10-ma'ruza: Agloporit xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi. Agloporit ishlab chiqaruvchi korxonalarda asosiy xomashyo materiallar. Aglomeratsiya uchun yaroqli gilli jinslar. Ko‘mir boyitish chiqindilari. Reja


-rasm. Aglomeratsion mashinaning sxemasi


Download 0.85 Mb.
bet2/8
Sana06.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1170480
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10- MA\'RUZA

10.1-rasm. Aglomeratsion mashinaning sxemasi:
1-xom granulalarni mashinaga to‘kish; 2-yondiruvchi gorn; 3-kolosnikli panjara; 4-pishgan granulalar qavati; 5-yoqilg‘ining yonish zonasi; 6-pishgan korj; 7-gazlarni so‘rib olish; 8-vakum kamera.
2. Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi
Sanoat miqyosida agloporit ishlab chiqarishda gilli jinslardan quyidagi yarim tayyor mahsulot tayyorlanadi. Gilli xomashyo, maydalangan toshko‘mir (yirikligi 5 mm gacha), qo‘shimchalar aniq me'yor bo‘yicha aralashtiriladi. Ko‘mirning massa ulushi 7-12% ni tashkil etadi. Agar gilli xomashyo quruq bo‘lsa, u holda gil aralashtirgichga suv qushiladi va gil bir xil massaga kelguncha aralashtiriladi. Maxsus mashinalar granulyatorlarda (masalan, barabanli granulyatorda) gilli granulalar olinadi. Tayyor granulalar aglomeratsion mashinada (10.2-rasm) pishiriladi. Mashina to‘xtovsiz harakatlanuvchi aravali konveyrdan, asosi issiqqa chidamli po‘lat va ikki tomonidan to‘silgan kolosnikli panjaradan iborat. Konveyr temir-yo‘l bo‘yiga vakum-kamera ustida harakatlanadi.
Gilli granulalar kolosnikli panjara ustidagi to‘siqli aravachaga 200300mm qalinlikda sepiladi, yondiruvchi gorn ostida o‘tganida suyuq yoki gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘i yonishidan 10000S xaroratgacha qizdiriladi. So‘ngra vakumkameralar ustida harakatlanishdan, havoning so‘rib olinishi natijasida xom granulalar pishadi. Aglomeratsion mashinadan pishgan korj chiqadi.
Chiqqan korj bir jinsli bo‘lmay, ichki qismi to‘q rangda (tiklanish muhiti temir oksidlariga o‘tishi bilan belgilanadi va bu yaxshi pishishiga olib keladi), yuza qismida (ortiqcha xavo, oksidlanuvchi muhit, kuydirishdan past harorat) kichik mustahkamlik va kam chidamli qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli pishmagan qatlam yuzaga keladi. Shu sababli aglomeratsion panjarada hosil bo‘lgan pishgan yarim maxsulot(korj)dan pishmaganlarini alohida ajratishdir. Korjni bo‘laklarga korj maydalagich yordamida ajratiladi, bo‘laklar panjaraga uzatiladi, bunda yaxshi pishmagan donalari cho‘kadi, texnologik jarayonga qaytariladi, xomashyoga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi va xom granulalarning pishishini, gaz o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi/
Xomashyoga qo‘shimcha sifatida, gilning pishish tezligini oshirishda va shu bilan birga aglomeratsion mashinaning quvvatini oshirishda, agloporit sifatini yaxshilashda yog‘och opilkalari, yog‘och gidrolizi chiqindisi, kul va boshqa sanoat chiqindilari ishlatiladi.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling