10- sinf Fan: chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik sana: 2021 yil 06 may I bo‘lim. Harbiy xizmatning huquqiy asoslari


Download 0.69 Mb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1498028
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
очик дарс конспекти (2)

Yangi mavzu bayoni:


8.2. Dastlabki bajariluvchi komandalar. Safda turganda salomga javob berish. Safda turish. Joyida turib burilish.


«Saflan» yoki «Rostlan» komandalari berilganda, qad rostlab turiladi. Bunday komanda berilganda, to‘g‘ri turiladi, tovonlar bir joyga qo‘yiladi, oyoqlar uchi oldidagi chiziqqa to‘g‘rilanadi, ular bilan tovonlar kengligi bir xil bo‘ladi, tizzalar bukilmaydi, lekin zo‘riqtirilmaydi, ko‘krak keriladi, gavda biroz oldinga chiqadi, qorin ichiga tortiladi, yelkalar yoziladi, qo‘llar tushiriladi, unda kaftlar gavdaga qaratilib, yon tarafdan sonlarining o‘rtasida tutiladi, barmoqlar yarim bukilib, oyoqlarga tegib turadi, bosh, iyakni oldinga chiqarmasdan, baland va to‘g‘ri tutiladi, to‘g‘ri oldga qarab turiladi, darhol harakat qilishga tayyor turish kerak bo‘ladi (13-rasm).
Quyidagi hollarda komanda berilmagan taqdirda ham qad rostlab turiladi: buyruq berilgan va olingan, bildiruv berilgan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangragan, harbiy salom-alik qilingan, shuningdek, komanda berilgan vaqtda, «Erkin» komandasi berilganda o‘zini erkin qo‘yib, o‘ng yoki chap tizzasini xiyol bukib, joyidan qimirlamasdan, xotirani jam qilib va gaplashmasdan turiladi. «To‘g‘rilansin» komandasi berilganda, safdagi joyidan jilmasdan qurol, kiyim-kechak va anjomlar to‘g‘rilanadi, zarur hollarda safdan chiqiladi, ruxsat uchun bevosita boshliqqa murojaat qilinadi. «To‘g‘rilansin» komandasi oldidan «Erkin» komandasi beriladi.
Bosh kiyimni yechish uchun — «Bosh kiyimlar yechilsin», kiyinish uchun esa, «Bosh kiyimlar kiyilsin» komandasi beriladi. Zarur hollarda bir o‘zi bo‘lgan harbiy xizmatchi bosh kiyimini komandasiz yechib kiyadi. Safda turganda salomga javob berish Boshliq yoki unvoni yuqori komandirning «Salom, o‘rtoqlar» deganiga, barcha harbiy xizmatchilar safda yoki safda turmagan paytda «Assalom», deb javob salomini berishadi. Boshliq yoki unvoni yuqori komandir bilan xayrlashish paytda «Xayr, o‘rtoqlar» so‘ziga harbiy xizmatchilar «Xayr», deb javob qaytaradilar. Javob oxirida «o‘rtoq» va harbiy unvoni qo‘shib aytiladi. Masalan, «Assalom, o‘rtoq mayor», «Xayr, o‘rtoq general-mayor». Boshliqlar bilan salomlashishda harbiy xizmatchilar aniq, qattiq ovozda salomini aytishadi.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling