10. Ishlab chiqarish xarajatlari reja
JADVAL Ishlab chiqarish funksiyasi va umumiy xarajat: Karolinaning pishiriq zavodi
Download 398.31 Kb.
|
10 mavzu Ishlab chiqarish xarajatlari
JADVAL
Ishlab chiqarish funksiyasi va umumiy xarajat: Karolinaning pishiriq zavodi Birinchi bobda yoritilgan iqtisodiyotning o’nta tamoyillaridan biri bu oqil odamlar cheklilik haqida o`ylaydilar. Keyingi boblarda guvohi bo’lganimizdek, bu tamoyil firmaning qancha ishchi yollashi va qancha mahsulot ishlab chiqarishi borasida qabul qiladigan qarorlarini tushinishga asos bo’la oladi. Yanada yaxshiroq tushinish maqsadida jadvalning uchinchi ustunida bitta ishchining chekli mahsuloti ko’rsatilgan. Ishlab chiqarish jarayonidagi har qanday xarajatning chekli mahsuloti - bir qo’shimcha xarajat birligidan erishilgan ishlab chiqarish hajmining miqdoran ortishidir. Ishchilar sonini bittadan ikkitaga oshirilsa, pishiriq ishlab chirarish 50 tadan 90 taga ortadi va ortgan 40 ta pishiriq chekli mahsulot hisoblanadi. Agarda ishchilarni yana bittaga oshirsak, pishiriq ishlab chiqarish 90 tadan 120 taga ortadi va 30 ta pishiriq chekli mahsulot bo’ladi. Jadvalda chekli mahsulot ikki qator orasida aks ettirilgan, chunki ishchilar soni bir pog’onadan boshqasiga o’zgarsa, ishlab chiqarish hajmi ham o’zgaradi. RASM Mahsulot miqdori Ishlab chiqarish funksiyasi Yollanma ishchilar soni Umumiy xarajat (a) Ishlab chiqarish funksiyasi (b) Umumiy xarajat egri chizig’i Umumiy xarajat egri chizig’i Mahsulot miqdori (a) chizmadagi ishlab chiqarish funksiyasi yollangan ishchilar miqdori va ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o`rtasidagi bog’liqlikni ko`rsatadi. Bu yerda yollangan ishchilar miqdori (gorizontal kesimda) birinchi jadvalda va birinchi ustunda berilgan va yaratilgan mahsulot miqdori (vertikal kesimda) ikkinchi ustunda berilgan. Ishchilar miqdori oshgan sari ishlab chiqarish jarayoni tekislanib boradi, bu qo`shimcha mahsulot kamayishini aks ettiradi. (b) chizmadagi umumiy narx elastikligi yaratilgan mahsulot miqdori va umumiy ishlab chiqarish xarajati o`rtasidagi bog`liqlikni ko`rsatadi. Bu yerda yaratilgan mahsulot miqdori (gorizontal kesimda) birinchi jadvaldagi ikkinchi ustunda berilgan va umumiy xarajat (vertikal kesimda) oltinchi ustunda berilgan. Chekli mahsulot kamayishi tufayli, umumiy xarajat elastikligi yaratilgan mahsulot ortishi bilan ko`tarilib borgan. Download 398.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling