10-ma'ruza: Agloporit xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi. Agloporit ishlab chiqaruvchi korxonalarda asosiy xomashyo materiallar. Aglomeratsiya uchun yaroqli gilli jinslar. Ko‘mir boyitish chiqindilari. Reja


To‘ldiruvchilar donadorlik tarkibiga qo‘yiladigan talablar


Download 0.85 Mb.
bet5/8
Sana06.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1170480
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10- MA\'RUZA

4. To‘ldiruvchilar donadorlik tarkibiga qo‘yiladigan talablar
Biz to‘ldiruvchilarning donadorlik tarkibini qanday aniqlash mumkinligi haqida bilib oldik, biroq olingan donadorlik tarkib texnik shartlarlarda keltirilgan talablarni qondiradimi degan savolga aniqlik kiritishimiz lozim. Berilgan suv-sement nisbatga ko‘ra zichlangan betonning mustahkamligi to‘ldiruvchining donadorlik tarkibiga bog‘liq emas, biroq uning yaxshi joylashuvchanligiga ta'sir qilishi asosiy xususiyat hisoblanadi[1].
Biroq berilgan suv-sement nisbatga ko‘ra to‘liq zichlangan betonning mustahkamligining ortib borishi yetarlicha yaxshi joylashuvchanligi sababli ham erishish mumkin. Shu sababli ham shunday beton qorishmasini tayyorlash lozimki, bunda kam mexnat sarflab maksimal zichlanishga erishish lozim.
Shuni ta'kidlash lozimki, to‘ldiruvchilarning bir qancha ratsional donadorlik tarkiblari mavjud bo‘ladi. Fizik talablardan tashqari iqtisodiy samaradorlikni ham inobatga olish lozim, chunki beton arzon to‘ldiruvchilardan tayyorlanishi kerak, shu sababli ham to‘ldiruvchilarning donadorlik tarkibiga qattiq talab qo‘yiladi.
To‘ldiruvchining donadorlik tarkibini aniqlashda quyidagi faktorlar inobatga olinadi: to‘ldiruvchining solishtirma yuzasi, bu to‘ldiruvchi yuzasini namlashda ketadigan suv miqdoriga qarab aniqlanadi; to‘ldiruvchining nisbiy hajmi, bu uning donalari orqali to‘ldiriladi; beton qorishmasining qulay joylashuvchanligi va uning qavatlanishga moyilligi.
Shuni ta'kidlash lozimki, beton qorishmasining qulay joylashuvchanligi va uning qavatlanishi orasida farq mavjud. To‘ldiruvchining katta donalari orasidagi bo‘shliqlarga turli o‘lchamdagi mayda donalar qanchalik zich to‘ldirsa, bunday mayda to‘ldiruvchilar bu bo‘shliqlardan oson chiqa oladi. Beton qorishmasini tarkibini to‘g‘ri tanlashda qorishmadan yirik donalar ajralib qolmasligi lozim.
To‘ldiruvchilarning fraksiyalash natijasida beton qorishmasining qavatlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Beton qorishmasini qulay joylashuvchanlik xususiyatiga ega holda ishlab chiqarishning yana bir sharti mavjud: Qorishma tarkibida №52 elakdan o‘tgan kerakli miqdordagi materiallar bo‘lishi lozim. Bu materiallar tarkibiga sement donalari ham kiradi, shu sababli ham moyli qorishmalarni qulay joylashuvchanligi uchun ularda mayda donadorli qumlar kam bo‘lishi lozim.
Agar qumning donadorlik tarkibida mayda donlar yetarli bo‘lmasa, u holda mayda va yirik to‘ldiruvchilar orasida nisbat vaziyatni tuzatmaydi, o‘rta yiriklikdagi donalarning ko‘payishiga olib keladi, o‘z vaqtida beton qorishmasining qattiqligini oshiradi. Beton qorishmasining qattiqligi ortadi, qachonki uning tarkibida bironta yiriklikdagi donalar ortiqcha bo‘lsa.




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling