Yulduzlarning temperaturasi, massasi aniqlash usullari Yulduzlaning temperaturasini aniqlash

Download 8.7 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi8.7 Kb.
#1481727
  1   2   3   4
Bog'liq
Yulduzlarning temperaturasi, massasi aniqlash usullari Yulduzlan-fayllar.org

Yulduzlarning temperaturasi, massasi aniqlash usullari Yulduzlaning temperaturasini aniqlash

Yulduzlarning temperaturasi, massasi aniqlash usullari

Yulduzlaning temperaturasini aniqlash

Yulduzli osmonga diqqat bilan qaragan kishi yulduzlar bir-birlaridan ranglari bilan farqlanishini oson payqaydi. Ma’lumki, temir qizdirilayotganda, u dastlab to'q qizilrangga, keyin temperaturasi orta boshlagach, zarg'aldoq, sariq va oxirida oqrangga kiradi. Shunga o'xshab, yulduzlarning rangi ham ularning sirt temperaturalari haqida ma’lumot beradi. Xususan, Quyoshimiz sariqrangdagi yulduz hisoblanadi, sirtida temperaturasi 6000 К atrofida.

To'q qizil rangda ko'rinadigan yulduzlarning temperaturasi 2500-3000 K, zarg'aldoq rangdagilariniki 3500-4000 K, oqrangdagi yulduzlarning temperaturasi esa 17000-18000 К atrofida bo'ladi.

To'q qizil rangda ko'rinadigan yulduzlarning temperaturasi 2500-3000 K, zarg'aldoq rangdagilariniki 3500-4000 K, oqrangdagi yulduzlarning temperaturasi esa 17000-18000 К atrofida bo'ladi.

Yulduzlar spektrida energiyaning taqsimlanishi

(quyuq chiziq - Quyosh uchun).

Yulduzlarning temperaturasini aniqlashning bir necha xil usuli mavjud bo'lib, ulardan biriga ko'ra, u yulduzlarning spektrida energiyaning taqsimlanishidan topiladi. Bunda nurlanish energiyasining maksimumi to'g'ri kelgan to'lqin uzunligiga tayangan holda Vinning ushbu siljish qonunidan foydalaniladi:

λmax ∙ T=0,29 grad∙sm

Shuningdek, yulduz spektrining turli uchastkalaridagi nurlanish energiyasining farqiga ko'ra, astronomlar ularning aniq rangini belgilaydilar va so'ngra yulduzning topilgan bu rang ko'rsatgichi asosida ham yulduzlarning temperaturalarini aniqlaydilar.

Download 8.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling