10-amaliy ish Konchilik korxonalarini tizimli axborotlashtirish jarayonini o‘rganish Ma’lumotlar va informatsiya


Download 15.09 Kb.
Sana22.09.2023
Hajmi15.09 Kb.
#1684269
Bog'liq
10-amaliy


10-amaliy ish
Konchilik korxonalarini tizimli axborotlashtirish jarayonini o‘rganish Ma’lumotlar va informatsiya.
Eng avvalo ajratib olish zarur, Ma’lumotlar nima? Informasiya nima?
Soha mutaxasislarining ta’kidlashlaricha [24,-b.15], (asos, dalil, alomat, belgi, axborot, xabar, fakt) informatsiyaning tashkil etuvchilari. Ma’lumotlar avtomatlashtirilgan geoaxborot tizim (GAT) tarkibida va undan tashqarida ham mavjud bo‘lishi munkin.
GAT tarkibida (muhitida) ma’lumotlar sifatida o‘lchash va kuzatish natijalari tushuniladi. Ularning uchta tashkil etuvchisi mavjud: ob‘yektni tasvirlovchi, ta’riflovchi yoki izohlovchi atributlari (belgilari), predmetning fazoviy o‘rnini belgilovchi geografik ma’lumotlar; vaqt va zamonni bildiruvchi axborotlar.
Shunday qilib, ma’lumotlar bu iformatsiyani shakllantiruvchi va uni keltirib chiqaruvchi “xomashyo”) bo‘ladi. Ular informatsiyaning atributlari (tashkil etuvchilari) hisoblanib, fakt, dalil va tushunchalarni aks etadi.Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlar bu inson ishtirokidagi avtomatik vositalar yordamida ishlab chiqish uchun yaraydigan (qo‘l keladigan) tarzga keltirilgan informatsiya.
Informatsiya- amaliy ma’lumotlar va ular orasidagi munosabatlar to‘g‘risidagi bilimlar majmui.
Informatika- insoniyat jamiyatning madaniy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatida topish, tanlash, saqlash, uzatish, o‘zgartirish va qo‘llash qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan.U inson tomonidan ishlab chiqarishda va ijtimoiy hayotida foydalaniladigan resurs turlaridan biri hisoblanadi. Inson bilimi, dunyoqarashi, taxmini va farazi faqatgina informatsiya orqali to‘ldirilishi, yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Informatsiya uch xil bo‘ladi: qo‘shimcha, (yordamchi), vizual (ko‘zga ko‘rinadigan) va aprior (nazariy, tajribada sinalmagan).
Barcha informattsiya birlamchi va ikkilamchi informatsiyalarga ajratiladi.
Birlamchi informatsiya bevosita o‘lchash, tasvirga olish va kuzatish natijasida olinadi. Masalan, havoning harorati, bosimi, namligi, ifloslanganligi to‘g‘risida olingan ma’lumotlar birlamchi informatsiya bo‘ladi. Qayta matematik ishlab chiqilgan informatsiya (suv balansi, isiqlik balansi) ikkilamchi hisoblanadi.
Informatsiya geodezik yoki kartografik usullarda aniq bir xudud, joy, landshaftga tirkalgan (bog‘langan) bo‘lishi kerak. Informatsiya to‘planish usuliga qarab nazariy va tajribaviy, nazorat yoki o‘lchash joyiga qarab, joyida o‘lchangan yoki hisoblab topilgan, qo‘llanilgan texnik vositaga qarab- asbob vositasida o‘lchangan, ko‘rib ko‘zatilgan, tavsifi bo‘yicha, miqdorga va sifatga tegishli bo‘ladi [37,-b.9-11].
Kuzatish usullarini quyidagicha farqlash qabul qilingan:

  1. Bevosita (kontakli), ya’ni, bu holatda tadqiqotchi bevosita kuzatuv va o‘lchash ishlarini olib boradi.

  2. Bilvosita (vositali)- masalan maxsus datchiklar yordamida fizik ma’lumotlarni olish.

  3. Distansion (kontaksiz)- aero, kosmik foto-tasvirlar, pozitsion o‘lchovlar.

Informatsiyaning keng qamrovligi, aniqligi va ishonchliligi nihoyatda muhim.
Ba’zi bir hollarda birlamchi ma’lumotlar ziddiyatli, ortiqcha bo‘ladi va shu sababli noto‘g‘ri xulosa chiqarishga olib keladi. Hosil bo‘lgan ziddiyatlarni yechish va tushuntirish murakkab va ko‘p hollarda yechimi yo‘q muammo bo‘lib qolishi mumkin.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalarni ba’zi bir muammolarni yechmini topish imkonini yaratdi. Unutmaslik kerakki, bu shunchaki bir vosita. Informatsiyadan malakasizlik yoki bilmaslik tufayli foydalanish jiddiy, ba’zanda tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga oib kelishi mumkin. Geografiya fani va uning alohida tarmoqlarining asosiy vazifasi mavjud to‘plangan informatsiyani tushunib yetib, turli masalalarni yechimini topishda foydalanish.
Xilma-xil tematik xarita, ma’lumotnomalar to‘plami va atlaslarni yaratish uchun informatsiyani to‘plash, orttirish, tasniflash zarur. Buning uchun zamonaviy informatsion tizimlarni tashkil etuvchi barcha kompyuterlar, informatsiyani kiritish va chiqarishni ta’minlovchi zamonaviy avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanish maqsadga muofiq bo‘ladi.[6.32.35].
Raqamli kartografiya, informatikaning usul va vositalarini, kompyuter grafikasi, distansion aerokosmik vositalar, global sputlikli (yo‘ldoshli) navigatsiya tizimlari-(GPS)ni rivojlanishi zamonaviy geografik ma’lumotlar tizimlarini yaratish imkonini beradi (1- rasm).





RK

DU

GAT M MBBT

KG






  1. rasm: GAT ni rivojlanishiga sabab bo‘lgan asosiy fan sohalari.

RK-raqamli kartografiya
DU-distatsion usullar
MBBT-ma’lumotlar ba’zasini boshqarish tizimi
KG-kompyuter grafikasi.
Download 15.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling