10. Bir kuni u suratga tushayotganda doʻstining orqasiga oʻtib olib, qoʻllarini keng yoygan ekan?


Download 34.95 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi34.95 Kb.
#1566198

1.Mavzu: Aktyorlar

10. Bir kuni u suratga tushayotganda doʻstining orqasiga oʻtib olib, qoʻllarini keng yoygan ekan?

J: Leonardo De Kaprio

20. Bir necha yil oldin bu odam Bagama orollaridan yer sotib oladi. Qizidan otasining kasbi haqida so'rashganda, u qaroqchi, deb javob bergan ekan?

J: Jonni Dep

30. Bu aktyor birinchi marta "Masxarabozlar" filmida debyut qilgan ekan. Oʻzining mashhur rolini oʻrganishda "The Killing Joke" filmidagi epizodlarga tayangan?

J: Xit Ledjer

40. 1967-yilda tugʻilgan Vinsent bolaligida juda faol va chaqqon bola boʻlgan ekan. D/s. U qanday nom bilan mashhur bo'ladi?

J: Vin Dizel

50. 2018-yilning yozida Franchesko Totti Roma futbolkasini unga sovgʻa qilishi oʻziga xos ramziy maʼnoga egadek?

J: Rassel Krou

Izoh: "Gladiator" filmida rol oʻynagan aktyorga futbolkani "imperator" deb atalgan Franchesko Totti topshirgan.


2. Mavzu: The G.O.A.T

10. U oʻz qiziga Olimpia Lightning deb ism qoʻygani ramziy maʼnoda egadek?

J: Useyn Bolt

Izoh: Qizning ismi sprinterning Olimpiyadadagi gʻalabalariga ishora qiladi. Lightning esa "chaqmoq".

20. AQSh prezidenti Bill Klinton U haqida “U odamlarning ucha olishini isbotladi” degan edi?

J: Maykl Jordan

30. U birinchi mashg'ulotlardayoq mangustning reaksiyasini, filning chidamliligini ko'rsatgan ekan?

J: Muhammad Ali

Izoh: Mashhur bokschini nafaqat kapalak va ari bilan solishtirishgan ekan.

40. Agar bu shaxs alohida davlat bo'lganida, Sidneyda 16-o'rinni, Pekinda esa 10-o'rinni egallagan bo'lardi. Internet yordamisiz uni yozib bering?

J: Felps


Izoh: Inglizchada - pHELPs.

50. Seliya Mariya qo'shiqchi Richini juda yaxshi ko'rgan ekan. D/s. Seliyaning oʻgʻlini ismini yozib bering?

J: Messi

Izoh: Messining onasi qoʻshiqchi Lionel Richini yaxshi koʻrgani uchun oʻgʻliga uni ismini bergan.

3. Mavzu: Nafaqat serial nomlari

10. Arabchadagi "admiral" va hindchadagi "sinbad" soʻzlari shunday maʼnoni bildiradi?

J: Dengiz hukmdori

20. Tixo Brage rasadxonani energiya bilan taʼminlash uchun UNI yasaydi va shu bilan birga aholini baliq bilan taʼminlaydi?

J: Charxpalak

30. "Sport-ekspress" gazetasida Serena Uilyams va Dinara Safinaning “Australian Open” final bosqichidagi uchrashuviga bag‘ishlangan maqola "Ularning finali" deb nomlanar ekan?

J: Opa-singillar

Izoh: Dinara - Marat Safinning opasi. Serena - Vilnyus Uilyamsning singlisi.

40. Rus diplomati Fyodor Karpov oʻzi yashagan DAVRDA hayotda hamma narsani sotib olish mumkinligini yozgan. Karpov student boʻlganmi bilmadimu, lekin oʻz asriga shunday nom bergan ekan?

J: Oltin davrim

50. "Yer tekis" filmi mualliflarining fikricha, bizning sayyoramiz unda joylashganligi uchun raketalar uchib ketolmay portlayveradi?

J: Gumbaz ostida

Izoh: Filmda aytilishicha, Yer gumbaz ostida bo'lib, raketalar va kemalar parvoz paytida qulab tushadi.

4. Mavzu: Matritsali -ART-

10. BU Jeyms Bondning eng sevimli mashinasi edi?

J: Aston Martin

20. Amerika Qo'shma Shtatlarda 42 milliondan ortiq odam UNDAN aziyat chekadi, har olti kishidan biri kasallik natijasida nogiron bo'lib qoladi?

J: Artrit

30. Lotin tilida "havo yo'li" deb ayting?

J: Arteriya

40. Avstriyalik hujumchi Mattias Sindelar 36 yoshga to'lishi arafasida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Shuning uchun unga "futbol ALFASI" deb laqab qoʻyishadi.
D/s. ALFA oʻrnidagi ismni yozib bering?

J: Motsart

Izoh: Motsart ham 35 yoshida vafot etadi, u Avstriyada ham yashagan, uning o'limi sabablari orasida zaharlanish versiyasi ham bor.

50. Sidney Olimpiadasi paytida Ekvatorial Gvineyalik suzuvchi U tufayli gʻolib chiqishga muvaffaq boʻladi?

J: Falstart

Izoh: Falstart paytida faqatgina Ekvatorial Gvineyadan kelgan suzuvchi o'rnidan turmagan va natijada yolg'iz oʻzi suzgan.

5. Mavzu: Yopiq

10. Ekspeditsiyachilar Avstraliyaning markaziy hududlari quruq boʻlganligi uchun otlar oʻrniga ulardan foydalanishar ekan?

J: Tuya

Mavzu: Tuya

20. "Fargʻona tong otguncha" asarida Hasan soʻfi suv faqat boylarnikiga oqishi, kambagʻallarga esa hech qachon oqmasligini soʻzlay turib BU IBORANI aytadi?

J: Tuyaning dumi yerga tekkanda

30. Turkmanistonda tuyalarni hatto ularda ham koʻrish mumkin ekan. D/s. Ularni 2 soʻzda yozib bering?

J: Yoʻl belgilari

40. Jeff Shmerker sayohati davomida tuyalar yashaydigan joyni koʻradi va bu joyning noming unga afsonaviy saroy nomini eslatadi?

J: Kamelot

50. Aynan shunday tuyalar "Kama" deb atalar ekan?

J: Tuya va lama chatishishidan tugʻilgan tuyalar

6. Mavzu: Tasviriy sanʼat

10. Sesk Fabregasning "Barselona"ga o'tishi OAV tomonidan XVII asrda yaratilgan BU asarga oʻxshatilgan ekan?

J: Adashgan oʻgʻilning qaytishi

Izoh: Fabregas Barselona tarbiyalanuvchisi.

20. BU KARTINANI yaratishda rassom quyoshda erib yotgan kamember pishlogʻidan ilhomlangan ekan?

J: Xotira abadiyligi

30. Somerset Moyemning soʻzlariga koʻra, Angliyada toʻgʻri ovqatlanish uchun kuniga uch marta BU ISHNI qilish kerak.
D/s. 1863-yilgi asarda qahramonlar BU ISHNI qayerda qiladilar?

J: Maysazor ustida

40. Bir hazil kollajda BU RASSOMNING kartinasidagi qizni politsiya xodimi shaxsini aniqlayotgani tasvirlangan?

J: Kramskoy

Izoh: Noʻmalum ayol

50. Maksim Gorbenkoning so'zlariga ko'ra, 1434-yilda U nikoh faktini qayd etgan o'ziga xos huquqiy hujjatning muallifi bo'ladi. D/s. Kim?

J: Yan Van Eyk

Izoh: Maksim Gorbenkoning so'zlariga ko'ra, "Arnolfini juftligi" nafaqat san'at asari, balki nikoh shartnomasining bir turidir.

7. Mavzu: Xato

10. 2009-yilda BU XONANDA oʻzining madori yoʻqligi va yuragi absolyutniy bardak ekanligini xalqqa kuylab chiqadi?

J: Shohruh

20. 2018-yilgi Chempionlar ligasi finalidan soʻng oʻtkazilgan tibbiy koʻrik davomida Klopp UNING xatolari sababi miya chayqalishi ekanligini payqadi?

J: Karius

30. Yaqinda Kiyevga tashrifi chog'ida Shveytsariya Prezidenti Didye Burkxalter BU davlat bayrog'i bilan kutib olinadi?

J: Daniya

Izoh: Protokol xizmati ikki davlat bayroqlarini aralashtirib yuboradi - ikkalasi ham oq xoch bilan qizil rangda.‌‌

40. 2014-yil boshida Nyu-York meri UNI haqiqiy Nyu-Yorkliklar kabi yemagani uchun qattiq tanqid ostiga olinadi. U bo‘laklarni qo‘llari bilan olish o‘rniga pichoq va sanchqidan foydalangan edi?

J: Pitsa


50. Rossiyalik tennischi Teymuraz Gabashvili "Australian Open 2014" turniridagi bir geymda Fernando Verdaskoni geymda to‘pga hech qachon tegmay g‘alaba qozonadi. D/s. Qanday gʻalaba qozonganligini maksimal aniqlikda yozib bering?

J: Verdasko ketma-ket to'rtta qo'sh xato qiladi.


8. Mavzu: Portugaliya

10. Krishtianu Ronaldu 1985-yil Portugaliyaning SHU orolida tavallud topgan?

J: Madeyra

20. U "Barselona" tarixidagi birinchi xorijlik sardorga aylangandi, ammo Kataloniya klubining ba'zi muxlislari uni "Real"ga o'tganini haligacha kechira olishmayapti?

J: Luish Figu

30. Sayohatdan qaytgach, U Azor orollarida to'xtaydi va u yerda hukumat uni qaroqchi deb hisoblagani uchun hibsga olinadi?

J: Xristofor Kolumb

40. 1974-yil 25-aprelda Qurolli Kuchlar Harakati boshchiligidagi isyonchi qoʻshinlar hukumatni agʻdarishadi hamda davlatda SHUNDAY NOMLI inqilob boshlanadi?

J: Chinnigullar inqilobi

50. BU Portugaliyaning milliy-musiqiy janri 2011-yil 27-noyabrda UNESCO nomoddiy madaniy meroslar roʻyxatiga kiritilgan?

J: Fadu


9. Mavzu: Matritsali -BEN-

10. Fransiyalik ushbu futbolchini "El Gato" deb ham chaqirishar ekan?

J: Benzema

20. 2012-yil sentyabr oyidan boshlab Yelizaveta II ning 60 yilligiga bagʻishlab bu obyekt oʻz nomini oʻzgartirgan ekan?

J: Big Ben

30. U to'rtta davlat - Gollandiya, Angliya, Ispaniya va Germaniya chempionatlarida g'olib chiqqan?

J: Robben

40. 1962-yilda BU KLUBNING murabbiyi Yevropa Chempionlar kubogini 2 karra yutganidan soʻng klubdan ketadi. Klubning gʻalaba qozonish istagiga javoban: "Boshqa hech qachon boʻlmaydi" degan ekan?

J: Benfika

50. Moskva metrosining "Электрозаводская" stansiyasida Lomonosov, Pavel Yablochkov, Aleksandr Popov, Maykl Faradey, Uilyam Gilbert va UNING portretlari tushirilgan medalyonlar mavjud?

J: Benjamin Franklin

10. Mavzu: Zanjir

10. USHBU bosh kiyimning nomi ispancha "soya" so'zidan kelib chiqqan?

J: Sombrero

20. 1981-yilda tugʻilgan BU mashhur iordaniyalik karikaturistning sevimli jamoasi Milan. Bolaligidagi sevimli futbolchisi esa - Roberto Badjo?

J: Omar Momani

30. Italyan tilida "qutiga soluvchi" deb ayting?

J: Inkassator

40. Savol muallifi oʻrta maktabni tugatib, universitetga kirolmagan doʻstini U deb ataydi?

J: Ronin


50. 1905-yilda nemis olimi A.Eingorn tomonidan mashhur dori-kokain asosida yaratilgan preparat shunday nomlanadi?

J: Novokain

11. Mavzu: Matritsali -AKA-

10. Ukasi Rodrigo bolaligida "Rikardo" ismini talaffuz qila olmagan va uni SHUNDAY deb atagan ekan?

J: Kaka

20. Sergey Makovetskiy o'ynagan bir film qahramoni ko'chada qurol topib oladi.


D/s. Bu filmning nomi nima?

J: Makarov

30. Avstraliya davlatining gerbida BU oʻsimlik tasvirlangan?

J: Akatsiya

40. Desaguadero daryosi Poopo ko'lida tugaydi va uning parametrlaridan biri 3690. D/s. U qayerdan boshlanadi?

J: Titikaka

Izoh: Parametr dengiz sathidan balandlikdir. Titikaka uchun bu 3810.

50. Pandemiya davrida Saratovdagi muayyan bir mahsulotga bo'lgan talab ortib borayotganini qayd etgan holda, supermarketlar xaridorlarni o'z fikrlarini o'zgartirishga va X ni to'xtatishga chaqirdi. D/s. X ni toping?

J: Makaronavirus

Izoh: Supermarketlar makaronni zaruratdan ko'ra ko'proq sotib olishni boshlagan odamlarni qoraladi.

12. Mavzu: Orollar

10. Dunyodagi eng katta gul hisoblanmish Raffleziya Arnoldi shu oroldan topilgan?

J: Sumatra

20. Savol muallifi sirkdan qochib ketgan ketgan zebra haqidagi xabarni oʻqib, bu orolni eslab oʻtadi?

J: Madagaskar

30. "Mars hujumlari” nomli parodiya filmda marsliklar katta to'p bilan bouling o'ynashadi. D/s. Qaysi orolda?

J: Pasxa

40. Bir filmda qahramon qiz xasta otasining kulgisini koʻrib, bu orolni eslab oʻtadi?

J: Sardiniya

Izoh: Sardoncha kulgi. Qadimgi Yunonistonda odamlarning o'lim paytida kulishlariga berilgan nom.

50. "Yura davri" filmida Doktor Grant haqiqiy dinozavrlarni birinchi bor Kosta Rikaning shu orolida koʻradi?

J: Sorna
13. Mavzu: Jeymslar

10. Yevropaliklar UNING jurnalidan birinchi bo'lib "kenguru" va "tabu" kabi so'zlarni o'rganishgan.‌‌

J: Jeyms Kuk

20. 1775-yilda U Rossiya Fanlar Akademiyasidan taklif oldi - Rossiya hukumati UNGA ming funt sterling maosh va'da qilib, "uning didi va bilimiga mos keladigan kasbni" taklif qildi, lekin U bu taklifni rad etadi?

J: Jeyms Uatt

30. U 1997 va 2009-yillarda yaratgan asarlari orqali har biri uchun 1 milliard dollardan ko'proq daromad olgan yagona shaxsdir?

J: Jeyms Kemeron

40. U koʻpincha vatandoshi Karlos Valderramaning davomchisi deb hisoblangan?

J: Jeyms Rodriges

50. U Shimol va Janub bo'linishidan oldin AQShning oxirgi prezidenti bo'lgan. Tarixchilar UNI AQSh tarixidagi prezidentlarning eng yomoni deb hisoblaydi?

J: Jeyms Byukenen

14. Mavzu: Matritsali -AMB-

10. X-Men animatsion seriyasining ko'p epizodlarida BU kichik SUPERQAHRAMON jamoani qutqarish uchun o'zini qurbon qiladi?

J: Gambit

20. Aytishlaricha, Disney U haqida multfilm suratga olish huquqini DreamWorksga berishga tayyor edi, ammo ular bu loyihani foydasiz deb hisoblashgan?

J: Dambo

Izoh: Oq filga ishora.

30. Dastlab, bu termin da'vogardan ham, javobgardan ham pul oladigan advokat yoki sudyaga nisbatan ishlatilgan ekan?

J: Ambidekster

40. D/s. "Oldin" soʻzi fransuz va italyan tillarida qanday yangraydi?

J: Preambula



50. "Madagaskar 3" animatsiyasida bu mehmonxona haqida gap boradi?

J: Ambassador
Download 34.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling