10-dars Sana: 9-sinf Mavzu: Ideal gaz holatining tenglamalari
Download 43.47 Kb.
|
9-синф физика 2
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Darsda foydalaniladigan slayd, kodoskop, tarqatma materiallar, elektron darslik tayyorlab qo'yiladi. Uy vazifalarini tekshirish. O'quvchilarga quyidagi «Blits savollar» berilib, savol-javob o'ikaziladi: Shtem tajribasini tushuntiring. Shtem tajribasida kumush atomlarining o‘rtacha tezligi qanday aniqlangan? Molekulalaming o‘rtacha kvadratik tezligini hisoblash formulasini keltirib chiqaring. 4. Tajribadan qanday xulosa chiqardingiz? 5.Asosiyformulalarni yozingvatushuntiring. 3.Yangi mavzuning bayoni. O'qituvchi ideal gaz holat tenglamasini keltirib chiqaradi. N ta molekulasi bo’lgan ideal gaz holat tenglamasi: pV= m massali ideal gaz holat tenglamasi: pV = RT, 1 mol ideal gaz holat tenglamasi: pV = RT. Bu tenglamalarning barchasi ideal gaz holat tenglamasi ekanligi aytiladi va har birining fizik mohiyati tushuntiriladi. 1 mol ideal gaz holat tenglamasidan gazlarning universal doimiy formulasi keltirib chiqariladi va qiymati qanday topilganligi tushuntiriladi. Klapeyron tenglamasini quyidagi ko'rinishga keltirish mumkinligi tushuntiriladi: у pV/T = const. Bu parametrlardan bittasi o'zgarmas bo'lganda, qolganlari orasidagi bog'lanish, ya'ni izojarayonlar ko'rib chiqiladi: T- const; PV= const, 1662-yil, Boyl-Mariott qonuni. P= const; V/T= const, 1802-yil, Gey-Lyussak qonuni. V= const; P/T= const, 1787-yil, Sharl qonuni. 4.Yangi mavzuni mustahkamlash. O'tilgan mavzu yuzasidan quyidagi savollar asosida savol-javob o'tkaziladi: Ideal gaz holat tenglamasi qanday ifodalanadi? Ularning 3 xil ko'rinishini yozib bering. Universal gaz doimiysi nimani ifodalaydi? Izojarayon deb nimaga aytiladi? Izojarayonlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Mavzuga oid quyidagi masala birgalikda yechiladi: Masala. Porshenli silindr ostidagi 1 l hajmli gaz izobar ravishda 273°C dan 0°C gacha sovitildi. Gaz sovitilganda qanday hajmni egallaydi? Berilgan: p = const; V1 = 1 l. T1 = 273°C + 273 = 546 K; T2 = 273°C + 273 = 546 K. Topish kerak: V2 -?T Formulasi: V1/T1=V2/T2=V1T2/T1 Yechilishi: V2 = 1· 273/546 l = 0,5 l. Javob: V2 = 0,5 l. 8- mashqning 2-masalasi ham o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi. Download 43.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling