10. Biogaz olish usullari. Ovqat tayyorlash uchun mo‘ljallangan biogaz plitalar


-rasm. O‘zbekistonda energiya foizlarda


Download 57.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana02.06.2024
Hajmi57.72 Kb.
#1834869
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu

 
2.3-rasm. O‘zbekistonda energiya foizlarda 
1. Butun jahonda xomashyo va energiyadan foydalanish global muammo bo‘lib qolmoqda. Bu 
muammoni hal qilishning alternativ yo‘llaridan biri biomassa olish texnologiyasini aholi o‘rtasida, hamda 
sanoat darajasida yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Hozirgi kunda biomassa olish texnologiyasi yaxshi 
o‘rganilgan bo‘lib, bir qator xorij mamlakatlarida muvaffaqqiyatli qo‘llanilmoqda. 
2. Respublikamizda biomassa olish ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, hozirgi kunda bu sohadagi ishlar 
qoniqarli holatda emas (umumiy energiya hosil qilishdagi ulushi 1% dan kam). Shu sababli biomassa 
olish bo‘yicha xorij texnologiyasini o‘zlashtirish, chorvachilik fermer ho‘jaliklarida biomassa olish 
ishlarini rivojlantirish, mavjudlarini yanada kengaytirish lozim deb hisoblayman. 
3. Respublikamizda fermer xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida biomassadan foydalanib energiya olishni 
amalga oshirishda kichik quvvatli uskanalarni o‘rnatish samarali natija beradi. Bu yo‘nalishdagi ishlarni 
rivojlantirish uchun ichki sarmoyalardan yoki bank kreditlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak. 
Qo‘l bilan yuklanuvchi aralashtirgichsiz va reaktordagi mahsulotni qizdirmasdan biomassa olishning 
oddiy qurilmasi juda sodda bo‘lib, kam sonli qoramol va kam sonli parrandaga ega bo‘lgan har bir 
xonadon egasi bu qurilmani barpo etishi mumkin. Chunki bu biomassa texnologiya jihozlari juda sodda 
va arzon. Maydon jihatdan ham ko‘p joy egallamaydi, reaktor uchun ham jihozlari soni ham kam. 
Reaktor hajmi 200 – 500 l bo‘lishi mumkin. 50 – 200 l li hajmli biomassa qurilmasidan kuniga 1 – 10 m
3
gacha biomassa olish mumkin. Bu hajmdagi biomassa qurilmalari uchun ishchi soni talab qilmaydi. 
Xonadon egalarini o‘zi ham biomassa qurilmasidan bemalol foydalana olish bilan ham qulayliklarga ega. 
Biz 200 l
li reaktorda tajriba olib bordik. Buning uchun 220 l ga ega bo‘lgan reaktor, propan balloni 
(suvli zatvor), biomassa yig‘ib olish uchun avtomobil kamerasi, kamerani bosib turuvchi yuk (yuk o‘rnida 
betonli tosh, qum to‘ldirilgan qop) va gazni o‘kazuvchi vosita sifatida quvir va shlanglar kerak bo‘ladi. 
2.4 - jadvalda kichik biomassa olish qurilmasi uchun kerakli jihozlar ro‘yhati berilgan. 
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bu qurilmani qurish uchun juda kam mablag‘ talab etiladi. 
Qurilma ancha sodda murakkab asbob uskunalar yo‘qligi qurilmani yig‘ishda hech qanday qiyinchiliklar 
yo‘q. Bu qurilmani har bir xo‘jalik barpo etsa bo‘ladi. 
91% 
6,5% 1,5% 
1% 
O‘zbekistonda energiya balansi 
GAZ
NEFT
KO'MIR
GES

Download 57.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling