10-laboratoriya mashG’uloti mashg’ulot mavzusi
Download 132.43 Kb.
|
10-лаборатория 8.2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Spektrofotometrik usulida tahlil qilish.
KARBOKSIGEMOGLOBINNI FIZIK-KIMYOVIY USULLAR
YORDAMIDA ANIQLASH 1. Spektroskopik usulida tahlil qilish. Karboksigemoglobin saqlovchi qon spektroskop yordamida tekshirilganda spektrning D va E sohasidagi Fraungofer chiziqlari (spektrlari) - ko’rinadi. Oksigemoglobin (HbO) spektrning D va E sohalari orasida 577-556 nm to’lqin uzunliklariga teng spektr yutilishini hosil qiladi. Oksigemoglobin, dezoksimioglobin va karboksigemoglobin spektrlari va ulardagi farq 3 rasmda ko’rsatilgan. 3 rasm. Is gazi bilan zaharlangandagi qon spektrlari Karboksigemoglobin esa 564-579 va 523-536 nm ga teng sohalarda spektrlar hosil qiladi. Oksigemoglobin moddasiga tegishli spektrlar qaytaruvchi modda (ammoniy sulfid) ta'siridan bir-biri bilan birlashadi va 543-596 nm soha orasida keng spektr yo’li hosil bo’ladi. Aksincha, qonda karboksigemoglobin bo’lsa bu sohada spektrlar o’zgarmasdan saqlanib qoladi. Chunki karboksigemoglobin ammoniy sulfid ta'sirida gemoglobingacha qaytarilmaydi. 2. Spektrofotometrik usulida tahlil qilish. Spektrofotometrik usul toksikologik kimyo laboratoriyalarida is gazi va boshqa gemoglobinga ta'sir etuvchi zaharlarni aniqlashda keng qo’llanilmoqda. Usul mohiyati oksigemoglobin hamda karboksigemoglobinni dezoksigemoglobingacha qaytarib, uning optik ko’rsatkichini aniqlashga asoslangan. Yuqorida keltirilgan gemoglobindan hosil bo’ladigan moddalarni (dezoksigemoglobin, oksigemoglobin va karboksigemoglobin) 450-620 nm to’lqin uzunligi sohasida nur yutish spektrlariga asoslanib chinligi va miqdorini aniqlash mumkin. Buning uchun tekshiriluvchi qon eritmasi (A), karboksigemoglobin va dezoksigemoglobin aralashmasidan iborat qon eritmasi (B), hamda faqat karboksigemoglobin saqlovchi qon eritmasi (V) tayyorlanadi. A - eritmani tayyorlash uchun 1 ml quyqalar saqlamagan qonga 100 ml bo’lguncha pH=7,38 ga teng fosfat buferi yoki 0,1% ammiakni suvli eritmasidan qo’shib aralashtiriladi. Olingan eritma rangi tiniq bo’lishiga ahamiyat beriladi. B - eritmani tayyorlash uchun spektrofotometr kyuvetasiga A-eritmadan qo’yiladi va ustiga 3-4 mg ditionit (gidrosulfit) natriy (Na2S2O8 :2H2O) kristallari qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. Bunda oksigemoglobin to’liq dezoksigemoglobingacha qaytariladi. Reaktiv qo’shilgandan so’ng, eritma tiniq bo’lishi nazorat qilinadi. 4 rasm. Qonni uglerod (II) oksidi bilan to’yintirish qurilmasi. V - eritmani tayyorlash uchun maxsus moslama (4-rasm) yordamida kontsentrlangan sulfat kislotasi hamda chumoli kislotasidan hosil qilingan, is gazi ishqorning 10% eritmasidan (3) (HCOOH parini ushlab qoladi) va so’ng suvdan (4) (NaOH dan tozalash) o’tkazilgach, A-eritmasini saqlovchi (5) idishga yuboriladi. Bu erda qondagi oksigemoglobin to’liq karboksigemoglobinga o’tadi. So’ng metgemoglobinni dezoksigemoglobinga o’tkazish maqsadida idishga 5-7mg ditionit natriy qo’shiladi va yana qo’shimcha is gazi bilan to’yintiriladi. Karboksigemoglobin saqlovchi eritma ham tiniq bo’lishi shart. Solishtiruvchi eritma sifatida ikkinchi kyuvetaga qonni suyultirish uchun olingan bufer (yoki boshqa variantlarida shunga mos) eritmadan yoki suvdan foydalanib B va V eritmalar nur yutish spektri 450-620 nm sohasida o’lchanadi va har ikkala spektr ko’rsatkichlari bitta chizmaga chiziladi.
Download 132.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling