10. 1-mavzu: turizm korxonalarida strategik rejalashtirish. Ma’ruza mashg’uloti rejasi
Download 63.21 Kb. Pdf ko'rish
|
10.1-ma`ruza matni. Turizmni rejalashtirish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.1.3. Resurslarni taqsimlash, tashqi muhitga moslashish va ichki muvofiqlashuv faktorlarining ta’siri. 10.1.4.O’RTMT
1 10.1-MAVZU: TURIZM KORXONALARIDA STRATEGIK REJALASHTIRISH. MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI: 10.1.1. Strategik rejalashtirishning bozor iqtisodiyotidagi o’rni va roli. 10.1.2. Turistlik sohada marketing strategiyasidan foydalanish. 10.1.3. Resurslarni taqsimlash, tashqi muhitga moslashish va ichki muvofiqlashuv faktorlarining ta’siri. 10.1.4.O’RTMT: Turistlik xizmat bozor infrastrukturasi, turistlik mahsulotni ilgari surish dasturlarini ishlab chiqish. Tayanch so’z va iboralar:Missiya, maqsad tushunchasi, tashqi muhit, baholash, firmaning missiyasi, bozorga chiqish, missiya ideali, tijorat tashkilotlari, kuchsiz jihatlar, imkoniyatlar, xavflar. muhit faktorlari raqobatchilar muhiti, muhimlilik darajasi, korxona tahlili, davlat, mintaqa, tarmoq, korporatsiya, kontsern, xolding, assotsiatsiya, korxona, aktsionerlik jamiyati, biznes-rejalashtirish. 10.1.1.Strategik rejalashtirishning bozor iqtisodiyotidagi o’rni va roli Milliy iqtisodiyotni, shu jumladan, turizm sohasi faoliyatini rivojlashtirishni muvaffaqiyatli boshqarish, jamiyatda yuz beruvchi har xil jarayonlarni tartibga solish uchun barcha boshqaruv sub’ektlari o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini belgilab olishi kerak va maqsadga erishishni ta’minlaydigan ilmiy asoslangan tadbirlarni tayyorlashi zarur. Ushbu qo’yilgan muammolarni hal qilish strategik rejalashtirish jarayonida hal etiladi. 1991 yilga qadar iqtisodiyotda barcha sohalar rivojlanishini qat’iy ravishda belgilovchi umumdavlat rejalashtirish tizimi mavjud edi. Barcha darajada va tegishli vaqt bilan ifodalanadigan rejalar qonun kuchiga aylantirilgan bo’lib uning topshiriqlarini bajarmagan “aybdorlar” ma’muriy va iqtisodiy jihatdan jazolanar edi. Bozor munosabatlariga o’tgandan keyin vaziyat tubdan o’zgardi. Bozor munosabatlari sharoitida xo’jalik sub’ektlari faoliyatini ma’muriy, buyruqbozlik tizimi orqali rejalashtirish mutlaqo to’g’ri kelmaydi. Tijorat tashkilotlarining xo’jalik faoliyatilari faqat mamlakatdagi mavjud qonun va shartnoma shartlari bilan belgilanadi. Shuning uchun qonuniy ravishda quyidagi savollar vujudga keladi: bozor iqtisodiyoti bilan rejalashtirish jarayoni o’rtasida uyg’unlik bormi? Davlat o’z funktsiyalarini bajarishda va xo’jalik sub’ektlari faoliyatini tashkil qilishda bu jarayon qay darajada zarur? Rejalashtirish mohiyati o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, kishilar ongli tarzda harakatlarining maqsadini aniqlaydilar va resurslarga qarab ish tutadilar, bunda ular tashqi muhitning bevosita va bilvosita ta’sirini hisobga oladilar. Zamonaviy sivilizatsiya tajribasi shundan guvohlik beradiki, har bir mehnat jarayoniga xos bo’lgan rejalilik jamiyatning taraqqiy etishi, taqsimot darajasining oshishi va mehnat kooperatsiyasiga qarab rivojlana boradi. Shunday qilib boshqarish, demak, rejalashtirish ham moddiy boylik va xizmatlarni ishlab chiqarishni amalga oshirishda jamiyat va uning alohida tizimlari uchun ichki xususiyat hisoblanadi. Bozor xo’jaligida makroiqtisodiy rejalashtirishga bo’lgan ehtiyojni quyidagi ob’ektiv holatlarda ifodalash mumkin: 1. Erkin bozor mexanizmining milliy iqtisodiyot makroiqitisodiy barqarorligini ta’minlashda ishlab chiqarishning davriy o’zgaruvchanligini, yalpi daromadni, to’la bandlikni yengishdagi qobiliyatsizligi. 2. Iste’molning umumiy hajmida jamoa yoki umumiy iste’mol hissasining muntazam o’sishida tovar va ijtimoiy iste’molni oddiy bozor mexanizmi bilan emas, balki davlat boshqaruvi orqali yo’lga qo’yiladi. Bu holda bozor munosabatidan tashqari mexanizmlar orqali taqsimlanadigan davlat resurslari majmuining ulushi ham ortadi. 3. O’zaro aloqada bo’luvchi xo’jalik sub’ektlari va iqtisodiyotning yangi sohalarining paydo bo’lishi hamda integratsion jarayonlar natijasida ancha murakkab va o’ta muhim shakllarning yuzaga kelishi (masalan, turizm, servis sohalarining tarmoq sifatida paydo bo’lishi). 4. Zamonaviy global muammolarning chuqurlashuvi, moliyaviy iqtisodiy inqiroz, atrof-muhitning yomonlashuvi, tabiiy resurlarning kamayishi, oziq-ovqat muammolari kabi masalalar bozor munosabatlari emas, balki davlatning aralashuvi bilan hal bo’ladi. 5. Rejalashtirish sohasida faoliyatni kuchaytiruvchi favqulodda vaziyatlar (urush, iqtisodiy tangliklar, tabiiy ofatlar va uning oqibatlarini tugatish zaruriyati) yuzaga kelishi. Rejali boshqarishning markaziy vazifasi bo’lib, amaliy faoliyat maqsadi va unga erishish yo’lida mavjud resurslardan samarali foydalanish hisoblanadi. Rejalashtirish funktsiyasi quyidagilarni aniqlashni talab qiladi - qo’yilgan maqsadga erishish uchun qanday harakatlarni amalga oshirish kerak; - ushbu harakatlar qachon amalga oshirilishi kerak; - ular qanday ketma-ketlik asosida amalga oshirilishi kerak; - bu harakatlarni kim amalga oshirishi kerak; - qanday vositalar orqali; - qanday resurslar bilan; - qanday ko’rsatkich va samaradorlik bilan. Strategik rejalashtirish tizimning muhim qismi sifatida tashkiliy tizimlarni rivojlantirishning strategik maqsadiga erishishda strategiyani ishlab chiqish va buning uchun kerak bo’ladigan resurslarni taqsimlash jarayonidir. Strategik boshqaruv jarayonining rasmiy natijasi bo’lib strategik reja hisoblanadi. Strategik rejalashtirishning tarkibiy tuzilishi quyidagi 10.1-chizmada batafsil ifodalangan. 3 Download 63.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling