Bugungi tadbirda ham ko‘plab tashkilot va muassasa mutasaddilari o‘z ish o‘rinlari bilan qatnashyapti. O‘ylaymizki, o‘zaro yaqin hamkorligimiz bitiruvchi yoshlarning o‘z munosib ish o‘rinlarini egallashiga muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Zamonaviy bilim va tafakkur, sog‘lom dunyoqarashga ega, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor navqiron avlodimiz katta ishonch bilan hayotga dadil kirib kelayotgani barchamizni quvontiradi. Ana shu quvonchning bardavomligi yo‘lida mas’uliyatni his etgan holda yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz. Zero, O‘zbekiston kelajagi — sog‘lom va barkamol avlod qo‘lidadir.
Shundan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktor o‘rinbosari Firdavs Xalimov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktor o‘rinbosari Surayyo Karimova, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi direktori Liliya Gaynutdinova so‘zga chiqib, ish beruvchi tashkilotlar hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida uzviy hamkorlik jamiyat taraqqiyoti uchun har jihatdan foydali bo‘lishini ta’kidlashdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini 2021-2022-o‘quv yilida 341 nafar talaba bakalavrni, 91 nafar yigit-qiz esa magistratura bosqichini tamomlaydi.
Akademiyada “Islomshunoslik”, “Mumtoz sharq filologiyasi” hamda “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakultetlari, “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti”, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA”, “Din psixologiyasi va pedagogika”, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi”, “Chet tillari”, “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar”, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kabi kafedralar faoliyat yuritmoqda.

O'tmish, bugungi kun, kelajak – ajdodlar, zamondoshlar, yoshlar. Zamonlar va avlodlar o'rtasidagi o'zaro rishtalarni aynan shunday ketma-ketlikda ifodalash mumkin. O'zbekiston qadimdan o'zining boy tarixi, ajdodlarimizning bebaho merosi bilan nom qozongan bo'lsa, bugungi yoshlar ana shu merosni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, yanada boyitish, fidokorona mehnati va intilishlari bilan barcha sohalarda yurtimiz kuch-qudratini yuksaltirish yo'lidan bormoqda va buyuk kelajagimiz poydevorini qurmoqda. Zero, Vatanimizning ertangi kuni aynan yoshlarga bog'liq.


Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz yoshlarini bilimli, yuksak salohiyatli, dunyo yoshlari bilan raqobatlasha oladigan avlodlar etib tarbiyalash masalasiga davlat rahbari sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan boshlab alohida eʻtibor qaratmoqda. Shu maqsadda qator farmon va qarorlar, qonunlar qabul qilinib, hayotga izchil joriy etilmoqda.

Davlatimiz rahbari taʻkidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʻlim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, kelajak taqdirimiz bugungi yoshlarning qanday taʻlim-tarbiya olishlariga bog'liq.


Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning g‘ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman.»
Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston yoshlari forumidagi tabrik nutqidan.
Barchamizga ayonki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlariga bo‘lgan munosabat butunlay o‘zgardi. Yoshlarga oid davlat siyosati asosida yoshlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohotlar izchil va samarali amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston yoshlarining bilim va kasb-hunarlarni mukammal egallab, yetuk mutaxassis va vatanparvar inson bo‘lib kamol topishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
O‘zbekiston yoshlari forumida Davlatimiz rahbarining mamlakat yoshlari bilan muloqoti va murojaatida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan tashabbuslar har bir yosh, qolaversa ota-onalarni ham quvontirdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratilishi shuningdek, “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor”, “Yoshlar kichik sanoat zonalari”, “Loyihalar fabrikasi”, “Yoshlar texnoparklari” kabi loyihalar mamlakat yoshlari tadbirkorlik sohasiga keng jalb etiladi va ish bilan bandligi ta’minlanadi.
Yoshlar bilan uchrashuvda Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan muhim fikrlardan biri iqtidorli talabalar uchun Prezident granti ta’sis etilishi, respublikamizdagi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalarining joriy qilinishi, ikki va undan ortiq farzandini shartnoma asosida o‘qitayotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti berilishi yoshlarning bilim olishi, o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishi uchun yana bir yuksak rag‘bat bo‘ldi.
Respublika miqyosida ilk bor o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari forumida ishtirok etib, muhtaram Yurtboshimizning ma’ruzasini va yoshlarning takliflari bilan o‘rtoqlashish menda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, Prezidentimizning “Ilm o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!” degan chaqiriqlari zamirida mamlakat yoshlarining buyuk ajdodlarimizning munosib avlod bo‘lib kamol topishi, yoshlar – mamlakatning hal qiluvchi kuchi ekanligini inobatga olib, ularning puxta bilim olishi va albatta kelgusida mamlakat rivoji uchun o‘z hissalarini qo‘shishda turtki bo‘lishi tabiiy.
Ta’kidlash joizki, “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati ham davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati bilan hamohang ravishda Jamiyat yoshlarini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda
O'zbekistonning eng yangi tarixi.

XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshida O‘zbekiston tarixi


uchun butunlay yangi sahifa ochildi. U tarixiy davr sifatida tub burilish
hodisasini boshlab berdi. O‘zbekistonning sovet tizimi sharoitidagi oxirgi
yillari va mustaqil taraqqiyot davri xalqimizning bir necha ming yillik tarixida
o‘zining mazmuni, mohiyati, jarayonlarining tezkorligi, voqea-hodisalarning
shiddatliligi bilan alohida ajralib turadi.
Darslikda O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga
o‘tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O‘zbekistonda
huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi,
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, ma’naviy-ruhiy
poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O‘zbekistonning jahon
hamjamiyatidan munosib o‘rin olishi kabi masalalar mumkin qadar o‘z
ifodasini topgan.
Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy
siljishlar bilan birga tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi
hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy,
huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning
bundan keyingi uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat
qiladi. Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush
tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy
salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega.
Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa bo‘lsada, mustabid tuzum asoratidan
sovet tizimidan chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va erkinligini
ta’minlash kabi g‘oyatda ziddiyatli, tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli
jarayonni boshdan kechirdi.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining
mazmun-mohiyati va xususiyatlarini ob’yektiv baholagan holda mustaqillik
davrini quyidagi ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar
edi. 1) 1991–2016-yillar. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishga qaratilgan o‘tish
davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo‘yildi. Demokratik
an’analar asosida yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi, hamda fuqarolik jamiyati asoslari
yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tila boshlandi. 2000-yildan mamlakatda
faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Shu
davrdan asosiy vazifasi qilib kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga
bosqichma-bosqich o‘tish vazifasi qo‘yildi. Natijada mamlakatning siyosiy
va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari
chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi
mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi.
2010-yildan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash
jarayonini yanada chuqurlashtirish masalasi ilgari surildi. Uning boshlanishi
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mamlakatda
fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasining ishlab chiqilishi bilan bog‘liqdir. Bu davr davlat
hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi,
axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov
qonunchiligini takomillashtirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. 2) 2017-yildan keyingi yillar. Bu
davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning strategik taraqqiyotga asoslangan keng ko‘lamli islohotlar davri hisoblanadi. Shuningdek, bu davrda jtimoiy-siyosiy hayotimizga yangi
iboralar, xususan, “xalq bilan muloqot”, “xalq qabulxonalari”, “virtual qabulxona”, “tanqidiy tahlil”, “qat’iy tartib-intizom”, “arzon uylar”, “texnoparklar”,
“o‘z bolangni o‘zing asra”, “yo‘l xaritasi”, “kafolatlangan xavfsizlik”, “kitobxonlik ko‘nikmasi” singari tushunchalar kirib keldi va hayotimizning ajralmas qismiga aylandi
Yangilanayotgan o'zbekistonda manaviy sohada amalga oshirilayotgan ishlar.

Avvalo shuni aytish kerakki, o'z yurtida ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni o'z oldiga qo'ygan har qanday xalq, har qanday millat og'ir, mashaqqatli va murakkab taraqqiyot yo'lini bosib o'tadi.


Kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan o'zbek xalqi ham 1991 yil 31 avgustda muqaddas orzusiga erishdi – jonajon Vatanimiz o'z davlat mustaqilligini qo'lga kiritdi.
Nasib etsa, yana sanoqli kunlardan keyin ana shu qutlug' sananing 30 yilligini ulkan shodiyona sifatida keng nishonlaymiz.
Bu shonli bayram oldidan mamlakatimizda katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Joylarda keng ko'lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari shiddat bilan olib borilmoqda. Jumladan, poytaxtimizga tutash 100 gektardan ortiq ulkan hududda “Yangi O'zbekiston” bog'i hamda betakror Mustaqillik majmuasi jadal sur'atlar bilan bunyod etilmoqda. Nasib etsa, bu yil eng ulug', eng aziz bayramimizni mana shu yangi maydonda o'tkazamiz.
Hech shubhasiz, istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo'lida tarixiy ishlar amalga oshirildi, mard va olijanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etildi. Tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi – Asosiy qonunimiz ishlab chiqildi va qabul qilindi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egalladi. O'zbekistonda zamonaviy davlatchilik asoslari yaratilib, konstitutsiyaviy tuzumga asos solindi. Davlat hokimiyatining uchta mustaqil tarmog'i – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari qaror topdi. Tom ma'nodagi konstitutsiyaviy davlat barpo etildi.
O'zbekiston Respublikasining suvereniteti va davlat mustaqilligini, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti hamda milliy manfaatlarimizni ishonchli himoya qilishga qodir bo'lgan Qurolli Kuchlar tashkil etildi. Milliy valyutamiz – so'm joriy etildi va oltin-valyuta zaxiralarimiz shakllantirildi.
Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, o'zligimiz tiklandi.
Mana shunday unutilmas tarixiy jarayonlarda faol ishtirok etish nasib etganidan baxtiyorman.
Mustaqil taraqqiyot borasida erishgan ulkan yutuqlar bilan birga, yo'limiz ayrim xato va kamchiliklardan ham xoli bo'lmaganini ochiq aytish lozim. Mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan jarayonlar, murakkab va tahlikali davrning o'zi turli muammo va vazifalarni oldimizga ko'ndalang qo'ydi. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun bilim va tajribamiz, iroda va qat'iyatimiz ba'zan etsa, ba'zida etmagan holatlar ham bo'ldi.
Shu bois mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko'tarish, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish ob'ektiv zarurat, eng muhim strategik vazifaga aylandi.
Darvoqe, “yangi” degan so'zning biz uchun alohida ahamiyati bor. Masalan, eng ko'hna bayramlarimizdan biri Navro'z – Yangi kun deb atalishini esga olaylik. Ushbu qadimiy bayram bilan bog'liq qadriyat va an'analar hayotimizga shu qadar singib ketganki, xalqimiz asrlar davomida, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy aytganlaridek, “Har tuning qadr o'lubon, har kuning bo'lsin Navro'z!” degan ezgu tilaklar, pok niyatlar bilan yashab keladi.
Yoki o'tgan asrning boshlarida yurtparvar, millatparvar bobolarimiz “jadidchilik”, ya'ni, yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm-ma'rifat va milliy o'zlikni anglash g'oyalarini bayroq qilib, kurash maydoniga mardona chiqqanlarini barchamiz yaxshi bilamiz. Bu ulug' zotlarning maqsadi – jaholat va qoloqlik girdobida qolib kelayotgan Turkiston xalqini dunyoviy ilm-fan, ilg'or kasb-hunarlar bilan qurollantirib, umumbashariy rivojlanish yo'liga olib chiqishdan iborat edi. Jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usuldagi maktablar, teatr, kutubxona va muzeylar, gazeta va jurnallar, Turkiston farzandlarini chet ellarga o'qishga yuborish maqsadida tuzilgan xayriya jamiyatlari xalqimizni necha asrlik g'aflat uyqusidan uyg'otdi, milliy ozodlik harakati uchun beqiyos kuch berdi. Afsuski, yurtimizda bol`sheviklar diktaturasi o'rnatilgani, chor mustamlakachilik siyosati yangicha shaklda davom ettirilgani ma'rifatparvar bobolarimizga o'z maqsad-muddaolarini to'liq amalga oshirish imkonini bermadi. Lekin ularning ezgu orzu-niyatlari xalqimizning qon-qonida, tarixiy xotirasida saqlanib qoldi va hanuz yashamoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.
Shu ma'noda, bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi O'zbekiston” g'oyasi zamirida ana shunday ulug' ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg'onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo'lamiz.
Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi ma'naviy uyg'onish jarayonlari milliy o'zlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga ko'taradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” – uyg'onish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon.
Ma'lumki, bugungi O'zbekiston zamini qadimda ikki buyuk uyg'onish davriga – Birinchi (ma'rifiy – IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar – XIV-XV asrlar) Renessansga beshik bo'lgan. Bu – jahon ilm-fanida o'z isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg'onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi O'zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so'zlari hayotimizda o'zaro uyg'un va hamohang bo'lib yangramoqda, xalqimizni ulug' maqsadlar sari ruhlantirmoqda.
Bugungi kunda O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon men uchun islohotlarimizning eng katta natijasidir. Chunki, maqsadning aniqligi – harakatlar samarasini ta'minlaydigan eng muhim mezondir.
Agar biz bundan besh yil oldin qabul qilgan Harakatlar strategiyasining tub mazmun-mohiyatini muxtasar ifoda etadigan bo'lsak, ushbu noyob hujjatda o'z oldimizga Yangi O'zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk vazifalarni strategik maqsad qilib qo'ygan edik.
Ta'kidlash kerakki, Yangi O'zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan ob'ektiv zaruratdir.
Yangi O'zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va printsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlatdir.
O'tgan tarixan qisqa davrda islohotlar tufayli erishgan natijalarimiz haqida uzoq gapirmoqchi emasman. Bu mavzuda mamlakatimiz hamda chet el ommaviy axborot vositalari orqali nufuzli davlat va siyosat arboblari, ekspert va tahlilchilarning fikrlari muntazam e'lon qilib kelinmoqda.
Bunday xolis baholar barchamizni quvontiradi. Ayni vaqtda shuni ta'kidlashni istardimki, biz bu demokratik o'zgarishlarni kimlargadir yoqish, maqtanish, turli reytinglarga kirish uchun emas, aksincha, demokratik jarayonlar o'zimizga suv bilan havodek zarur bo'lgani uchun, xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini o'ylab, milliy manfaatlarimiz yo'lida amalga oshirmoqdamiz.

Biz – O'zbekiston fuqarolari jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi shiddat bilan o'zgarib, hayotimizda yangicha munosabatlar, yangi imkoniyat va qadriyatlar shakllanayotganini hammadan ham ko'proq his etmoqdamiz. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “so'z erkinligi”, “din va e'tiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko'nikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani e'tiborlidir.


Bir haqiqatni ochiq tan olishimiz lozim: vaqt o'tishi bilan islohot jarayonlari tobora kengayib bormoqda, shiddatli zamon oldimizga yanada ulkan vazifalarni qo'ymoqda. Hayotning o'zi bizni ko'p narsaga o'rgatmoqda. Shu sababli biz doimiy izlanishdamiz. Izlanish bor joyda yutuqlar bilan birga kamchilik va nuqsonlar ham bo'lishi tabiiydir.
eng asosiysi, “Harakatda – barakat” deganlaridek, biz eng qiyin bosqichdan o'tdik, ya'ni, yo'limizni aniq belgilab, katta ishlarni boshladik. endi hamma gap islohotlar yo'lini qat'iyat bilan davom ettirish va mantiqiy yakuniga etkazishda. Bu albatta oson emas, ammo biz bunga qodirmiz. Muhimi, keyingi yillarda bunday ulkan va murakkab vazifani amalga oshirish uchun etarli siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-institutsional zamin yaratildi.
Yangi o'zbekiston yoshlari kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori.

Yosh avlod kelajagi hamisha Oʻzbekiston davlat siyosatining markazida boʻlgan. Bugun ham yurtimizda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, yoshlarning kamoloti va tarbiyasiga ijobiy taʼsir qiluvchi shart-sharoit yaratish uchun barcha sohada keng koʻlamli islohotlar jadallik bilan olib borilmoqda.


Oʻzbekiston haqiqiy maʼnoda yoshlar mamlakati. Bu yurtda ulgʻayotgan yigʻit-qizlarning orzulari va oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari bisyor. Davlat rahbarining tashabbusi va qoʻllab-quvvatlashi esa ularga bu maqsadlarni amalga oshirishda koʻmak beradi. Prezident Shavkat Mirziyovning: “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim”, soʻzlari yoshlar uchun katta marralar sari yoʻl ochdi.
Yoshlarning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazish, ularni ajdodlarimizning boy merosi bilan tanishtirish, ona vatanga muhabbat va iftixor tuygʻularini qaror toptirish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻqituvchilari Qudratullo Abduraimov va Dilnoza Xudoyberganovalar boshchiligida Beshkapa mahallasi yoshlari Gʻalaba bogʻida joylashgan Shon-sharaf muzeyida boʻlishdi. Yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelingan. Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida ularning oʻrni beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab turishni talab etadi.
Yoshlar siyosati boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil eta turib davlat va yoshlarning uzviy bogʻliqligini koʻrishimiz mumkin. Har bir yoʻnalishda yoshlarning bandligini taʼminlash davom etmoqda. Yigit va qizlarning har tomonlama kamol topishlari, bilim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa ularning kelgusida vatan ravnaqiga hissa qoʻshuvchi avlod boʻlib yetishishlarida ahamiyatlidir.

Yurtboshimizning yoshlarimiz, farzandlarimizning yonib turgan ko‘zlari, g‘ayrat-shijoati, bilimga intilishi, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmayman, degan harakatini yorug‘ kelajagimizning, ezgu maqsadlarimizga erishishning asosiy omili va garovi sifatida ko‘ramiz, degan so‘zlari barcha tengdoshlarim qatori menga ham alohida mas’uliyat yuklaydi, – deydi Navro‘za. – Shu bois imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelgusida yanada ulkan yutuqlarga erishishga va bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman.


Bilimga chanqoq qiz 2012/2013 o‘quv yilida xorijiy tillar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Ilm-fanda erishgan yutuqlari, tashabbuskor va faolligi uchun 2013-yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. U ko‘plab xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda tarjimon sifatida ishtirok etib kelmoqda.
N.Yahyoyeva turli sohalarga oid tashkilotlar faoliyatida qo‘llaniladigan atamalarning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga kirishgan, «Xalqaro tashkilotlarning terminologiyasi va tarjimadagi muammolari» mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Xulosa
Bugungi kunda O'zbekiston yoshlariga berilayotgan turli sohadagi imkoniyatlarni sanab adog'iga yetib bo'lmaydi.


Prezidentimizning unib-o'sib kelayotgan yosh avlodga berayotgan cheksiz hurmat-ishonchiga munosib javob tariqasida bugun ular xalqaro reytingda yuqori o'rinlarni zabt etib turibdi,ularning ovozi xalqaro arenalarda baralla yangramoqda.
Men yoshlar bilan ishlaydigan bo'g'inning bir a'zosi sifatida shuni ishonch bilan ayta olamanki, Vatanimiz yoshlari bugun hech kimdan kam emas. Ularning orzu-istaklarini amalga oshirishi uchun sharoit, yengib bo'lmaydigan yoshlik kuchi, shijoati va orqasida suyanch bo'ladigan vatani-O'zbekiston bor!
O'tmish, bugungi kun, kelajak – ajdodlar, zamondoshlar, yoshlar. Zamonlar va avlodlar o'rtasidagi o'zaro rishtalarni aynan shunday ketma-ketlikda ifodalash mumkin. O'zbekiston qadimdan o'zining boy tarixi, ajdodlarimizning bebaho merosi bilan nom qozongan bo'lsa, bugungi yoshlar ana shu merosni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, yanada boyitish, fidokorona mehnati va intilishlari bilan barcha sohalarda yurtimiz kuch-qudratini yuksaltirish yo'lidan bormoqda va buyuk kelajagimiz poydevorini qurmoqda. Zero, Vatanimizning ertangi kuni aynan yoshlarga bog'liq.

Qo’llanilgan Adabiyotlar ro’yxati


http://fayllar.org
Download 29.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling