To‘ldiruvchi donalari o‘lchami, Britaniya nazorat elaklari o‘lchami yoki nomeri bilan belgilanadi
10.4-rasm. To‘ldiruvchi dona o‘lchami va solishtirma yuzasi orasidagi bog‘liqlik: Δ-maydalangan shag‘al asosidagi chaqiqtosh; O-noto‘g‘ri shakldagi shag‘al; + - shag‘al
Shuni ta'kidlash lozimki, grafikda logarifmik masshtab ordinata va absissa o‘qlari uchun ham qo‘llanilgan. Fraksiyalangan to‘ldiruvchilar uchun donadorlik tarkib va umumiy solishtirma yuzasi bir biri bilan bog‘langan, hamda bir xil solishtirma yuzaga mos keladi. To‘ldiruvchining eng katta yirikligini ortishi natijasida donalarning umumiy solishtirma yuzasi va qorishmaning suvga talabchanligi kamayadi, biroq bu talab chiziqli bo‘lmaydi. Masalan, to‘ldiruvchining eng katta yirikligini ortishi 9,52mm dan 63,5 mm gacha bo‘lsa, mavjud sharoitlarda beton qorishmasining suvga talabchanligini kamaytirish mumkin, bunda uning qulay joylashuvchanligi 50 l/m3 ni tashkil qilgan holda o‘zgarmagan xolda(10.5-rasm). Buning natijasida suv-sement nisbatini 0,15 ga kamaytirish mumkin.
To‘ldiruvchining eng katta yirikligini amaliy jixatdan chegaralash va to‘ldiruvchieng katta yirikligining beton mustahkamligiga ta'siri keyinroq ko‘rib chiqiladi. To‘ldiruvchining eng katta yirikligini va uning donadorlik tarkibini tanlab olib, biz donalarning umumiy yuzasi maydonini aniqlashimiz mumkin, solishtirma yuzani parametr sifatida olamiz.
Demak to‘ldiruvchining umumiy yuzasi maydoni beton qorishmasining suvga talabchanligi va qulay joylashuvchanligiga ta'sir ko‘rsatadi.
To‘ldiruvchining eng katta donalari o‘lchami, mm
10.5-rasm. To‘ldiruvchining eng katta yirikligining beton qorishmasining o‘zgarmas konus cho‘kishi kattaligida uning suvga talabchanligiga ta'siri: 1-to‘ldiruvchi A; 2-to‘ldiruvchi-
Birinchi marta beton tarkbini to‘ldiruvchining solishtirma yuzasi bo‘yicha tanlashni 1918 yilda L.N. Edvards tomonidan taklif qilingan. Bu usulga qiziqish yana uyg‘ondi. Solishtirma yuzani suvo‘tkazuvchanlik usuli bilan ham aniqlash mumkin, biroq dala sharoitlarida oddiyroq usul xali mavjud emas. Matematik usul esa donalarning turli shaklda bo‘lishligi bois ham qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
Biroq bu faqat bitta qiyinlik hisoblanmasdan, balki to‘ldiruvchi solishtirma yuzasi bo‘yicha beton tarkibini loyixalash umumiy qonuniyatga hali o‘tmagan.
Qumning nisbatan yirik donalari yirik to‘ldiruvchi donalariga qaraganda namlashni talab etmaydi, hamda beton qorishmasida moylovchi vazifasini bajaradi. Bu Glenvill, Kollinzom va Mettyuz tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalarida o‘z isbotni topgan (10.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |