Slayder (Slider Controls)
Slider - bu qiymat yoki qiymatlar oralig'ini tanlash uchun ishlatiladigan umumiy foydalanuvchi interfeysi elementi. Slayderni barmoq yoki sichqoncha
bilan sudrab olib, foydalanuvchi asta-sekin va aniq qiymatni sozlashi mumkin - masalan, ovoz balandligi, yorqinligi yoki xarid paytida kerakli narx oralig'i.
Stepper
Stepper - bu foydalanuvchilarga qiymatni moslashtirishga imkon beradigan boshqaruv elementlari hisoblanadi. Biroq, slayderlardan farqli o'laroq, ular foydalanuvchilarga faqat belgilangan diapazonlarda qiymatni oldindan o`rnatilgan qadam bilan o'zgartirishga imkon beradi.
Teg (Tag)
Foydalanuvchi interfeysi dizaynida teglar asosan tarkibni etiketlash va tasniflashga yordam beradigan yorliqlardir. Ular, odatda, tegishli tarkibni topish va ko'rishni osonlashtiradigan tegishli kalit so'zlardan iborat. Teglar ko'pincha ijtimoiy saytlarda va bloglarda ishlatiladi.
Tab Bar (Yorliqlar paneli)
Yorliqlar paneli mobil ilovaning pastki qismida paydo bo'ladi va foydalanuvchilarga ilovaning asosiy bo'limlari orasida tezkor harakatlanishiga imkon beradi.
Tooltip
Tooltip - foydalanuvchilarga interfeysdagi qism yoki jarayonni tushunishga yordam beradigan kichik maslahatlardir.
Toggle
Toggle - bu "Ha" yoki "Yo'q" ni tanlash imkoniyatini beruvchi element hisoblanadi.
Topshiriq: Yuqorida keltirilgan elementlarni qo`llagan holda interfeys dizaynini ishlab chiqing.
3. Hisobotning mazmuni
Sarlavha sahifasi
Ishning mavzusi va maqsadi
Topshiriqni bajarish
Nazorat savollariga javoblar
Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |