Mashg‘ulot rahbari avtonom nafas olish apparati tarkibiga kiruvchi qutqaruv moslamasidan foydalanish tartibini amaliy ko‘rsatib o‘tadi.
Talabalar navbat bilan qutqaruv moslamasini jabrlanuvchiga taqish mashqlariga jalb etiladi.
Talabalarlarga dastlab ammiakning fizik-kimyoviy xossalari, u bilan zaharlangan jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish tartibi tushuntirib o‘tiladi:
FIZIKAVIY XOSSASI:
- ruxsat etilgan me’yor (PDK) 20 mg/m3;
- xavflilik darajasi – 4;
- ta’sir qilish dozasi - 15 mg/l daqiqa;
- qaynash temperaturasi – minus 35,350S;
TASHQI BELGILARI: o‘tkir hidli, rangsiz, havodan engil gaz. Tez ta’sir qiluvchi, beqaror. Havoning bilan portlovchi aralashma hosil qiladi. Uning yonishi natijasida suv va erkin azot hosil bo‘lib, azot oksidlariga qadar oksidlanishi mumkin. Metan bilan reaksiyaga kirishishi natijasida sianid kislotasini hosil qiladi. Moddaning zaharlanish o‘chog‘idagi agregat holati-gaz yoki aerozol. Zararlangan bulut, atmosferaning yuqori qatlamlarida tarqaladi. Organizmga nafas yo‘llari orqali kiradi. Ammiakning organizmiga ta’siri-teri, ko‘z va yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatlari ta’sirlanishi va nekrotik kuyishlari, til va halqumning shishishi, laringo va bronxospazm tez sur’atda rivojlanib, bir necha soat o‘tgandan so‘ng esa, o‘pkaning toksik shishi yuzaga keladi.
ZAHARLANISH BELGILARI: Teri va shilliq qavatlarni qichishi, burundan suv oqishi, yo‘tal, bug‘ilish, yurak urishining tezlashishi, teri qizarishi va qichishi, ko‘z achishishi.
BIRINCHI YORDAM: Gazniqob kiydirish va zaharlanish hududidan olib chiqish. Namlangan kislorod va sirka kislotasi bug‘lari bilan nafas oldirish. Teri va shilliq qavatlarni suv va borat kislotasining 2% li eritmasi bilan yuvish. Ko‘zga albutsidning 30% li eritmasidan 2-3 tomchi, burunga iliq o‘simlik moyi tomizish.
Talabalar navbat bilan ammiak bilan zaharlangan jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatishga jalb etiladi.
Talabalar harakatlari kuzatib boriladi va qo‘pol xatoliklar o‘z vaqtida to‘g‘rilab boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |