10-laboratoriya mashG’uloti mashg’ulot mavzusi


LABORATORIYA MAShG’ULOTINI O’TKAZISh UChUN


Download 132.43 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi132.43 Kb.
#1524474
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-лаборатория 8.2022 (2)

LABORATORIYA MAShG’ULOTINI O’TKAZISh UChUN
USLUBIY KO’RSATMALAR
Laboratoriya mashg’ulotni bajarish uchun ob’yekt sifatida is gazi bilan zaharlangan va toza qon olinadi. Is gazini tekshirish kimyoviy va fizik – kimyoviy usullarda olib boriladi. Ikkala usul ham is gazini biologik ob’yektdan ajratilmagan holda amalga oshiriladi.

KARBOKSIGEMOGLOBINNI (IS GAZI)NI KIMYOVIY TEKShIRISh USULLARI
Qondagi is gazini aniqlash uchun juda ko’p kimyoviy reaksiyalar tavsiya etilgan. Kimyoviy usullar yordamida is gazini aniqlash zaharlangan va toza qonlar ranglari o’zgarishini solishtirish orqali amalga oshiriladi. Ular orasida tez-tez ishlatiladigan reaksiyalari quyidagilardan iborat:
1. Kaliy geksatsian (III) - ferrat K3[Fe(CN)6] - qizil qon tuzi bilan reaksiyasi. 1 ml qonga 100 mlgacha suv qo’shib chayqatib aralashtiriladi.Qonning suvdagi eritmasidan 5 ml olib, unga qizil qon tuzining 1% eritmasidan 5 tomchi qo’shiladi. Tarkibida karboksigemoglobin saqlagan qon o’zining qizil rangini o’zgartirmaydi, toza qon rangi esa sarg’ayadi.
2. Mis sulfat eritmasi bilan reaksiyasi.Suv bilan1:100 suyultirilgan qondan 3 ml olib 3 tomchi 10% mis sulfat eritmasidan qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Karboksigemoglobin saqlagan qon to’q-qizil rangini saqlab qoladi, toza qon esa yashil rangga o’tadi.
3. O’yuvchi natriy ishqor eritmasi bilan reaksiyasi. 0,5 ml suyultirilmagan qonga, 1ml o’yuvchi natriyning 30% eritmasidan qo’shiladi. Bunda karboksigemoglobin saqlagan qon o’zining to’q qizil rangini o’zgartirmaydi, toza qon esa qo’ng’ir rangga kiradi. Chirish jarayoni boshlangan qonda is gazi bo’lmasa ham yorqin hosil bo’lganligi sababli qizil rang hosil bo’ladi-gemoxromogen.
4. Formaldegid bilan reaksiyasi.1 ml suyultirilmagan qonga 1 ml 40% formaldegid eritmasi qo’shib, yaxshilab chayqatiladi. Karboksigemoglobin saqlagan qon o’zining qizil rangini o’zgartirmagani holda, toza qon 5-10 daqiqadan so’ng qo’ng’ir-qoramtir rangga bo’yaladi. Agarda 20% formaldegid qo’shilsa rang o’zgarishi 40-60 daqiqa oralig’ida seziladi.
5.Qo’rg’oshin atsetati bilan reaksiyasi.0,5 ml suyultirilmagan qonga 2 ml 5% qo’rg’oshin atsetati eritmasidan qo’shib bir daqiqa davomida chayqatiladi. Karboksigemoglobin saqlagan qon o’zining qizil rangini saqlagan holda, toza qon qo’ng’ir rangga bo’yaladi.
Adabiyotlarda qondagi is gazini aniqlashda qo’llanadigan ko’plab kimyoviy reaksiyalar keltirilgan.Qonda karboksigemoglabin borligini tasdiqlash uchun bir nechta reaksiya natijasini solishtirib, so’ng xulosa chiqarish talab etiladi, faqat bitta reaksiya natijasiga asoslanish xatolikka olib kelishi mumkin.
Yuqoridagi reaktivlar bilan tarkibida karboksigemoglabin saqlamagan (toza)qon reaksiyaga kirishadi, zaharlangan qonda esa sezilarli o’zgarish sodir bo’lmaydi. Shuningdek qisman yengil zaharlanish sodir bo’lgan holatlarda yuqoridagi reaktivlar xuddi zaharlanmagan qon kabi natija beradi.
Shu sababli kimyoviy tekshirish usullari kam miqdor karboksigemoglabinni aniqlash uchun ahamiyatli emas.


Download 132.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling