10- sinf Fan: chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik sana: 2021 yil 06 may I bo‘lim. Harbiy xizmatning huquqiy asoslari
FK3-Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi FK4
Download 0.69 Mb.
|
очик дарс конспекти (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- Jami: 45 daqiqa Tashkiliy qism
- Yagona to ‘siqlar qatoridan o ‘tish
FK3-Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi
FK4-Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish kompetensiyasi FK5-Vatanparvarlik va burchga sodiqlik kompitensiyasi Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kompetensiyasi Milliy urf-odatlar, o‘zaro muloqot, oilada ota-ona o‘rni, farzand tarbiyasi va burch tushunchalariga ega bo‘lish kompetensiyasi Dars turi: Nazariy. Dars turi: Yangi bilim berish. Darsning jixozlari: CHQBT kitobi. Fanlar bilan bog’liqligi: Jismoniy tarbiya, tarix, huquq. Adabiyotlar: CHQBT 2017.
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfxona tozaligini ko`zdan kechirish, o’quvchilarni darsga tayyorlash va tekshirish. O’tilgan mavzuni mustaxkamlash: O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. O`tgan dars mavzusi o`quvchilar tomonidan bayon qilish. Yagona to‘siqlar qatoridan o‘tish Yagona to‘siqlar qatorida quyidagi mashq bajariladi: masofa 200 metr. Boshlang‘ich holat — to‘siqlar qatori oldidagi chiziqqa yotgan holat. «Olg‘a» komandasi berilganda: 1. Sakrab 20 metr yuguriladi va 2,5 metr kenglikdagi chuqurlikdan sakrab o‘tiladi. 2. Labirint yo‘laklardan yugurib o‘tiladi. 3. Xohlagan usulda 2 metrli devordan oshib o‘tiladi. 4. Vertikal narvon orqali buzilgan ko‘prikning ikkinchi qismiga chiqiladi. Balkadan yugurib borib, oxiridan yerga sakrab tushiladi. 5. Buzilgan pillapoyalarning uchinchi pog‘onasidan oshib o‘tiladi, lekin, albatta, oyoq yerga tegish sharti bilan to‘rtinchi pog‘onaning tagidan o‘tiladi. 6. Devorning derazasi orqali o‘tiladi. 7. Okop (xandaq)ga yugurib boriladi. Unga sakrab tushiladi va aloqa yo‘li orqali quduqqacha boriladi. 8. Yerdan granatani olib, devordagi derazalarning xohlagan biriga yoki devor ortidagi 2,5 metrli maydonchaga uloqtiriladi. Bunda 3 tagacha granata otishga ruxsat beriladi. Granatalarning og‘irligi 600 gr. 9. Quduqdan sakrab chiqib, devordan sakrab o‘tiladi. 10. Engashgan narvon orqali buzilgan pillapoyaning to‘rtinchi pog‘onasiga chiqiladi va pillapoya pog‘onalaridan yugurib tushiladi. 11. Vertikal narvon orqali buzilgan ko‘prikning balkasi ustiga chiqiladi. Undan yugurib borib, uzilgan joydan sakrab o‘tiladi va engashgan taxta orqali pastga yugurib tushiladi. 12. Ikki metrli kenglikdagi chuqurdan sakrab o‘tiladi, yo‘lakkacha o‘tib olib, to‘siqlar qatorining boshlanish chizig‘i kesib o‘tiladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling