10. Bir kuni u suratga tushayotganda doʻstining orqasiga oʻtib olib, qoʻllarini keng yoygan ekan?
Download 34.95 Kb.
|
1.Mavzu: Aktyorlar 10. Bir kuni u suratga tushayotganda doʻstining orqasiga oʻtib olib, qoʻllarini keng yoygan ekan? J: Leonardo De Kaprio 20. Bir necha yil oldin bu odam Bagama orollaridan yer sotib oladi. Qizidan otasining kasbi haqida so'rashganda, u qaroqchi, deb javob bergan ekan? J: Jonni Dep 30. Bu aktyor birinchi marta "Masxarabozlar" filmida debyut qilgan ekan. Oʻzining mashhur rolini oʻrganishda "The Killing Joke" filmidagi epizodlarga tayangan? J: Xit Ledjer 40. 1967-yilda tugʻilgan Vinsent bolaligida juda faol va chaqqon bola boʻlgan ekan. D/s. U qanday nom bilan mashhur bo'ladi? J: Vin Dizel 50. 2018-yilning yozida Franchesko Totti Roma futbolkasini unga sovgʻa qilishi oʻziga xos ramziy maʼnoga egadek? J: Rassel Krou Izoh: "Gladiator" filmida rol oʻynagan aktyorga futbolkani "imperator" deb atalgan Franchesko Totti topshirgan. 2. Mavzu: The G.O.A.T 10. U oʻz qiziga Olimpia Lightning deb ism qoʻygani ramziy maʼnoda egadek? J: Useyn Bolt Izoh: Qizning ismi sprinterning Olimpiyadadagi gʻalabalariga ishora qiladi. Lightning esa "chaqmoq". 20. AQSh prezidenti Bill Klinton U haqida “U odamlarning ucha olishini isbotladi” degan edi? J: Maykl Jordan 30. U birinchi mashg'ulotlardayoq mangustning reaksiyasini, filning chidamliligini ko'rsatgan ekan? J: Muhammad Ali Izoh: Mashhur bokschini nafaqat kapalak va ari bilan solishtirishgan ekan. 40. Agar bu shaxs alohida davlat bo'lganida, Sidneyda 16-o'rinni, Pekinda esa 10-o'rinni egallagan bo'lardi. Internet yordamisiz uni yozib bering? J: Felps
Izoh: Inglizchada - pHELPs. 50. Seliya Mariya qo'shiqchi Richini juda yaxshi ko'rgan ekan. D/s. Seliyaning oʻgʻlini ismini yozib bering? J: Messi Izoh: Messining onasi qoʻshiqchi Lionel Richini yaxshi koʻrgani uchun oʻgʻliga uni ismini bergan. 3. Mavzu: Nafaqat serial nomlari 10. Arabchadagi "admiral" va hindchadagi "sinbad" soʻzlari shunday maʼnoni bildiradi? J: Dengiz hukmdori 20. Tixo Brage rasadxonani energiya bilan taʼminlash uchun UNI yasaydi va shu bilan birga aholini baliq bilan taʼminlaydi? J: Charxpalak 30. "Sport-ekspress" gazetasida Serena Uilyams va Dinara Safinaning “Australian Open” final bosqichidagi uchrashuviga bag‘ishlangan maqola "Ularning finali" deb nomlanar ekan? J: Opa-singillar Izoh: Dinara - Marat Safinning opasi. Serena - Vilnyus Uilyamsning singlisi. 40. Rus diplomati Fyodor Karpov oʻzi yashagan DAVRDA hayotda hamma narsani sotib olish mumkinligini yozgan. Karpov student boʻlganmi bilmadimu, lekin oʻz asriga shunday nom bergan ekan? J: Oltin davrim 50. "Yer tekis" filmi mualliflarining fikricha, bizning sayyoramiz unda joylashganligi uchun raketalar uchib ketolmay portlayveradi? J: Gumbaz ostida Izoh: Filmda aytilishicha, Yer gumbaz ostida bo'lib, raketalar va kemalar parvoz paytida qulab tushadi.
4. Mavzu: Matritsali -ART- 10. BU Jeyms Bondning eng sevimli mashinasi edi? J: Aston Martin 20. Amerika Qo'shma Shtatlarda 42 milliondan ortiq odam UNDAN aziyat chekadi, har olti kishidan biri kasallik natijasida nogiron bo'lib qoladi? J: Artrit 30. Lotin tilida "havo yo'li" deb ayting? J: Arteriya 40. Avstriyalik hujumchi Mattias Sindelar 36 yoshga to'lishi arafasida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Shuning uchun unga "futbol ALFASI" deb laqab qoʻyishadi.
J: Motsart Izoh: Motsart ham 35 yoshida vafot etadi, u Avstriyada ham yashagan, uning o'limi sabablari orasida zaharlanish versiyasi ham bor. 50. Sidney Olimpiadasi paytida Ekvatorial Gvineyalik suzuvchi U tufayli gʻolib chiqishga muvaffaq boʻladi? J: Falstart Izoh: Falstart paytida faqatgina Ekvatorial Gvineyadan kelgan suzuvchi o'rnidan turmagan va natijada yolg'iz oʻzi suzgan. 5. Mavzu: Yopiq 10. Ekspeditsiyachilar Avstraliyaning markaziy hududlari quruq boʻlganligi uchun otlar oʻrniga ulardan foydalanishar ekan? J: Tuya Mavzu: Tuya 20. "Fargʻona tong otguncha" asarida Hasan soʻfi suv faqat boylarnikiga oqishi, kambagʻallarga esa hech qachon oqmasligini soʻzlay turib BU IBORANI aytadi? J: Tuyaning dumi yerga tekkanda 30. Turkmanistonda tuyalarni hatto ularda ham koʻrish mumkin ekan. D/s. Ularni 2 soʻzda yozib bering? J: Yoʻl belgilari 40. Jeff Shmerker sayohati davomida tuyalar yashaydigan joyni koʻradi va bu joyning noming unga afsonaviy saroy nomini eslatadi? J: Kamelot 50. Aynan shunday tuyalar "Kama" deb atalar ekan? J: Tuya va lama chatishishidan tugʻilgan tuyalar 6. Mavzu: Tasviriy sanʼat 10. Sesk Fabregasning "Barselona"ga o'tishi OAV tomonidan XVII asrda yaratilgan BU asarga oʻxshatilgan ekan? J: Adashgan oʻgʻilning qaytishi Izoh: Fabregas Barselona tarbiyalanuvchisi. 20. BU KARTINANI yaratishda rassom quyoshda erib yotgan kamember pishlogʻidan ilhomlangan ekan? J: Xotira abadiyligi 30. Somerset Moyemning soʻzlariga koʻra, Angliyada toʻgʻri ovqatlanish uchun kuniga uch marta BU ISHNI qilish kerak.
J: Maysazor ustida 40. Bir hazil kollajda BU RASSOMNING kartinasidagi qizni politsiya xodimi shaxsini aniqlayotgani tasvirlangan? J: Kramskoy Izoh: Noʻmalum ayol 50. Maksim Gorbenkoning so'zlariga ko'ra, 1434-yilda U nikoh faktini qayd etgan o'ziga xos huquqiy hujjatning muallifi bo'ladi. D/s. Kim? J: Yan Van Eyk Izoh: Maksim Gorbenkoning so'zlariga ko'ra, "Arnolfini juftligi" nafaqat san'at asari, balki nikoh shartnomasining bir turidir. 7. Mavzu: Xato 10. 2009-yilda BU XONANDA oʻzining madori yoʻqligi va yuragi absolyutniy bardak ekanligini xalqqa kuylab chiqadi? J: Shohruh 20. 2018-yilgi Chempionlar ligasi finalidan soʻng oʻtkazilgan tibbiy koʻrik davomida Klopp UNING xatolari sababi miya chayqalishi ekanligini payqadi? J: Karius 30. Yaqinda Kiyevga tashrifi chog'ida Shveytsariya Prezidenti Didye Burkxalter BU davlat bayrog'i bilan kutib olinadi? J: Daniya Izoh: Protokol xizmati ikki davlat bayroqlarini aralashtirib yuboradi - ikkalasi ham oq xoch bilan qizil rangda. 40. 2014-yil boshida Nyu-York meri UNI haqiqiy Nyu-Yorkliklar kabi yemagani uchun qattiq tanqid ostiga olinadi. U bo‘laklarni qo‘llari bilan olish o‘rniga pichoq va sanchqidan foydalangan edi? J: Pitsa
50. Rossiyalik tennischi Teymuraz Gabashvili "Australian Open 2014" turniridagi bir geymda Fernando Verdaskoni geymda to‘pga hech qachon tegmay g‘alaba qozonadi. D/s. Qanday gʻalaba qozonganligini maksimal aniqlikda yozib bering? J: Verdasko ketma-ket to'rtta qo'sh xato qiladi. 8. Mavzu: Portugaliya 10. Krishtianu Ronaldu 1985-yil Portugaliyaning SHU orolida tavallud topgan? J: Madeyra 20. U "Barselona" tarixidagi birinchi xorijlik sardorga aylangandi, ammo Kataloniya klubining ba'zi muxlislari uni "Real"ga o'tganini haligacha kechira olishmayapti? J: Luish Figu 30. Sayohatdan qaytgach, U Azor orollarida to'xtaydi va u yerda hukumat uni qaroqchi deb hisoblagani uchun hibsga olinadi? J: Xristofor Kolumb 40. 1974-yil 25-aprelda Qurolli Kuchlar Harakati boshchiligidagi isyonchi qoʻshinlar hukumatni agʻdarishadi hamda davlatda SHUNDAY NOMLI inqilob boshlanadi? 50. BU Portugaliyaning milliy-musiqiy janri 2011-yil 27-noyabrda UNESCO nomoddiy madaniy meroslar roʻyxatiga kiritilgan? J: Fadu
9. Mavzu: Matritsali -BEN- 10. Fransiyalik ushbu futbolchini "El Gato" deb ham chaqirishar ekan? J: Benzema 20. 2012-yil sentyabr oyidan boshlab Yelizaveta II ning 60 yilligiga bagʻishlab bu obyekt oʻz nomini oʻzgartirgan ekan? J: Big Ben 30. U to'rtta davlat - Gollandiya, Angliya, Ispaniya va Germaniya chempionatlarida g'olib chiqqan? J: Robben 40. 1962-yilda BU KLUBNING murabbiyi Yevropa Chempionlar kubogini 2 karra yutganidan soʻng klubdan ketadi. Klubning gʻalaba qozonish istagiga javoban: "Boshqa hech qachon boʻlmaydi" degan ekan? J: Benfika 50. Moskva metrosining "Электрозаводская" stansiyasida Lomonosov, Pavel Yablochkov, Aleksandr Popov, Maykl Faradey, Uilyam Gilbert va UNING portretlari tushirilgan medalyonlar mavjud? J: Benjamin Franklin 10. Mavzu: Zanjir 10. USHBU bosh kiyimning nomi ispancha "soya" so'zidan kelib chiqqan? J: Sombrero 20. 1981-yilda tugʻilgan BU mashhur iordaniyalik karikaturistning sevimli jamoasi Milan. Bolaligidagi sevimli futbolchisi esa - Roberto Badjo? J: Omar Momani 30. Italyan tilida "qutiga soluvchi" deb ayting? J: Inkassator 40. Savol muallifi oʻrta maktabni tugatib, universitetga kirolmagan doʻstini U deb ataydi? J: Ronin
50. 1905-yilda nemis olimi A.Eingorn tomonidan mashhur dori-kokain asosida yaratilgan preparat shunday nomlanadi? J: Novokain 11. Mavzu: Matritsali -AKA- 10. Ukasi Rodrigo bolaligida "Rikardo" ismini talaffuz qila olmagan va uni SHUNDAY deb atagan ekan? J: Kaka 20. Sergey Makovetskiy o'ynagan bir film qahramoni ko'chada qurol topib oladi. D/s. Bu filmning nomi nima? J: Makarov 30. Avstraliya davlatining gerbida BU oʻsimlik tasvirlangan? J: Akatsiya 40. Desaguadero daryosi Poopo ko'lida tugaydi va uning parametrlaridan biri 3690. D/s. U qayerdan boshlanadi? J: Titikaka Izoh: Parametr dengiz sathidan balandlikdir. Titikaka uchun bu 3810. 50. Pandemiya davrida Saratovdagi muayyan bir mahsulotga bo'lgan talab ortib borayotganini qayd etgan holda, supermarketlar xaridorlarni o'z fikrlarini o'zgartirishga va X ni to'xtatishga chaqirdi. D/s. X ni toping? J: Makaronavirus Izoh: Supermarketlar makaronni zaruratdan ko'ra ko'proq sotib olishni boshlagan odamlarni qoraladi. 12. Mavzu: Orollar 10. Dunyodagi eng katta gul hisoblanmish Raffleziya Arnoldi shu oroldan topilgan? J: Sumatra 20. Savol muallifi sirkdan qochib ketgan ketgan zebra haqidagi xabarni oʻqib, bu orolni eslab oʻtadi? J: Madagaskar 30. "Mars hujumlari” nomli parodiya filmda marsliklar katta to'p bilan bouling o'ynashadi. D/s. Qaysi orolda? J: Pasxa 40. Bir filmda qahramon qiz xasta otasining kulgisini koʻrib, bu orolni eslab oʻtadi? J: Sardiniya Izoh: Sardoncha kulgi. Qadimgi Yunonistonda odamlarning o'lim paytida kulishlariga berilgan nom. 50. "Yura davri" filmida Doktor Grant haqiqiy dinozavrlarni birinchi bor Kosta Rikaning shu orolida koʻradi? J: Sorna
10. Yevropaliklar UNING jurnalidan birinchi bo'lib "kenguru" va "tabu" kabi so'zlarni o'rganishgan. J: Jeyms Kuk 20. 1775-yilda U Rossiya Fanlar Akademiyasidan taklif oldi - Rossiya hukumati UNGA ming funt sterling maosh va'da qilib, "uning didi va bilimiga mos keladigan kasbni" taklif qildi, lekin U bu taklifni rad etadi? J: Jeyms Uatt 30. U 1997 va 2009-yillarda yaratgan asarlari orqali har biri uchun 1 milliard dollardan ko'proq daromad olgan yagona shaxsdir? J: Jeyms Kemeron 40. U koʻpincha vatandoshi Karlos Valderramaning davomchisi deb hisoblangan? J: Jeyms Rodriges 50. U Shimol va Janub bo'linishidan oldin AQShning oxirgi prezidenti bo'lgan. Tarixchilar UNI AQSh tarixidagi prezidentlarning eng yomoni deb hisoblaydi? J: Jeyms Byukenen 14. Mavzu: Matritsali -AMB- 10. X-Men animatsion seriyasining ko'p epizodlarida BU kichik SUPERQAHRAMON jamoani qutqarish uchun o'zini qurbon qiladi? J: Gambit 20. Aytishlaricha, Disney U haqida multfilm suratga olish huquqini DreamWorksga berishga tayyor edi, ammo ular bu loyihani foydasiz deb hisoblashgan? J: Dambo Izoh: Oq filga ishora. 30. Dastlab, bu termin da'vogardan ham, javobgardan ham pul oladigan advokat yoki sudyaga nisbatan ishlatilgan ekan? J: Ambidekster 40. D/s. "Oldin" soʻzi fransuz va italyan tillarida qanday yangraydi? J: Preambula 50. "Madagaskar 3" animatsiyasida bu mehmonxona haqida gap boradi? J: Ambassador Download 34.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling