10-laboratoriya mashG’uloti mashg’ulot mavzusi
Download 132.43 Kb.
|
10-лаборатория 8.2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniqlash tartibi
- OLINGAN
- MAVZU BO’YIChA TEST SAVOLLARI
Miqdorini aniqlash uchun shu chizmadan foydalaniladi. A va V eritmalar optik zichliklari o’lchab olinib formuladan foydalanib karboksigemoglobin miqdori aniqlanadi. Buning uchun tekshiriluvchi qonning optik ko’rsatkichlari ikki monoxromatik nurlar: λ=534 nm (D1) va λ=550 nm (D2) to’lqin uzunliklarida o’lchanadi, chunki aynan mazkur to’lqin uzunliklarida karboksigemoglobin bilan dezoksigemoglobinning optik ko’rsatkichlari o’rtasidagi masofa eng katta qiymatga ega bo’ladi. Optik ko’rsatkichlardan D2 qiymati λ= 550 nm nur to’lqin uzunligida, egri chiziqlar kesishgan nuqtada o’lchab olinadi (karboksigemoglobin va dezoksigemo- globinning spektr egri chiziqlariga qarang). Karboksigemoglobinning spektr chizig’i qonni maxsus moslamada, unda bo’lishi mumkin bo’lgan oksigemoglobin, dezoksigemoglobin va metgemoglobinlarni is gazi bilan to’yintirilib, to’liq HbCO ga o’tkazib, so’ngra optik zichligini o’lchab aniqlanadi. Dezoksigemoglobinning spektr chizig’i esa, toza (karboksigemoglobin saqlamagan) qonga natriy gidrosulfit (qaytaruvchi) ta'sir ettirilgach, aniqlanadi. Aniqlash tartibi. Karboksigemoglobin miqdorini aniqlashda bufer eritma o’rniga ammiak eritmasidan foydalanib aniqlash usuli ham mavjud. Tekshiriluvchi qon 100 ml hajmli o’lchov kolbasiga solinadi va belgi chizig’igacha 0,1% ammiakning suvdagi eritmasi bilan to’ldiriladi. Yaxshilab aralashtirilgach, undan 1 sm o’lchamli spektrofotometr kyuvetasiga solinadi. Kyuvetadagi eritmaga natriy gidrosulfit kristallari qo’shib, qopqoqchani yopib chayqatiladi, so’ngra eritmaning optik zichligi spektrofotometrda λ=534 nm va λ=550 nm ga teng nur to’lqin uzunliklarida o’lchanadi. Solishtiruvchi eritma sifatida 0,1% ammiak eritmasidan foydalaniladi. Olingan ma'lumotlar asosida karboksigemoglobinning qondagi foiz miqdori % qiymati quyidagi formulaga asosan aniqlanadi. R- karboksigemoglobin miqdori % DCOHb –qo’shimcha uglerod (II) oksidi bilan to’yintirilgan V eritmadagi qonni 538 nm to’lqin uzunligidagi optik zichligi. DHbCOHb– dezoksi va karboksigemoglobin saqlovchi B qoneritmasini natriyditionit qo’shgandan so’ng 534 nmdagi optic zichligi. DHbi – B eritmasini 550 nm (izobestik nuqta)dagi optik zichligi. K – koeffitsent 0,372. Olingan natija is gazi bilan zaharlanishni sud-tibbiy baholashga xizmat qiladi. OLINGAN BILIMLARN ITEKShIRISh UChUN SAVOLLAR Is gazi qanday fizik-kimyoviy xossalarg aega va organizmg aqaysi yo’l bilan kiradi ? Is gazi hosil bo’ladigan qanday manbalarni bilasiz (kimyoviy tenglamalar yordamida tushuntiring) va zaharlanishdan saqlanish choralarini aytib bering? Is gazining inson organizmiga ta'siri va uni organizmdan chiqarish usullarini tushuntiring? Uglerod (II) - oksid bilan zaharlanish belgilari qanday? Qonda karboksigemoglobin qancha miqdorda bo’lganda bemor nobud bo’lishi mumkin? Qondan is gazini sifat va miqdorini aniqlashda ishlatiladigan qanday fizik-kimyoviy usullar sizga ma'lum? Qonda is gazini aniqlash uchun ishlatiladigan kimyoviy usullar qanday hodisaga asoslangan? Qondagi is gazini aniqlashda qanday rang hosil qiluvchi reaksiyalar tavsiya etilgan? Ular nimaga asoslangan? Qondagi is gazini spektrofotometrik usulda aniqlash nimalarga va qanday jarayonlarga asoslangan? Metan bilan zaharlanish sodir bo’lsa, uni ob’yektlardan qanday aniqlanadi? MAVZU BO’YIChA TEST SAVOLLARI Download 132.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling