10-Laboratoriya ishi bgp protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini o‘rganish Ishdan maqsad
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
10-Laboratoriya ishi BGP protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini o‘rganish Ishdan maqsad: BGP protokolini sozlash va uning ishlash prinsipi bo‗yicha amaliy ko‗nikmalarni hosil qilish. Nazariy qism BGP (Border Gateway Protocol - Chegaraviy shlyuz protokoli) – Internet tarmog‗ida ishlatiladigan asosiy dinamik marshrutlash protokoli hisoblanadi. BGP marshrutizatorlari tarmoq mavjudligi haqida ma‘lumot almashadilar. Tarmoq ma‘lumoti bilan birgalikda, ushbu tarmoqlarning turli xususiyati va holatlari uzatiladi, BGP eng yaxshi yo‗nalishni tanlaydi va marshrut siyosatini yuritadi. Yo‗nalish ma‘lumoti bilan uzatiladigan asosiy xususiyatlardan biri bu axborot uzatilgan avtonom tizimlar ro‗yxatidir. Ushbu ma‘lumot BGP ga tarmoqning qayerda avtonom tizimlari joylashganligini aniqlashga, marshrutlashni ilova qilishni istisno qilish imkon beradi va shuningdek, undan qoidalarni konfiguratsiya qilishda ham foydalanish mumkin. Marshrutlash bir avtonom tizimdan boshqasiga bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Barcha BGP siyosati asosan tashqi/qo‗shni mustaqil tizimlar bilan bog‗liq. Ya‘ni ular bilan bo‗ladigan o‗zaro munosabatlar qoidalari tasvirlangan. BGP katta hajmdagi ma‘lumotlar bilan ishlayotganligi sababli (IPv4 uchun mavjud jadval hajmi 450 mingdan ortiq marshrutni tashkil qiladi), uning konfiguratsiyasi va ishlash tamoyillari ichki dinamik marshrutlash protokollaridan (IGP - interior gateway protocol – ichki shlyuz protokoli) farq qiladi. Protokol terminologiyasi - Ichki marshrutlash protokoli (interior gateway protocol) avtonom tizimdagi marshrutlar haqidagi ma‘lumotlarni uzatish uchun ishlatiladigan protokollardir. - Tashqi marshrutlash protokoli (exterior gateway protocol) avtonom tizimlar o‗rtasidagi marshrutlar haqidagi ma‘lumotni uzatish uchun ishlatiladigan protokollardir. - Avtonom tizim (autonomous system, AS) - bitta texnik ma‘muriyat tomonidan boshqariladigan va IGP protokollaridan birida ishlaydigan umumiy marshrutlash qoidalariga ega bo‗lgan marshrutizatorlar to‗plami (AS bir qator IGP larni ichki yo‗nalish uchun ishlatishi mumkin). - Tranzit avtonom tizim (transit AS) – avtonom tizim bo‗lib, u orqali boshqa avtonom tizimlarga trafik uzatiladi. - Yo‗l (path) - uzatilayotgan tarmoqga erishish uchun kerakli avtonom tizimlar sonidan iborat ketma-ketlik. - Yo‗lning atributlari (path attributes, PA) - eng yaxshi yo‗lni tanlashga imkon beradigan yo‗lning xususiyatlari. - BGP spiker (BGP speaker) – BGP da ishlaydigan marshrutizator. - Qo‗shnilar (neighbor, peer) - marshrutlash ma‘lumotlarini almashish uchun TCP ulanishining ochiq bo‗lgan ikkita marshrutizatori. - Tarmoq sathidan foydalanish haqidagi ma‘lumot (Network Layer Reachability Information, NLRI) – IP prefiks va prefiks uzunligi. Protokol ta‘rifi BGP yo‗llarning texnik xususiyatlari (tarmoq kengligi, kechikishlar va boshqalar) asosida emas, balki siyosat asosida eng yaxshi yo‗nalishlarni tanlaydi. Mahalliy tarmoqlarda, eng muhimi, tarmoqning yaqinlashuvi, o‗zgarish vaqti hisoblanadi. Marshrutni tanlashda ichki dinamik marshrutizatsiya protokollaridan foydalanadigan marshrutizatorlar, qoida tariqasida, yo‗lning texnik xususiyatlarini, masalan, ulanish ishlarini o‗tkazish usulini solishtirishadi. Ikki provayderning kanallari orasini tanlashda qaysi kanalda eng yaxshi texnik xususiyatlarga ega ekanligini aniqlaydi, lekin kompaniyaning ba‘zi ichki qoidalari ahamiyatsiz bo‗ladi. Misol uchun, qaysi kompaniya uchun arzonroq bo‗lishi. Shuning uchun, BGP da eng yaxshi yo‗nalish filtrlar, marshrutni e‘lon qilish va attributlarni o‗zgartirish yordamida tuzilgan siyosatlar asosida tanlanadi. Boshqa dinamik marshrutlash protokollari singari, BGP faqat qabul qiluvchining IP manziliga asoslangan trafikni uzatishi mumkin. BGP dan foydalanishni hisobga oladigan marshrut qoidalarini, masalan, paket qaysi tarmoqdan yuborilganligi yoki qaysi dastur ma‘lumotlarining uzatilishini sozlash mumkin emas. Agar siz paketni qanday yo‗naltirish kerakligini hal qilsangiz, ba‘zi bir qo‗shimcha mezonlarga, shuningdek, qabul qiluvchining manziliga qo‗shimcha ravishda, siz siyosatga asoslangan marshrutizatsiya mexanizmidan (PBR-policy- based routing) foydalanishingiz kerak. Protokolning asosiy xususiyatlari. BGP - bu umumiy xususiyatlarga ega bo‗lgan yo‗l-vektorli protokol: - Ma‘lumotni uzatish uchun TCP ni ishlatadi, bu protokol yangilanishlarini ishonchli yetkazib berishni ta‘minlaydi (port 179); - Yangilanishlarni tarmoq almashtirilgandan so‗ng (muntazam yangilanishlarsiz) yuboradi; - TCP ulanishlarini tekshirish uchun doimiy xabarlarni muntazam ravishda jo‗natadi; - Protokol o‗lchami metodik vektor yoki atribut deb ataladi. Avtonom tizim (autonomous system, AS) Internet tarmog‗i bilan, yaxshi aniqlangan marshrutlash siyosati (RFC 1930) bilan ishlovchi, bir yoki bir nechta operatorlar tomonidan boshqariladigan IP tarmoqlar va marshrutizatorlar tizimi. Avtonom tizim raqamlari (autonomous system number, ASN): - 0-65535 (dastlab 16-bit ASN uchun belgilangan oraliq); - 65536-4294967295 (ASN 32-bit uchun yangi qator (RFC 4893)). Foydalaniladigan raqamlar: - 0 va 65535 (zahiralangan); - 1-64495 (umumiy raqamlar); - 65552-4294967295 (ommaviy raqamlar); - 64512-65534 (xususiy raqamlar); - 23456 (16 bitli interval bilan ishlaydigan qurilmalarda 32 bitli intervalni ifodalaydi). Protokol ishlash jarayonining tavsifi Qo‗shni jadval (neighbor table) - barcha BGP qo‗shnilarining ro‗yxati; BGP jadvali (BGP table, forwarding database, topology database - BGP jadvali, ma‘lumotlar bazasi, topologiyalar bazasi): - Har bir qo‗shnidan olingan tarmoqlar ro‗yxati; - Belgilangan tarmoqlarga bir nechta yo‗l bo‗lishi mumkin; - Har bir yo‗l uchun BGP atributlari; Yo‗naltiruvchi (marshrutlash jadvali) jadval - tarmoqlar uchun eng yaxshi yo‗llarning ro‗yxati. BGP protokolining marshrutlash jadvali 10.1- rasmda keltirilgan. 10.1- rasm. BGP protokolining marshrutlash jadvali Odatiy holatda, BGP, har 60 soniyada saqlanadigan xabarlarni yuboradi. Agar qabul qiluvchiga bir necha yo‗l bo‗lsa, marshrutizator qo‗shnilarga barcha imkoniyatlarni emas, balki BGP jadvalidan faqatgina eng yaxshi yo‗nalishni e‘lon qiladi. Ichki BGP (Internal BGP) va tashqi BGP (External BGP) Ichki BGP ((Internal BGP, iBGP) - BGP avtonom tizimning ichida ishlaydi. iBGP ning qo‗shnilariga bevosita aloqasi yo‗q. Tashqi BGP (External BGP, eBGP) - BGP avtonom tizimlar orasida ishlaydi. Odatiy holda, eBGP qo‗shnilari to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liq bo‗lishi kerak. IBGP marshrutizatorlari tranzit bo‗lmagan AS da ishlayotgan bo‗lsa, ular orasidagi aloqa to‗liq bo‗lishi kerak. Bu protokol tamoyili - AS chegarasida joylashgan marshrutizator yangilangan bo‗lsa, uni barcha qo‗shnilariga yuboradi. Avtonom tizim ichida bo‗lgan qo‗shnilar endi ushbu yangilanishni tarqatishmaydi, chunki ular AS ichida bo‗lgan barcha qo‗shnilar uni allaqachon qabul qilgan deb hisoblashadi. Protokol taymerlari Jonli ushlab turish oralig‗i (Keepalive Interval) – saqlanadigan xabarlarni yuborish vaqti oralig‗i. Odatiy holda (default) 60 soniya. Vaqtni ushlab turish (Hold Time) – yo‗qotilgan qo‗shni marshrutizatorni mavjud bo`lmay qolgan vaqt oralig‗i. Odatiy holda (default) 180 soniya. BGP xabar turlari Barcha BGP xabarlarida ushbu sarlavha formati mavjud (10.2-rasm). 10.2- rasm. BGP xabarining sarlavha formati BGP xabar sarlavhasi maydonlari: Marker (Marker) – moslik uchun sarlavhaga kiritilgan maydon. Maydon hajmi 16 bayt, barcha baytlar 1 bo‗lishi kerak. Length (Uzunlik) - sarlavhani o‗z ichiga olgan oktetdagi barcha xabarning uzunligi. Ushbu maydondagi qiymat 19 dan 4096 gacha bo‗lishi mumkin. Type (Tur) – jo‗natiladigan xabarning turi: 1 — OPEN (ochiq); 2 — UPDATE (yangilangan); 3 — NOTIFICATION (bildirishnoma); 4 — KEEPALIVE (jonli saqlovchi). Qo‗shnilar bilan aloqa holati Idle (bo`sh, ishlamayotgan); Connect (ulash); Open sent (ochiq uzatilgan); Open confirm (ochiq tasdiqlash); Active (faol); Established (tashkil etilgan). Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling