Ish bajarish tartibi: tanlangan sharli viskozimetri yaxshilab yuviladi. Atseton bilan ham yuvilib keyin quriltiladi.
Toza va quruq viskozimetrga suyuq neft mahsuloti solinadi. Buning uchun viskozimetrdagi 3-chi trubkaga reziva shlang kiygiziladi, qo‘lning bosh barmog‘i bilan 2-chi trubka yopiladi, viskozimetr vastga aylantiriladi va 1-chi trubka neftli idishga botiriladi. So‘ngra rezina grusha yordamida neft mahsuloti M2 belgigacha to‘ldiriladi (bunda havo pufakchalari hosil bo‘lmasligi kerak), viskozimetr neftli idishdan olinadi va normal holatga keltiriladi. Agar viskozimetr tashqarisi suyuqlik bilan ifloslansa, uni filtr qog‘oz bilan artib tozalanadi va 1-chi trubkaga rezina shlang kiygiziladi. So‘ngra vizkozimetr belgilangan haroratdagi termostatga tushiriladi, shtativga maxkamlanadi va 15-20 minut o‘tgandan so‘ng 1-chi trubkadagi shlang bilan rezina grusha yordamida neft mahsuloti M1 gacha to‘ldiriladi va M1 dan M2 gacha oqib o‘tish vaqti yozib olinadi.
1–rasm. Viskozimetr
Tajriba uch marta qaytariladi va olingan natijalar bir-biridan 0,2 % farq qilmasa, ularni o‘rtacha arifmetik qiymatlari asosida kinematik qovushqoqlikni ushbu formula yordamida hisoblash mumkin:
bu yerda: C-viskozimetr doimiysi, mm2 /s; -neftni viskozimetrdan oqib o‘tishini o‘rtacha vaqti., sek.
Dinamik qovushqoqlik esa quyidagi formuladan hisoblanadi:
, mVa. s
bu yerda: v-kinematik qovushqoqlik, mm2/s;
-qovushqoqlik aniklangan temperaturadagi neftning zichligi, g/sm3.
Nazorat savollari.
1.Neftning qovushqoqligi deganda nimani tushunasiz?
2.Qovushqoqlikni nechta turi mavjud?
3. Qovushqoqlikning turlari aytib bering.
4.Neftni qovushqoqligiga qanday omillar ta’sir etadi?
5.Laboratoriyada qovushqoqlik qanday aniqlanadi
12-LABORATORIYA IShI
Neft mahsulotlarining qotish temperaturasini aniqlash
Suyuq moddalarning qotish temperaturasi deganda biz moddalarni suyuq holatidan qattiq holiga o‘tishini tushunamiz. Oddiy suyuq moddalar, masalan, glitserin, suv va shunga o‘xshashlar ma’lum bir temperaturada qattiq holatiga o‘tadi. Neft va undan olingan mahsulotlarning tarkibida bir qancha organik birikmalar bo‘lganligi sababli, ularning qotish temperaturasi o‘zgacha bo‘ladi. Bu mahsulotlar asosan parafinlar, halqali alkanlar va aromatik uglevodorodlardan tashkil topgan. Harorat pasayganda birinchi navbatda parafin uglevodorodlari kristall holiga o‘tib, qolgan uglevodorodlar suyuq holatda bo‘lishlariga qaramasdan, neft mahsulotlari o‘zlarini oquvchanligini kamaytiradilar va harorat pasaya boshlaganda oquvchanlikni butunlay yo‘qotadilar.
Neft mahsulotlarining qotish temperaturasi ularning shartli ko‘rsatkichi bo‘lib, fizikaviy hossasini belgilamaydi. Shunday bo‘lishiga qaramay, neft mahsulotlarining qotish temperaturasini aniqlash, neftni qayta ishlash sanoatida va mahsulotlarni xalq xo‘jaligida ishlatilayotganda, katta ahamiyatga ega. Masalan, u yoki bu neft mahsulotini qotish temperaturasini aniq bilinmasa, ishlab chiqarishda turli ko‘ngilsiz hodisalar bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |