10-ma’ruza. Alohida shart – sharoitlarda injenerlik tayyorgarlik ishlari Reja
Download 304,05 Kb. Pdf ko'rish
|
10-ma’ruza.Alohida shart – sharoitlarda injenerlik tayyorgarliklari
Cho’kish hodisasi shaharsozlikda katta qiyinchiliklar tug’diradi. Bordi-yu bino bir
tekis cho’ksa, bu unchalik xavfli emas. Аmmo notekis cho’ksa, bino yoriladi va bu yashovchilar uchun katta xavf tug’diradi. Yangi qurilish maydonlarida cho’kish ko’pincha qurilish ishlaridan keyin yuzaga keladi. Ba’zan ko’p yomg’ir yoki qor yog’ishi natijasida ham cho’kishlar paydo bo’ladi. Cho’kish darajasini N.Ya.Denisov tomonidan taklif qilingan zichlik ko’rsatkichi bilan aniqlash mumkin: 𝐾 = 𝑊 0 𝑗 𝑥 100𝐸 , (12,3) bu yerda, W 0 – oquvchanlik chegarasi, %; j x – tuproqning hajmiy og’irligi; E – doimiy namlikdagi g’ovaklik. Agar K1 bo’lsa, tuproq cho’kmaydigan, agar 0,5K0,75 bo’lsa, cho’kadigan deb hisoblanadi. Cho’kuvchanlikni (N.I.Maslov) cho’kuvchanlik moduli orqali ifodalash mumkin: 𝑒 𝑝 = 1000 𝑛 0 −𝑛 1 1−𝑛 1 (7,4) 2 Bunda, 𝑒 𝑝 - cho’kuvchanlik moduli u P tashqi kuch ta’sirida 1 m qalinlikdagi tog’ jinsining necha mm cho’kishini bildiradi; n 1 – tog’ jinsining tabiiy holati g’ovakligi, n – tashqi kuch ta’sirida g’ovaklik koeffitsienti; n 0 – tog’ jinsi namlanganda P kuch ta’sirida cho’kkandan keyingi g’ovaklik. Quruq bo’zsimon soz tuproqlarning g’ovaklikka bog’liq holdagi cho’kuvchanlik darajasi 11.2-jadvalda berilgan. Cho’kuvchi jinslar qurilish ishlarida alohida e’tibor va maxsus chora – tadbirlar ko’rilishini talab qiladi. Bunday joylarda shaharsozlik nuqtai - nazaridan qaraganda shu joyning zamin sharoitidan tashqari quyidagilar bo’lishi kerak: а) cho’kuvchi tuproqlarning toifasi va yer osti suvlari sathigacha bo’lgan qatlam chuqurligi (odatda 10-15 m); б) cho’kuvchi tuproqlarning tarqalishi; в) yer osti suvlarining sathi va uning tebranishi; г) rel’efining shakli va cho’kuvchi tuproqlar maydoni bilan bog’liqligi. Download 304,05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling