10-amaliy mashg‘ulot. Oltin minerallari


Download 22.85 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi22.85 Kb.
#1444821
1   2   3
Bog'liq
Amaliy 3

Sof tug’ma oltin - Au
Oltin kimyoviy sof holda juda kam uchraydi. Aralashma sifatida ko’pincha kumush uchraydi (15% gacha). Tarkibidagi mis, palladiy va vismutning miqdoriga bog’liq ravishda oltinning quyidagi xillari ma'lum: misli oltin (kuproaurit) – mis miqdori 20% gacha bo’lishi mumkin, palladiyli (porpecit) - palladiy miqdori 5 dan 10% gacha, vismutli (bismutoaurit) - vismut miqdori 4% gacha. Singoniyasi kubik, simmetriya ko’rinishi geksaoktaedrik - 3L44L36L29PC. Fazoviy panjarasi: a0 = 4,0699. Oltin kvarts yoki ma'dan massasi orasida, ba'zan mikroskopda ham ajratish qiyin bo’lgan mayda notog’ri shaklli xol-xolli donalar holida, plastinkasimon tarzda uchraydi. Daryo vodiylaridagi sochilmalarda qirralari yedirilib silliqlangan bir necha grammdan to bir necha o’n kilogrammgacha bo’lgan sof oltin topilgan.
ho’zirgi paytgacha topilgan sof oltinning eng kattasi ≪Xolterman plitasi ≫ deb atalib, uning yondosh tog’ jinsi bilan birga og’irligi 260 kg, tarkibidagi sof oltin 93,3 kg ga teng bo'lib, 1872 yil Avstraliyaning Xill- End konidan topilgan. Sof oltinning eng katta bo’laklari ≪Yoqimli notanish ≫ (59,67 kg - 1857 yil) va ≪Kutilgan mehmon≫ (68,08 kg – 1869 yil) ham Avstraliyaning Viktoriya provintsiyasida topilgan. Oltin kristallari kam uchraydi, lekin kumush va mis kristallariga nisbatan ko'proq. Ular asosan oktaedrik va romboedrik qiyofaga ega bo’lib, ba'zan kub shaklida ham uchraydi. Sof oltinning rangi tilla-sariq (kumushga boy xillari och-sariq) bo’ladi. Chizig’i metallsimon sariq, yaltiroqiigi metalldek, qattiqligi 2,5-3,0. Oltin eziluvchan va cho’ziluvchandir. Ulanish tekisligi yo’q. Solishtirma
og'irligi 15,6-18,3 (sof oltinniki 19,3 gacha yetadi). U yuqori darajada issiqlik, elektr o’tkazish xususiyatiga ega. Sof oltinni aniqlash uchun uning tilla-sariq rangi, eziluvchanligi, solishtirma og'irligining yuqoriligi, qattiqligining pastligi va havoda o'zgarmasligi xarakterli belgi bo'lib hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,35; 2,03; 1,226. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida suyuqlanadi (suyuqlanish harorati 1062°C). Oltinning asosiy sanoatbop konlari gidrotermal jarayonlar (tub konlar) va sochilma konlar (ikkilamchi konlar) bilan bog’liq. Lekin oltin magmatik, cho’kindi va metamorfik jinslarda aralashma sifatida uchraydi. Asosan nordon jinslar bilan bog’liq bo'lgan gidrotermal konlarda oltin kvarts tomirlarida, har xil sulfidlar bilan birgalikda uchraydi. Mikroskopda tekshirishlarning ko’rsatishicha, oltin boshqa minerallarga nisbatan keyinroq yuzaga kelib, ko’pincha mineral orasidagi darzliklarda uchraydi. Ko’rinadigan oltindan tashqari juda mayda tarqoq holda sulfidlarda uchraydigan ≪bog’langan≫ oltin ham bo’ladi. Bunday oltin asosan pirit va arsenopiritda uchrab, faqat kimyoviy tahlillar orqali aniqlanadi (masalan: Ruminiyadagi Zlatna konidagi arsenopiritdagi oltin miqdori 0,07% yoki 700 g/t ni tashkil qiladi). Dunyodagi oltinning yirik gidrotermal konlaridan Rossiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerikaning g’arbiy shtatlari, Kanada konlarini ko’rsatish mumkin. Oltinning sochilma konlari esa Uralda, Sibirda, Avstraliyada, Amerikaning Kaliforniya shtatida, Janubiy Afrikada ma'lum. O’zbekistonda oltin juda qadim zamonlardan ma'lum bo’lib, u juda ko’p joylarda uchraydi. Chothol-Qurama tog’larida, Qizilqumda, G’arbiy va Janubiy O’zbekistondagi oltin juda ko’p olimlar tomonidan kuzatilib, to’liq ma'lumotlar berilgan. Oltin asosiy valyuta metallidir. U bezak ishlarida, zebu-ziynat buyumlari tayyorlashda, fizik va kimyoviy asboblar ishlab chiqarishda, meditsinada va boshqa sohalarda ishlatiladi.

Download 22.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling