10-laboratoriya mashG’uloti mashg’ulot mavzusi
Download 132.43 Kb.
|
10-лаборатория 8.2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida talabalar
- METANNI GAZ-SUYUQLIK XROMATOGRAFIYA USULIDA TAHLILI
10-LABORATORIYA MAShG’ULOTI Mashg’ulot mavzusi: Metan va is gazi bilan zaharlanish. Karboksigemoglobinni qondan kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda tahlil qilish. Mashg’ulot maqsadi: Is gazining fizik va kimyoviy xossalari asosida murda qonidagi karboksigemoglobinni sifat va miqdorini aniqlay bilish. Bunda: kimyoviy reaksiyalardan va fizik – kimyoviy (spektroskopik va spektrofotometrik) usullaridan foydalanish. Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida talabalar: 1. Qonda karboksigemoglobin borligini aniqlash uchun kimyoviy tekshirish olib borish. 2. Rangli eritmalar bilan spektroskop va spektrofotometrda ish olib borish. 3.Spektrofotometr yordamida eritmaning optik ko’rsatkichini aniqlash uchun tekshiriluvchi qondan ishchi eritma tayyorlash. 4. Karboksigemoglobin va dezoksigemoglobinlarning spektral egri chiziqlarini tuzish asoslarini bilish. 5. Karboksigemoglobin va dezoksigemoglobinni spektral egri chiziqlari, hamda tekshiriluvchi qonning optik ko’rsatkichlaridan foydalanib, qondagi dezoksigemoglobinning foiz miqdorini aniqlay bilish. 6. Bioob’yekt tarkibidan metanni aniqlashlarni o’rganadilar. METANNI GAZ-SUYUQLIK XROMATOGRAFIYA USULIDA TAHLILI Metan tabiiy gaz bo‘lib, rangsiz va xidsiz gaz hisoblanadi. Metan bilan zaharlanish asosan konlarda, avtomobillarga gaz to‘ldirish shahobchalarida, xususiy xonadonlarda tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanmaslik oqibatida ro‘y berishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki tabiiy tarkibida metandan tashqari propan va butan gazlari ham mavjud. Bu gazlarni tahlil qilishda asosan biologik ob’ekt sifatida o‘pka va bosh miyadan foydalangan maqsadga muvofiq. Bu gazlar biomaterialda organizmga zahar kirgandan boshlab uch xaftadan kam bo‘lmagan muddatda, bosh miya va o‘pkada esa 4 xaftagacha saqlanishi aniqlangan. Shuni ta’kidlash joizki biomaterial germetik berkitilgan idishlarda -40C xaroratda saqlanishi lozim. Metanni chinlik va miqdorini tahlil qilish uchun asosan gaz-suyuqlik xromatografiyasi usulidan foydalaniladi. Buning uchun o`rtacha 500 mkl qon va 500 mg maydalangan biomaterial penitsillin flakonlariga solinadi so‘ng rezina qopqoq bilan berkitilib, maxsus metall konteynerchaga joylashtiriladi. Konteynerni qaynab turgan suv hammomida 10 daq davomida qizdirilgach, penitsillin flakondan shprits yordamida bug‘ gaz aralashmasi olinadi va GSX usulida tahlil o‘tkaziladi. Tahlil sharoitlari quyidagicha: Xromatograf: Svet-110 xromatografi Kolonka turi: po‘lat –polisorb-1, uzunligi 100mm, ichki diametri-3mm. Kolonka termostati harorati-500C , bug‘latgich harorati 1500C Tashuvchi gaz: azot, tezligi 30ml/min. Detektor ion-alangali. Sezgirligi 10*1010. Xromatogrammalarni yozib olish KSP-4 potensiometrida yozib olinadi. Tasmaning tortilish tezligi 720mm/s ga teng Tekshiruv natijalari va ularni tahlil qilish Metanning identifikatsiyasi absolyut ushlanish vaqtiga qarab aniqlanadi. YUqorida keltirilgan sharoitda metanning ushlanish vaqti 3 daqiqaga teng bo‘ladi. IS GAZI Hayotda is gazi bilan zaharlanish tez uchrab turadigan hollardan hisoblanadi. Zaharlanish turli baxtsiz xodisalar asosida sodir bo’lishi mumkin: avtomashinalar motorining noto’g’ri ishlashi natijasida, kimyo sanoatlarida, koks olish, gaz olish, yong’in va boshqa shu kabi holatlarda ayni havf tug’ilishi mumkin. Is gazi nafas yo’llari orqali organizmga kirgach qondagi gemoglobin bilan oson birikadi va karboksigemoglobin hosil qiladi, natijada organizmga kislorod etishmay qoladi va organizm zaharlanadi. Is gazining gemoglobin bilan birikishi, kislorodning gemoglobin bilan birikishiga nisbatan 300 marta kuchli va kislorodning oksigemoglobindan ajralishiga nisbatan, is gazining karboksigemoglobindan ajralish tezligi 3600 barobar sekinroq yuzaga keladi. Zaharlanish natijasida qon tarkibidagi karboksigemoglobin miqdori 20-30% tashkil etsa kuchsiz zaharlanish sodir bo’ladi; 30-35% - o’rtacha zaharlanish; 70-80% - kuchli zaharlanish va tezda o’lim sodir bo’ladi(7-jadvalga qarang). 7-jadval Download 132.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling