10-Ma’ruza. Art tuzilishi, undagi obektlarni tahlil qilish. Reja
Download 342.1 Kb. Pdf ko'rish
|
10-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stabilashtiruvchi ARSlarda
- Dasturiy ARSlarda
- Kuzatuvchi ARSlarda
- Uzluksiz ARSlarda
10-Ma’ruza. ART tuzilishi, undagi obektlarni tahlil qilish. Reja: 1. ARSning o‘ziga xos jixatlari; 2. ARSlarni boshqarish vazifasining maqsadiga ko‘ra turlari; 3. ARSlarning elektr signal xarakteriga ko‘ra turlari; 4. Statsionar va nostatsionar ARSlar; 5. Determenik va stoxastik ARSlar; 6. Statik va astatik sistemalar. ARSlarning asosiy o‘ziga xos jihati ularda boshqarish obyekti avtomatlashtirish sistemasining tarkibiy elementi sifatida qaraladi. Boshqarish masalasining asosiy maqsadiga ko‘ra ARSlar stabillovchi, dasturiy boshqarish va kuzatuvchi sistemalarga bo‘linadi. Stabilashtiruvchi ARSlarda rostlanuvchi kattalikning qiymati doimiy bo‘ladi. Bu sistemalarda rostlagichning vazifasi rostlanuvchi kattalikni muayyan, mutloqo doimiy qiymatida saqlash va texnologik jarayonni stabillashtirishdir. Bu holda texnologik reglament talablariga ko‘ra rostlanuvchi kattalikning qiymati doimiy bo‘ladi. Hozirda bunday ARSlar keng tarqalgan. Dasturiy ARSlarda oldindan ma’lum bo‘lgan qonunga ko‘ra o‘zgaradigan qiymatli rostlanuvchi kattalik mavjud bo‘ladi. Bu sistemada rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati rostlagichning vazifa bloki orqali ma’lum qonun bo‘yicha ishlab chiqariladi. Kuzatuvchi ARSlarda rostlanuvchi kattalik vaqt mobaynida oldindan ma’lum bo‘lmagan qonun asosida o‘zgaradi va qandaydir tashqi erkin jarayon orqali aniqlanadi. Bunday sistemalarda rostlagichning vazifasi rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati ikkinchi mustaqil kattalik qiymatini aniq takrorlashdan (yoki uni kuzatishdan) iborat. Shu bilan birga ARSlarning optimal, ekstremal va adaptiv sistemalar kabi turlari ham mavjud. Rostlanuvchi kattalikning qiymati rostlagich tamondan berilsa yoki optimal sathda saqlansa, bunday sistema optimal rostlash sistemasi deyiladi. Ba’zan texnologik jarayon o‘tishining optimal sharoitini tajriba o‘tkazmasdan, avvaldan aniqlash qiyin bo‘ladi. Shunda ekstremal sistema tanlangan optimallik mezoniga muofiq ravishda sharoitlarni topish va ularni saqlash vazifasini amalga oshiradi. Xarakteristikalari o‘zgargan texnologik jarayonlarning o‘tishi optimal bo‘lgan sharoitlarni topib, ularni amalga oshiruvchi sistemalarni adaptiv ARSlar deyiladi. Rostlanayotgan kattaliklar soniga ko‘ra sistemalar bir o‘lchovli (bir rostlanuvchi kattalik) yoki ko‘p o‘lchovli (bir necha rostlanuvchi kattaliklar) bo‘lishi mumkin. ARSlar shuningdek uzluksiz va uzlukli (diskret) turlarga bo‘linadi. Uzluksiz ARSlarda rostlanuvchi kattalik sistema zanjiri bo‘yicha uzluksiz o‘zgaradi va rostlanuvchi obyektga nisbatan rostlovchi miqdorning uzluksiz ta’sirini hosil qiladi. Download 342.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling