10-ma’ruza. Alohida shart – sharoitlarda injenerlik tayyorgarlik ishlari Reja


-jadval.Quruq bo’zsimon soz tuproqlarning g’ovaklikka bog’liq holdagi


Download 304.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana11.05.2023
Hajmi304.05 Kb.
#1453484
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma’ruza.Alohida shart – sharoitlarda injenerlik tayyorgarliklari

11.2-jadval.Quruq bo’zsimon soz tuproqlarning g’ovaklikka bog’liq holdagi 
cho’kuvchanlik darajasi 
 
Jinslarning cho’kuvchanlik xususiyati 
Jinslarning 
g’ovakligi, % 
Cho’kuvchanlik 
moduli 
Cho’kmaydigan 
40 

Sekin cho’kadigan 
40-45 
10 
Cho’kuvchan 
45-50 
50 
Tez cho’kuvchan 
50-55 
100 
O’ta tez cho’kuvchan 
55-60 
100 
Injenerlik tayyorgarlik ishlarining asosiy chora – tadbirlaridan biri oqova suvlarni 
tushirmaslik bo’lib, bu tadbir yerni tikka rejalashtirish vaqtida, shuningdek, ochiq va 
yopiq ariqlar orqali ham amalga oshiriladi. 
Cho’kuvchan jinslarning chuqurligi, cho’kuvchanligi va tarkibiga qarab ular turli 
xil injenerlik tayyorgarlik ishlari asosida amalga oshiriladi: 
1. Tuproqning zichligini oshirish (bu yuzaki yoki shibbalash orqali bajariladi). 
2. Binoning poydevorini qurish uchun chuqur qazilib, bir necha marta suvga 
to’yintiriladi. 
3. Cho’kuvchi qatlamlarni almashtirish va tuproqni shibbalash yo’li bilan. 
4. Tuproqqa suyuq shishani singdirish, ya’ni silikatizatsiya hamda doimiy tok bilan 
elektrosilikatizatsiya qilish. 
5. Tuproqni kuydirish usuli. 
6. Tuproqqa suyuq loy yuborish (gilinizatsiya) usuli. 



7. Tuproqqa parafin mazut – bitum aralashmasini singdirish usuli. 
Bu ishlarning hammasi alohida bino yoki inshoot qurishda mahalliy ahamiyatga 
egadir. Cho’kuvchi joylarda inshootlar va binolar qurish uchun maxsus qurilmalar 
qo’llaniladi. Bu ishlar qurilish qoida va me’yorlarida belgilangan. 
Navbatdagi yana bir tabiiy ofatlarning biri – bu Quyunlar bo’lib, ular shamol 
ta’sirida paydo bo’ladi. Bunda shamol tog’ jinsining mayda zarralarini ko’tarib, ma’lum 
masofaga ko’chiradi. Tog’ jinslarini ko’chirish masofasi, uning ko’tarilish balandligiga, 
shu tog’ jinsining katta – kichikligiga va shamolning kuchiga bog’liq. Chang va mayda 
qum yuqoriga katta, ba’zan bir necha km masofaga uchib boradi. Yirik qum, tosh va 
boshqa og’ir jinslar nisbatan kam masofaga suriladi. 
Shamol ta’sirida tog’ jinslarining uyulib qolishi va ko’chishi kuzatiladi. Bunday 
hodisaga quyun va barxanlar deyiladi. 

Download 304.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling