10-ma’ruza. Alohida shart – sharoitlarda injenerlik tayyorgarlik ishlari Reja


Download 304.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana11.05.2023
Hajmi304.05 Kb.
#1453484
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma’ruza.Alohida shart – sharoitlarda injenerlik tayyorgarliklari




10-ma’ruza.Alohida shart – sharoitlarda injenerlik tayyorgarlik ishlari 
 
Reja: 
10.1.
 
Cho‘kishlar va ularni bino va inshootlarga salbiy ta’siri. CHo’kish va 
unga qarshi himoya choralari.Quyunlar va barxanlar
.
 
Cho’kish hodisasi bo’zsimon tog’ jinslarining tabiiy hamda sun’iy namlanib o’z 
og’irligidan siqilishi, ya’ni hajmi kamayishi natijasida sodir bo’ladi. Mazkur jinslarga suv 
ta’sir qilsa, zarralari orasidagi bog’lanish yo’qoladi va ular o’z og’irligi ta’sirida 
zichlanadi hamda yerning ustki qismi cho’kadi. 
Bo’zsimon jinslar cho’kish xususiyatiga ko’ra to’rt turga bo’linadi: 
1. Namlanishi natijasida o’z og’irligi ta’sirida cho’kadigan bo’zsimon jinslar 
O’zbekistonda ko’p tarqalgan. Ularning cho’kish darajasi 2-3 metrga boradi. 
2. Namlanishi natijasida o’z og’irligi va ustiga qurilgan bino bosimi ta’sirida 
kuchli cho’kadigan jinslar. Bunday jinslar ustidagi binoning og’irligi hisobidan 
qo’shimcha cho’kish hodisasi kuzatiladi. 
3. Suv ta’sirida shishib, so’ngra tashqi kuch (bino og’irligi) ta’sirida 
zichlanadigan va ma’lum darajada cho’kadigan tog’ jinslari. 
4. Namlanganda o’z og’irligi bilan zichlanmaydigan tog’ jinslar. Bularga yer osti 
qatlamlari tagida va suv oqimlari ta’sirida hosil bo’layotgan bo’zsimon tog’ jinslari 
kiradi. 
Bo’zsimon tog’ jinslarning namlanishi tufayli o’z og’irligi ta’sirida zichlashish 
xususiyati cho’kuvchanlik deyiladi. Tog’ jinslarining cho’kuvchanligi, cho’kish darajasi 
ularning genetik turiga, g’ovakliligi va tarkibiga bog’liq. Bo’zsimon jinslarning 
cho’kuvchanligiga ta’sir etayotgan tashqi kuchning katta – kichikligiga ham bog’liq. 
Bundan tashqari tog’ jinslarining cho’kish miqdori shu jinsning qalinligi va sizot suv 
sathining yer yuzasidan chuqur yoki yaqinligiga bog’liq. 

Download 304.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling