10-ma'ruza: Agloporit xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi. Agloporit ishlab chiqaruvchi korxonalarda asosiy xomashyo materiallar. Aglomeratsiya uchun yaroqli gilli jinslar. Ko‘mir boyitish chiqindilari. Reja


Download 0.85 Mb.
bet1/8
Sana06.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1170480
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10- MA\'RUZA


10-ma'ruza: Agloporit xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi. Agloporit ishlab chiqaruvchi korxonalarda asosiy xomashyo materiallar. Aglomeratsiya uchun yaroqli gilli jinslar. Ko‘mir boyitish chiqindilari.
Reja:

    1. Agloporit xomashyosi

    2. Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi

    3. Yiriklik moduli

    4. To‘ldiruvchilar donadorlik tarkibiga qo‘yiladigan talablar

1. Agloporit xomashyosi
Keramzit olishda yaroqli gil xomashyosi hamma joyda uchramaydi. Kuydirganda ko‘pchimaydigan kam plastikli, qumoqlangan gilli jinslar suglinok tabiatda keng tarqalgan. Bu jinslardan boshqa sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchi –agloporit ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Agloporit ishlab chiqaruvchi korxonalarda asosiy xomashyo materiallar sifatida gilli jinslar ishlatiladi. Agomeratsiya uchun yaroqli gilli jinslar (suglinok, supess, lyosslar) Respublikamiz xududida ko‘p uchraydi, shu sababli mahalliy xomashyolar asosida agloporit ishlab chiqarishni kengaytirish mumkin. Dastlab sanoat miqyosida gil xomashyosi asosida agloporit Minskda 1958 yilda ishlab chiqarilgan. Xomashyo materiallar sifatida turli sanoat chiqindilari, ayniqsa yoqilg‘i tarkibli chiqindilardan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Bundan tashqari yoqilg‘i shlaklari, kul, slanets va ko‘mir chiqindilari asosida agloporit ishlab chiqarish ilmiy asoslangan[4].
Bunday sanoat chiqindilarida mavjud yoqilg‘i aglomeratsiya jarayonining borishi uchun yetarli hisoblanadi. Faqat xomashyoni yoqilg‘i bo‘yicha me'yoriga olib kelish kerak, agar xomashyoda yoqilg‘i kam bo‘lsa, u holda shixta tayyorlashda qo‘shish kerak, agar xomashyoda yoqilg‘i ko‘p bo‘lsa, u holda gilni qo‘shish zarur. Agloporit ishlab chiqarishni ko‘mir qazish va ko‘mirni boyitishda chiqadigan chiqindilar asosida kengaytirish mumkin. Ularda ko‘mir miqdori o‘rtacha 20% ni tashkil etadi. Bu yoqilg‘ilarni qo‘llab agloporit tanarxini 30% ga kamaytirish mumkin. Dunyo statistik ma'lumotlariga ko‘ra Polshada ko‘mir chiqindilaridan eng ko‘p foydalanilar ekan, bunda ko‘mir qazish chiqindilarining 17% va ko‘mir boyitish chiqindilarining 95% dan ko‘pi ishlatiladi.
Agloporit xomashyoni pishirishda (aglomeratsiya) olinadi. Bu usul ko‘proq metallurgiya sanoatida rudani qayta ishlashda qo‘llaniladi. Pishirish jarayoni quyidagilardan iborat bo‘ladi: xomashyo materiallardan yoqilg‘i (ko‘mir) qo‘shib granulalar tayyorlanadi va kolosnikli panjaraga yotqiziladi.
Panjara ostida vakumkamerada ventilyator yordamida xavo so‘rilib yarim xomashyoni kuydirish tezlatiladi. Ko‘mirning yonishi hisobiga yarim xomashyo yuqori harorat (1400-15000S) gacha qizdiriladi. Natijada g‘ovak shishasimon massa (korj) hosil bo‘ladi. Kuydirish jarayoni juda tez amalga oshiriladi. Panjara ostidan havoni so‘rib olishda issiq gazlar yarim xomashyo materiallarning pastki qavatini ham kuydiradi. Havoni so‘rishda yuqori pishgan qavatlar anchagina soviydi. Yoqilg‘ining yonishi kolosnikli panjaraga yetganida aglomeratsiya jarayoni tugaydi, natijada pishgan agloporit korji olinadi, uni shag‘al va qumga maydalaniladi[3].
Agloporit sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchisi aglomeratsion mashinada (10.1-rasm) olinadi. Bu mashinaning ishlab chiqarish quvvati xomashyoni pishish tezligiga bog‘liq va u quyidagi formula bilan ifodalanadi:
V=   , (33)
Бу ерда: h- пишадиган ярим хом ашyoнинг қават баландлиги, мм
τ - пишиш давомийлиги, мин.
Turli xomashyo va yarim xomashyolar uchun vertikal pishish tezligi 510mm/minut va undan ko‘pni tashkil etadi. Masalan, yarim xomashyo qavati 200mm bo‘lsa, u 20-40 minut davomida pishadi.




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling