10-ma’ruza: Hujayra muhandisligi Reja


I-bosqich (1892 – 1902 yillar) –


Download 21.72 Kb.
bet3/6
Sana04.02.2023
Hajmi21.72 Kb.
#1157735
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-ma\'ruza-1

I-bosqich (1892 – 1902 yillar) – Xaberlant, Fexting, Rextiger kabi nemis olimlarini nomlari bilan bog‘liq. Ular saxaroza eritmasida xar xil o‘simliklar to‘qimalarini o‘stirishga urinib ko‘rishgan, ammo o‘simliklarni o‘sishi kuzatilmagan. Faqatgina qoqi o‘tini va tol daraxtini poyalarini sigmentlari uchun birlamchi kallus olingan va kallusgenezga aylanishi mumkin bo‘lgan segment eng kichik o‘lchami aniqlangan. Eksperimental muvaffaqiyatlarga yetaolmasdan bu olimlar qator g‘oya va gipotezalar yaratganlar. Bu g‘oya va gipotezalar ancha kechroq o‘z tasdiqini topgan. Masalan, Xarerlandt xar qanday tirik o‘simlik hujayrasini totipotentligi ya'ni hujayralarni ma’lum sharoitda o‘stirilganda o‘zini rivojlanish potensialini namoyon qilishi va butun o‘simlik hosil bo‘lishiga boshlashi haqida gipoteza e’lon qilgan edi.

  • II-bosqich (1902-1922 yillar) – hayvon to‘qimalarini o‘stirish uchun birinchi oziqa muhiti yaratilganligi bilan nishonlanadi. Bu oziqa muhitlari tabiiy bo‘lib, tarkibida qon plazmasi (qonni suyuq qismi) va kurtak suyuqligi saqlagan. Ajratib olingan o‘simlik to‘qimalarini o‘simlik ekstraktlari saqlagan sun'iy oziqa muhitida o‘stirib ko‘rish muvoffaqiyatsiz chiqqan, chunki eksperimentlarda yuksak o‘simliklarni o‘sish faolligini namoyon qilishga to‘g‘ri kelmaydigan hujayra va to‘qimalaridan foydalanilgan.

  • III-bosqich (1922 – 1932 yillar). Bu davrda bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda Amerikalik olim V.Robins va nemis olimi Kotte qattiq oziqa muhitida pomidori va makkajo‘xori ildizi uchidagi meristemalarni o‘stirish mumkin ekanligini namoyish qilganlar. Ammo, ma’lum vaqt o‘tgach, o‘simlik to‘qimalari qo‘ng‘ir rangga kirib, halok bo‘lganlar. O‘simliklarni to‘qimalarini o‘stirish metodi rivojlanishi – 1932 yildan boshlangan.

  • IV-bosqich (1932 – 1940 yillar), fransuz olimi R.Gotre nomi bilan bog‘liq. U, in vitro sharoitida o‘simlik to‘qimalarini vaqti- vaqti bilan toza oziqa muhitiga ko‘chirib turish orqali uzoq vaqt o‘stirish mumkinligini namoyish qilgan. Bu yangilik, to‘qimalar texnologiyasini rivojlanishiga katta xissa qo‘shadi va o‘stirishga qo‘yiladigan o‘simliklar soni juda ham ko‘paydi.


  • Download 21.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling