10-ma'ruza: Agloporit xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi. Agloporit ishlab chiqaruvchi korxonalarda asosiy xomashyo materiallar. Aglomeratsiya uchun yaroqli gilli jinslar. Ko‘mir boyitish chiqindilari. Reja


Eng katta yiriklikdagi to‘ldiruvchi donalari o‘lchami


Download 0.85 Mb.
bet6/8
Sana06.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1170480
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10- MA\'RUZA

Eng katta yiriklikdagi to‘ldiruvchi donalari o‘lchami
10.3-rasm. Fuller bo‘yicha to‘ldiruvchilarning donadorlik tarkibi grafigi
Beton hajmini maksimal darajada to‘ldiruvchining tashkil etishi bu iqtisodiy nuqtai nazardan to‘g‘ri bo‘lib, bunda to‘ldiruvchi sementga nisbatan arzon material hisoblanadi. Biroq bir qancha texnik sabablarga ko‘ra o‘ta yog‘li qorishmalarni ishlatish yaramaydi. Shu narsa ma'lumki, berilgan beton hajmida to‘ldiruvchi miqdori qanchalik katta bo‘lsa, betonning mustahkamligi ham shuncha yuqori bo‘ladi. 10.3-rasmda olib borilgan tadqiqot ishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, to‘ldiruvchilar donalari qanchalik zich joylashsa u grafikda parabolik shaklni oladi keyin esa oddiy masshtab bo‘yicha to‘g‘ri chiziq shaklini oladi.
Biroq shu narsa aniqlanganki, berilgan shart talablariga muvofiq keluvchi maksimal zichlangan va fraksiyalangan to‘ldiruvchilar asosida tayyorlangan qorishmalar ko‘p holatda qattiq va qulay joylashuvchan bo‘lmaydi. Qorishmalarning qulay joylashuvchanligini oshishiga yirik to‘ldiruvchilar orasidagi bo‘shliqlarning ortiqcha qum yordamida to‘lishi, yoki sement qumli qorishmaning ortiqcha miqdori orqali erishiladi.
To‘ldiruvchi solishtirma yuzasining axamiyatini qarab chiqamiz. Beton qorishmasida suv-sement nisbatini kerakli talab etilgan mustahkamlik asosida tanlanadi. Bir vaqtning o‘zida sement qorishmasi unda mavjud barcha donalarning yuzalasini to‘liq qoplashi lozim.Shu sababli ham to‘ldiruvchining solishtirma yuzasi qanchalik kamaysa betoni qorishmasining suvga talabchanligi ham kamayadi.
Agar to‘ldiruvchining shaklini diametri D bo‘lgan sfera deb olinsa, u holda to‘ldiruvchining dona yuzasining uning hajmiga nisbati 6/D ni tashkil etadi. To‘ldiruvchining dona yuzasining uning hajmiga nisbati, yoki donaning doimiy solishtirma og‘irligini xarakterlaydi, to‘ldiruvchining solishtirma yuzasi deb yuritiladi.Boshqa shakldagi to‘ldiruvchilar uchun 6/Ddan boshqa ko‘rsatkich olindi, biroq donalarning yuzasi maydoni dona o‘lchamiga teskari proporsional bo‘ladi, bu 10.4-rasmda ham ko‘rinadi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling