10-ma’ruza: Hujayra muhandisligi Reja


Download 21.72 Kb.
bet6/6
Sana04.02.2023
Hajmi21.72 Kb.
#1157735
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-ma\'ruza-1

O‘stirish sharoiti. O‘simliklardan ajratib olingan hujayralar va to‘qimalarni yaxshi o‘stirish uchun, o‘stirishni ma’lum shartlariga roiya qilish kerak. Ko‘pchilik kallus to‘qimalari yorug‘likga ehtiyoji yo‘q, chunki ularni xloroplastlari bo‘lmasdan, geterotrof oziqlanadi. Ba’zi bir yashil rangdagi kallus to‘qimalar bundan mustasno. Ba’zi bir holatlarda kallus to‘qimalar avtotrof oziqlanishiga qobiliyatli emas, bularni doimiy yorug‘lik sharoitida o‘stiriladi, bu esa muvoffaqiyatli morfogenez uchun majburiy sharoitdir ko‘proq kallus to‘qimalar qorong‘ilikka olinadi.
Morfogenezga aniqlangan to‘qimalar yorug‘likga o‘tkazilib, keyin 1000-4000 lk yorug‘likda o‘stiriladi. Ajratib olingan meristemlar va ularni mikroko‘paytirish ham yorug‘likda o‘tadi. Yorug‘ uychani yorug‘ligi 1000 – 10000 lk bo‘lishi kerak va yorug‘likni kuchi o‘simlikni xususiyatlariga bog‘liq. O‘stiriladigan ob’ektni foto davrini ham hisobga olish kerak.
O‘stiriladigan xonada namlik 60-70 % bo‘lishi kerak. Undan quruqroq xavo oziqa muhitini quritib yuboradi, agar probirka paxtali tiqin bilan bektilgan bo‘lsa, oziqa moddalarni konsentratsiyasi o‘zgarib, o‘stirish sharoiti buziladi.
Ko‘pchilik to‘qimalarni o‘stirish uchun optimal xarorat 25-260C. Agar tropik o‘simliklarni to‘qimalari bo‘lsa 29-300C da o‘stiriladi. Morfogenez induksiya qilinganda harorat 18-200C gacha tushiriladi. Odatda klimatik kameralardan foydalaniladi.


Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Hujayra biotexnologiyasi moddiy asoslari.
2. Hujayra kulturasi?
3. Ajratib olingan hujayralar va to‘qimalarining yo‘nalishlari?
4. Hujayralar qo‘shilishi. Protoplast. Meristema.
5. Oziqa muhiti?
6. O‘stirish sharoiti?
7. Gormonlarga bog‘liq bo‘lmagan o‘simlik to‘qimalari?
8. Hujayra suspenziyalari kulturasi?
Download 21.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling