10-dars Sana: 9-sinf Mavzu: Ideal gaz holatining tenglamalari


Download 43.47 Kb.
bet1/7
Sana04.04.2023
Hajmi43.47 Kb.
#1323662
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-синф физика 2


10-dars Sana:_________ 9-sinf


Mavzu: Ideal gaz holatining tenglamalari.


Darsning maqsadi.
Ta’limiy:o‘quvchilarga gaz holatiga doir kattaliklar bilan tanishtirish, ular orasidagi bog'lanish, izojarayonlar haqida ma'lumotlar berish, ularni texnikada qo'llashni tushuntirib berish va unga oid masalalar yechishni o'rgatish. (TK1,TK2,TK6,FK1,FK3)
Tarbiyaviy: O’quvchilarga estetik tarbiya berish bilan birga darsda o’zaro hurmat ruhida bo‘lishliklikni tarbiyalash.(TK4,FK2)..
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning tasavvur ko’lamini va fikrlash qobiliyatini oshirish, jadvalli qo’llanmalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish va ulardan samarali foydalana olishni, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganishni, bilimlarini amaliyotda qo’llashni shakllantirish.(TK1,TK2,TK3,FK3)
Dars turi: Yangi bilimlarni o’rganish
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Blits savollar» interfaol metodi.
Tayanch so'zlar: ideal gazning holat tenglamasi, izojarayonlar, izotermik jarayon, Boyl-Mariott qonuni, izobarik jarayon, Gey-Lyussak qonuni, izoxorik jarayon, Sharl qonuni.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: slayd, kodoskop, tarqatma materiallar, elektron darslik.


Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism (3 minut).
2.O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash(4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)


Darsning borishi:

      1. Tashkiliy qism. Darsda foydalaniladigan slayd, kodoskop, tarqatma materiallar, elektron darslik tayyorlab qo'yiladi.

      2. Uy vazifalarini tekshirish. O'quvchilarga quyidagi «Blits savollar» berilib, savol-javob o'ikaziladi:

  1. Shtem tajribasini tushuntiring.

  2. Shtem tajribasida kumush atomlarining o‘rtacha tezligi qanday aniqlangan?

  3. Molekulalaming o‘rtacha kvadratik tezligini hisoblash formulasini keltirib chiqaring.

4. Tajribadan qanday xulosa chiqardingiz?
5.Asosiyformulalarni yozingvatushuntiring.
3.Yangi mavzuning bayoni.
O'qituvchi ideal gaz holat tenglamasini keltirib chiqaradi.
N ta molekulasi bo’lgan ideal gaz holat tenglamasi: pV=
m massali ideal gaz holat tenglamasi: pV = RT,
1 mol ideal gaz holat tenglamasi: pV = RT.
Bu tenglamalarning barchasi ideal gaz holat tenglamasi ekanligi aytiladi va har birining fizik mohiyati tushuntiriladi.
1 mol ideal gaz holat tenglamasidan gazlarning universal doimiy formulasi
keltirib chiqariladi va qiymati qanday topilganligi tushuntiriladi.
Klapeyron tenglamasini quyidagi ko'rinishga keltirish mumkinligi tushuntiriladi: у
pV/T = const.
Bu parametrlardan bittasi o'zgarmas bo'lganda, qolganlari orasidagi bog'lanish, ya'ni izojarayonlar ko'rib chiqiladi:

  1. T- const; PV= const, 1662-yil, Boyl-Mariott qonuni.

  2. P= const; V/T= const, 1802-yil, Gey-Lyussak qonuni.

  3. V= const; P/T= const, 1787-yil, Sharl qonuni.



4.Yangi mavzuni mustahkamlash.
O'tilgan mavzu yuzasidan quyidagi savollar asosida savol-javob o'tkaziladi:

      1. Ideal gaz holat tenglamasi qanday ifodalanadi? Ularning 3 xil ko'rinishini yozib bering.

      2. Universal gaz doimiysi nimani ifodalaydi?

      3. Izojarayon deb nimaga aytiladi?

      4. Izojarayonlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Mavzuga oid quyidagi masala birgalikda yechiladi:

Masala. Porshenli silindr ostidagi 1 l hajmli gaz izobar ravishda 273°C dan 0°C gacha sovitildi. Gaz sovitilganda qanday hajmni egallaydi?
Berilgan: p = const; V1 = 1 l. T1 = 273°C + 273 = 546 K;
T2 = 273°C + 273 = 546 K.
Topish kerak: V2 -?T
Formulasi: V1/T1=V2/T2=V1T2/T1
Yechilishi: V2 = 1· 273/546 l = 0,5 l.
Javob: V2 = 0,5 l.
8- mashqning 2-masalasi ham o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi.

Download 43.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling