10-Ma’ruza Maavzu: Jaxon savdo tashqiloti (jst)
Download 71.27 Kb.
|
10--Mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarif va savdo buyicha bosh kelishuv (GATT): tashqil topishi va faoliyat kursatish tamoyillari.
10-Ma’ruza Maavzu: Jaxon savdo tashqiloti (JST) va xalqaro savdo (2 soat) Reja Tarif va savdo buyicha bosh kelishuv (GATT): tashqil topishi va faoliyat kursatish tamoyillari. GATT doirasida amalga oshirilgan muzokaralar evalyusiyasi. GATT raundlari va ularning mazmuni. JST ga a’zo bulish boskichlari. JST faoliyatining zamonaviy tendensiyalari. O’zbekiston va JST munosabatlari O’zbekitonning JSTga a’zo bo’lish jarayonlaridagi iqtisodiy oqibatlar tavsifi. O’zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish yunalishlari. Tarif va savdo buyicha bosh kelishuv (GATT): tashqil topishi va faoliyat kursatish tamoyillari. Xalqaro savdoni umumiy norma va qoidalar orqali tartibga solishga bo‘lgan obyektiv ehtiyoj XX asrning 30-yillarida milliy hukumatlarning proteksionistik tashqi savdo siyosati faoliyati tufayli xalqaro savdo imkoniyatlarini keskin to‘sib qo‘ygan vaqtlarda sezila boshlagan edi. 0 ‘sha davrda xalqaro savdoning asosini ikki tomonlama savdo shartnomalari tashkil qilgan. Ushbu shartnomalarning kamchiligi, ular ikki tomon o‘rtasidagi tovarlar savdosining qisqagina ro‘yxatini qamrab olishdan iborat. Ikki tomonlama shartnomani imzolash natijalari esa kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin edi. Jumladan, shartnomalardan o‘z tomonidan hech qanday imtiyoz bermagan uchinchi mamlakat ishlab chiqaruvchilari manfaat ko‘rishardi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng savdo strategiyasining global muvofiqlashtirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan xalqaro savdo tashkilotlarini yaratish uchun harakatlar boshlandi. Bu harakatdan hammadan ko‘ra xalqaro savdodagi ulushi 40 % atrofida bo‘lgan AQSh manfaatdor edi, tashqi savdodagi normal holatlarning buzilishidan, xususan, ular jiddiy zarar ko‘rar edi. Xalqaro savdo tashkilotini yaratish bo'yicha munozaralar ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSh va Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi keskin tortishuvlar sharoitida bo‘lib o‘tdi. Bu tortishuvlar, xususan, ishtirokchi davlatlar beradigan ovozlar miqdori bilan ham bog‘liq edi. «Bir mamlakat — bir ovoz» tamoyilini yoqlovchi yevropacha yondashuvga teskari ravishda AQSh ko‘proq ovozga ega bo‘lish g‘oyasini ko‘tarib chiqdi. Amerikaliklar ovozlar soni mamlakatning xalqaro savdodagi ulushiga proporsional tarzda olinishi lozim, deb hisoblashardi. Lekin ular o‘z fikrlari himoyasini saqlab qola olmadilar. Download 71.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling