10-Ma’ruza. Art tuzilishi, undagi obektlarni tahlil qilish. Reja


Download 342.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.02.2023
Hajmi342.1 Kb.
#1196340
  1   2   3
Bog'liq
10-maruza



10-Ma’ruza. ART tuzilishi, undagi obektlarni tahlil qilish.
Reja: 
1. ARSning o‘ziga xos jixatlari; 
2. ARSlarni boshqarish vazifasining maqsadiga ko‘ra turlari;
3. ARSlarning elektr signal xarakteriga ko‘ra turlari; 
4. Statsionar va nostatsionar ARSlar; 
5. Determenik va stoxastik ARSlar; 
6. Statik va astatik sistemalar. 
 
ARSlarning asosiy o‘ziga xos jihati ularda boshqarish obyekti 
avtomatlashtirish sistemasining tarkibiy elementi sifatida qaraladi. 
Boshqarish masalasining asosiy maqsadiga ko‘ra ARSlar stabillovchi, 
dasturiy boshqarish va kuzatuvchi sistemalarga bo‘linadi. 
Stabilashtiruvchi ARSlarda rostlanuvchi kattalikning qiymati doimiy 
bo‘ladi. Bu sistemalarda rostlagichning vazifasi rostlanuvchi kattalikni muayyan, 
mutloqo doimiy qiymatida saqlash va texnologik jarayonni stabillashtirishdir. Bu 
holda texnologik reglament talablariga ko‘ra rostlanuvchi kattalikning qiymati 
doimiy bo‘ladi. Hozirda bunday ARSlar keng tarqalgan.
Dasturiy ARSlarda oldindan ma’lum bo‘lgan qonunga ko‘ra o‘zgaradigan 
qiymatli rostlanuvchi kattalik mavjud bo‘ladi. Bu sistemada rostlanuvchi 
kattalikning berilgan qiymati rostlagichning vazifa bloki orqali ma’lum qonun 
bo‘yicha ishlab chiqariladi.
Kuzatuvchi ARSlarda rostlanuvchi kattalik vaqt mobaynida oldindan 
ma’lum bo‘lmagan qonun asosida o‘zgaradi va qandaydir tashqi erkin jarayon 
orqali aniqlanadi. Bunday sistemalarda rostlagichning vazifasi rostlanuvchi 
kattalikning hozirgi qiymati ikkinchi mustaqil kattalik qiymatini aniq takrorlashdan 
(yoki uni kuzatishdan) iborat.
Shu bilan birga ARSlarning optimal, ekstremal va adaptiv sistemalar kabi 
turlari ham mavjud. Rostlanuvchi kattalikning qiymati rostlagich tamondan berilsa 


yoki optimal sathda saqlansa, bunday sistema optimal rostlash sistemasi deyiladi. 
Ba’zan texnologik jarayon o‘tishining optimal sharoitini tajriba o‘tkazmasdan, 
avvaldan aniqlash qiyin bo‘ladi. Shunda ekstremal sistema tanlangan optimallik 
mezoniga muofiq ravishda sharoitlarni topish va ularni saqlash vazifasini amalga 
oshiradi.
Xarakteristikalari o‘zgargan texnologik jarayonlarning o‘tishi optimal 
bo‘lgan sharoitlarni topib, ularni amalga oshiruvchi sistemalarni adaptiv ARSlar 
deyiladi.
Rostlanayotgan kattaliklar soniga ko‘ra sistemalar bir o‘lchovli (bir 
rostlanuvchi kattalik) yoki ko‘p o‘lchovli (bir necha rostlanuvchi kattaliklar) 
bo‘lishi mumkin.
ARSlar shuningdek uzluksiz va uzlukli (diskret) turlarga bo‘linadi. Uzluksiz 
ARSlarda rostlanuvchi kattalik sistema zanjiri bo‘yicha uzluksiz o‘zgaradi va 
rostlanuvchi obyektga nisbatan rostlovchi miqdorning uzluksiz ta’sirini hosil 
qiladi.

Download 342.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling