10- Sinf Fan: CHAQIRUVGA QADAR
BOSHLANG’ICH TAYYORGARLIK
Sana: 2021 yil 06 may
I BO‘LIM. HARBIY XIZMATNING HUQUQIY ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Saf Nizomi.
Dastlabki bajariluvchi komandalar. Safta turganda salomga javob berish.
Safta turish. Joyida turib burilish.
Darsning maqsadi:
A)Ta’limiy: Dastlabki bajariluvchi komandalar. Safta turganda salomga javob berish. Safta turish. Joyida turib burilish.
B)Tarbiyaviy: Fanni va maqsad va vazifalarini o’rgatish.
D)Rivojlantiruvchi: Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani haqida tushuncha berish.
1. FK1-Harbiy qonunchilik va harbiy tartibni bilish kompetensiyasi
Vatan himoyasi yo‘lida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglay oladi, burchini sidqidildan ado etadi;
2. FK2-Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi
zamonaviy jang turlari va ularning tavsifini biladi. Askarning majburiyati, uning jangdagi harakatlanish tartibi va usullarini biladi hamda ularga amal qila oladi;
3. FK3-Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi
harbiy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini bajara olish malakasini egallay oladi;
4. FK4-Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish kompetensiyasi
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish Davlat tizimlari haqidagi bilimga ega bo`ladi.
5. FK5-Vatanparvarlik va burchga sodiqlik kompitensiyasi
yurt manfaatlarining doimo ustuvor ekanligini tushunadi;
FK-fanga oid kompetensiyalar
FK1- Harbiy qonunchilik va harbiy tartibni bilish kompetensiyasi
FK2-Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |